• Quritishdan o‘tkazilmagan
  • Quritishdan otkazilgan
  • Chigitli paxtaning ishlanish shartlari




    Download 2,96 Mb.
    bet6/44
    Sana12.06.2021
    Hajmi2,96 Mb.
    #14975
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
    Chigitli paxtaning ishlanish shartlari

    Namligi,

    %

    Iflosligi,

    %

    Toladagi nuqsonlar, %

    ifloslik, %

    nuqsonlar, %

    Quritishdan o‘tkazilmagan

    14,2

    13,6

    12,4

    18,5

    Quritishdan o'tkazilgan

    10,1

    13,3

    6,3

    12,5

    Uskunalarning tozalash samaradorligi chigitli paxtaning iflos qo'shilmalari miqdoriga qarab o'zgaradi: ular qancha ko‘p bo‘lsa, tozalash vaqtida shuncha ko‘p chiqindi ajratiladi. Mayda iflosliklar chigitli paxtadan barabanli va shnekli tozalagichlarda yaxshi ajraladi va ularni ajratish uchun tozalash jarayonida chigitli paxtani elash yetarli deb hisoblanadi. Shu sababli chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun qoziqli-titkilash uskunalari ishlatiladi.

    To‘rli sirtlar po'lat simlardan to‘qilgan, har xil shakldagi ko‘zli yaxlit tunuka yoki turli shakldagi kolosnik- lardan yasalgan bo‘lishi mumkin.



    Uskunaning tozalash samaradorligi qoziqli-titkilash bara- ban bilan to‘rli sirtning bir-biriga nisbatan joylashishiga bog'liq. 3-rasm

    Mashina ishlaganda chigitli paxta bo‘lakchalari to'rli sirt usti- ga urilishi natijasida undagi iflos qo‘shimchalar ajraladi va to‘rli sirt teshiklari orqali tashqariga chiqib ketadi.

    Ba’zi tozalagichlarning barabanlarida ikki qator qoziqchalar o‘rnatilgandan keyin uchinchi qatorga yaxlit planka o‘rnatilgani uchun bunday tozalagichlar qoziq-plankali deb ataladi. Qoziq-plankali tozalagich­larning tozalash samaradorligi birmuncha yuqori bo‘ladi, chunki ularda chigitli paxta qoziqchalar bilan titiladi, planka esa havo oqimini kuchaytirib, tozalash sifatini yaxshilaydi.

    Qoziqli baraban korpusi silindr shaklida bo’lib, korpus bir butun qilib tayyorlanmagan. Korpus to’rt qismga bo’linadi va ular bir-biriga bolt gaykalar yordamida mahkamlanadi. Korpus 3 mm qalinlikdagi listdan valsovka yordamida tayyorlanadi. Qoziqchalarning diametri 12mm , uzunligi 50mm qilib tayyorlanadi va ular korpusga tashqi tomondan shtampovka yordamida biriktiriladi, ichki tomondan esa payvandlanadi. Qoziqchalar orasidagi masofa 50mm. Barabanning uzunligi 1890 mm, val bilan birgalikda esa 1927 mm hisoblanadi. Korpus yon devorining diametri 280 mm, korpus bilan birgalikdagi diametri esa 310 mm Korpusning har bir qatorida 37 tadan qoziqchalar bo’ladi. Baraban valining diametri 50mm bo’lib, uning shkiv o’rnatiladigan tomoni uzunligi 275 mm, ikkinchi tomoni esa 95 mm hisoblanadi. Barabanning mustahkamligini ta’minlash uchun korpus o’rtasiga devor qo’yilgan.

    Qoziqli baraban korpusi va qoziqchalar ST3 markali konstruksion po’latdan, korpus yon devori va vali SCH18 markali cho’yandan tayyorlanadi.

    Uglerodli konstruksion po’latlar mashinasozlikda eng ko’p qo’llaniladigan po’latlar bo’lib, metallurgiya sanoatidagi hamma ishlab chiqarilayotgan po’latlarning qariyb 80 foizini tashkil qiladi. Bunday po’latlarning tannarxi arzon bo’lib, yetarli darajada yaxshi mexanik va texnologik xususiyatlarga ega. Bunday po’latlar katta tezlikda sovitish bilan toblanadi, lekin toblash chuqurligi katta emas (12-15 mm), bo’shatishga bo’lgan barqarorligi ham kam. Odatda, uglerodli po‘latlar ishlab chiqarish usuliga, oksidlardan elementlarni qaytarilganlik darajasiga, kimyoviy

    tarkibiga, sifatiga, ishlatilish joylariga va strukturasiga ko‘ra bir necha turga ajratiladi.

    Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra konvertorlarda, marten va elektropechlarda olingan, qaytarilganlik darajasiga ko‘ra qaytarilmagan, chala qaytarilgan va to‘la qaytarilganlarga, kimyoviy tarkibiga ko‘ra uglerodli va legirlanganlarga,

    sifatiga ko‘ra oddiy sifatli, sifatli va yuqori sifatlilarga, ishlatilish joyiga ko‘ra konstruksion, asbobsozlik va maxsus xossali po‘latlarga, strukturasiga ko‘ra ferritli, perlitli, ferritperlitli, perlit-ferritli va perlit-sementitli po‘latlarga ajratiladi.

    Uglerodli konstruksion po’latlar sifati jihatidan bir necha sinflarga bo’linadi.

    Oddiy sifatli konstruksion po’latlar “A” , “Б”, “B” guruhlarga bo’linib, ular mehanik xususiyatlari hamda kimyoviy tarkiblari bilan bir-biridan farq qiladi. Shuni ham qayd etish zarurki, GOST 380-71 da A guruhga kiruvchi po‘latlarning asosiy mexanik xossalari beriladi, kimyoviy tarkibi berilmaydi, В guruhga kiruvchi po‘latlarni kimyoviy tarkibi beriladiyu mexanik xossalariberilmaydi, V guruhga kiruvchi po‘latlarni esa mexanik xossalari va kimyoviy tarkibi beriladi.


    Download 2,96 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




    Download 2,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chigitli paxtaning ishlanish shartlari

    Download 2,96 Mb.