5. Diplom loyihasi qismlari bo’yicha maslahatchilar:
№
|
Diplom loyihasi qismlari bo’yicha maslahatchilar
|
Boshla-nish muddati
|
Tugalla-nish muddati
|
Imzo
|
Maslahatchilarning familiyasi
|
1
|
Asosiy qism
|
27.01.2017
|
25.02.2017
|
|
N. Ashurov
|
2
|
Konstruktiv yoki texnologik qism
|
27.02.2017
|
25.03.2017
|
|
N. Ashurov
|
3
|
Hayot faoliyati xavfsizligi
|
27.03.2017
|
11.04.2017
|
|
N.J. Qobulova
|
4
|
Iqtisodiy qism
|
12.04.2017
|
28.04.2017
|
|
Z. Umurzaqova
|
Topshiriq berilgan sana: 16.01.2017-yil
Tugallangan diplom loyihasini topshirish sanasi: 01.06.2017-yil
Diplom loyihasi rahbari: _________ N. Ashurov
(imzo
Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi: _________ A. Mamasharipov
(imzo
Kafedra mudiri: _________ N.J. Qobulova
(imzo
_________ Z. Umurzaqova
(imzo
MUNDARIJA
|
Kirish
|
6
|
1.
|
Umumiy qism
|
9
|
1.1
|
Qoziqli baraban haqida umumiy ma’lumot. Konstruksiyaning shakli, o’lchamlari, materiali, unga qo’yilgan talablar.
|
11
|
1.2
|
Qoziqli baraban vali tayanch yuzasini payvandlash usulini aniqlash.
|
20
|
2
|
Texnologik qism
|
27
|
2.1
|
Payvandlash rejimini hisoblash.
|
27
|
2.2
|
Payvandlash jihozlarini tanlash va asoslash
|
33
|
2.3
|
Payvandlash materiallarini tanlash va ularni asoslash
|
41
|
2.4
|
Qoziqli baraban vali yeyilgan tayanch yuzasini payvandlab qayta tiklash texnologik jarayoni xaritasini tuzish va loyihalash.
|
45
|
3.
|
Iqtisodiy qism
|
54
|
4.
|
Xayot faoliyati xavfsizligi
|
64
|
5.
|
Xulosa va takliflar
|
80
|
6.
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
|
82
|
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida ma’ruza bilan chiqish qildi. Ma’ruza matnini O‘zA e’lon qildi. O‘z nutqi chog‘ida Prezident kechiktirib bo‘lmaydigan bir qator o‘ta muhim vazifalar borligini, ular orasida Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi tizimini tubdan qayta tashkil etish, shaharsozlikning eskirgan metodologiya va normativlari, kapital qurilishdagi nomutanosiblik va muammolarni bartaraf etish, shuningdek, loyiha institutlarining samarasiz faoliyatini qayta ko‘rib chiqish masalalari borligini aytdi.Bu sohadagi ayrim faktlarni keltirib o‘tar ekan, Mirziyoyev shaharsozlikni takomillashtirish bo‘yicha bir qator hujjatlar qabul qilingan bo‘lsa-da, ularning ko‘pchiligi nazoratsiz qolgani, 2012—2015-yillarda ishlab chiqilgan 18 ta shahar va posyolkaning bosh rejalari haligacha tasdiqlanmaganini qayd etdi.“Ochiq tan olishimiz kerak, bizning eng jiddiy kamchiliklarimizdan biri – zamonaviy talablarga javob beradigan loyiha institutlarining yo‘qligidir. Ularning moddiy-texnik bazasi o‘tgan asrning 80-yillari darajasida qolib ketgan. Ular tomonidan axborot texnologiyalarini, zamonaviy ilm-fan, arxitektura va dizayn yutuqlarini qo‘llash darajasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Shu sababli hayotning o‘zi har bir viloyatda bir-ikkita zamonaviy loyiha institutini tashkil etishni talab etmoqda”, — dedi. Prezident.Mirziyoyev sohadagi rahbar shaxslarga butun tizimni tubdan qayta tashkil etish bo‘yicha 20 kun muddatda aniq takliflarni kiritishni yukladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Sergeli tumanida bunyod etiladigan «Toshkent metallurgiya zavodi» xorijiy korxonasi qurilish loyihasi bilan tanishdi. Loyiha qiymati 278 million yevroni tashkil etgan mazkur korxonaning ta’sischisi Buyuk Britaniyaning "Quality Trade Supplies L.P." kompaniyasi hisoblanadi. Umumiy yer maydoni 100 gektardan iborat bo‘lgan korxonaning qurilish ishlarini yigirma to‘rt oyda yakunlash rejalashtirilgan. Zavodga Italiya, Germaniya, Avstriya kabi davlatlarda ishlab chiqarilgan ilg‘or va zamonaviy uskunalar keltiriladi. Korxonada avtomobillarga kuzov ishlab chiqarish uchun metall listlar, qurilishda ishlatiladigan turli metall cherepitsalar, profnastil hamda maishiy texnikalar uchun metall listlar tayyorlanadi. Korxona to‘liq quvvatda ishga tushirilgach, 1000 dan ziyod ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Prezidentimiz ushbu korxona qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. Mazkur metallurgiya zavodining mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojidagi o‘rniga to‘xtalib, bu yerda ishlaydigan mutaxassislar tayyorlashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Pudratchi va quruvchilar bilan suhbatlashdi, ushbu mas’uliyatli ishda ularga muvaffaqiyatlar tiladi.
