|
Mashinasozlik materiallari
|
bet | 2/11 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 1 Mb. | | #103601 |
Bog'liq Engineering materials - lecture 7rutil (TiO2);
ilmenit (FeOTiO2);
titanit (CaOSiO2TiO2);
perovskit (CaOTiO2).
Rutil tarkibida 60 % titan mavjud bo‘lgan qizil tusli mineral hisoblanib, uning solishtirma og‘irligi 6-6,5 g/sm3 ga teng.
Ilmenit tarkibida 59 % rutil mavjud bo‘lgan qoramtir tusli yaltiroq mineral hisoblanadi, uning solishtirma og‘irligi 4,56-5,24 g/sm3 ni tashkil etadi.
Titanit tarkibida 34-42% rutil mavjud bo‘lgan sarg‘ishdan qora ranggacha o‘zgaradigan rangli mineral bo‘lib, uning solishtirma og‘irligi 3,4-3,6 g/sm3 ga teng.
Perovskit tarkibida 58-59 % rutil mavjud bo‘lgan har xil rangli mineral hisoblanib, uning solishtirma og‘irligi 4 g/sm3 ni tashkil qiladi.
Titan rudalaridan titan konsentrasiyasini olishda ruda flotasion yoki elektromagnit usulida to‘yintiriladi. Keyin pechlarda suyuqlantiriladi. Bu jarayonda konsentrat tarkibidagi temir oksidlari qaytarilib, pech tubiga yig‘iladi. TiO2 shlakka o‘tadi. Shlak tarkibida 65-85 % TiO2, 15-20% SiO2 va 01 % CaO bo‘ladi. Sovitilgan shlak esa kukun qilinadi. Unga uglerodli va bog‘lovchi moddalar qo‘shilib, aralashtiriladi. Hosil qilingan aralashma qoliplarga jipslab joylashtiriladi va qizdirish orqali briketlar olinadi. Titanning bu birikmalariga ikki bosqichda ishlov beriladi. Titan briketlari xlor bilan ishlanib titan tetroxlorid (TiCl4) hosil qilinadi. Undan titan ajratib olinadi. Titan maxsus pechlarda 900- 950°C haroratda vakuumda tozalanadi. Texnik titanning Tr00, Tr0, Tr1, Tr2 markalari mavjud. Titan qotishmalari samolyotsozlik, kemasozlik, mashinasozlik, metallurgiyada va raketasozlikda ishlatiladi.
Azot, uglerod, kislorod va vodorod elementlari titanning mustahkamligini oshiradi, ammo payvand chokning hosil qilish xususiyatlari hamda korroziyaga qarshiligini kamaytiradi. Ayniqsa, vodorodning ta'siri juda yomon, uning ta'sirida gidridlar hosil bo'lib, titan juda mo'rt bo'lib qoladi. Shuning uchun titan tarkibidagi vodorodning miqdori 0,015% dan ko'p bo'lmasligi kerak. Quyidagi 7.1-jadvalda texnik tozalikka ega bo'lgan BTO-00 va BT1-0 titanlarning mexanik xossalari keltirilgan:
|
| |