Paxta yetishtirish va uning tolasidan gazlama to’qish bilan dastlab Xindiston, Хitoy, Afrika, Peru, Meksika, Brazilya shug’ullangan. Mamlakatimizning Markaziy Osiyo va kavkaze teratoryalarida paxta yetishtirish bilan shug’ullanish qachon boshlanganlik to’g’risida aniq ma’lumotlar yo’q. Ammo bevosita keltirilgan dalillar xamda yozib qoldirilgan ko’pgina ma’lumotlar paxtachilikning va paxta tolasidan gazlamalar to’qish ishining yangi eramiz boshlaridayoq bu yerlarda mavjud ekanligi ko’rsatilgan.Shuning uchun ham mamlakat xalq xo’jaligida paxtachilikni rivojlantirish ishiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Paxta va uni qayta ishlash natijasida olinadigan mahsulotlar xalq xo’jaligining deyarli barcha tarmoqlarida keng ko’lamda ishlatiladi.
Odamlar qadim zamonlardan tolalarga ishlov berish bilan shug’ullanib kelishgan.Vaqt o’tgan sari tolalarga ishlov berish texnalogiyasi o’zgarib, takomillashib borgan.
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng Toshkentda va respublikamizning qator viloyatlarida o’nlab paxtaga birlamchi ishlov berish, yigiruv, to’quv korhonalari qurilib ishga tushirildi. Bu ishlarni amalga oshirishda xorijdan yangi texnika va texnalogiyalar keltirilib joriy etildi.
Ushbu texnalogiyalarni ishdan chiqqanda qayta tamirlash ishlari qilinib yana qayta ishga tushiriladi. Detallarni qayta tamir qilishda 70-80 % remontni payvandlash texnalogiya ishlarida bajariladi. Shuning uchun detallarni payvandlash texnalogiyasida detalni o’rganib chiqib so’ngra unga mos payvandlash usulini tanlab payvandlash texnalogiya ishi olib borilsa qayta tamirlangan detal uzoq mudatga yaroqli va mustaxkam chiqadi. Shuning uchun payvandlash texnalogiyasi sohasini chuqur o’rganib bu soxani mukammal o’rgangan inson detallarni benuqson amalga oshiradi.
Mamlakatimizning barcha tarmoqlar singari payvandlash ishlarida bunday jadal rivojlanish bugungi kun yoshlaridan yuqori bilim, intiluvchanlik va tinimsiz izlanish talab qilinadi.
Hozirgi kunga kelib paxta tolasiga bo’lgan ehtiyojlar va talab yuqori bo’lib kelmoqda. Paxta tolasi jahon bozorida ham o’z o’rniga ega. Shuning uchun paxta tolasini sifatini oshirish uchun o’zimizdagi texnologiyalarni chet el texnologiyalarini olib almashtirilmoqda.O’zbekiston paxta tolasini yetishtirib ekspert qilish bo’yicha dunyoda beshinchi o’rinda turadi. Paxta zavodlarni zamon darajasidagi uskunalar bilan taminlash va paxta tolasini sifatin oshirish,raqobat bardosh bo’lishi hozirgi kunning dolzarb masalalardan biri bolib turibdi.
Hozirgi kunda Tojimetal ishlab chiqarish korxonasi. 2 Qoziqli baraban vali buyurtmaga qarab yil davomida ishlab chiqariladi.Bu zavod asosan paxta zavodlariga texnalogiya ehtiyoj qisimlari yetkazib beradi. Hozirda paxta zavodlarda buzilgan qurilmaning ehtiyot qisimlarini qayta tamirlash ishlarini zavodning o’zida tamirlanadi. Tamirlashni iloji bo’lmagan qisimlarini bironta zavodlarda tamirlanadi. Misol uchun: Qoziqli baraban vali tamirlashda iloji bo’lmagani uchun Tojimetal zavodida qayta tamirlanib beriladi.
Mavzuning dolzarbligi
O’zbekiston chigitli paxta tolasini ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda oldingi besh mamlakat qatoridan o’rin egallagan.Tolani eksport qilishda Amerika qo’shma shtatlaridan keyin ikkinchi o’rinda turadi.
Yurtboshimiz tomonidan ishlab chiqilgan mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, O’zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tish, mamlakatimizda isloh etish va modernizatsiya qilish borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Istiqlolimizning ilk yillaridayoq, birinchi Prezidentimiz yuksak demokratik talablarni hayotimizga to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati barpo qilish, farovon hayotga erishish bilan chambarchas bog’liq va uzluksiz davom etadigan jarayon ekanini ta‘kidlab, bunday darajaga ko’tarilish hech qachon osonlikcha kechmasligini uqtirib o’tgan edi.
Bugungi kunda paxtani qayta ishlash sanoatini doimiy rivojlantirib borish, bu sohaga eng yangi tehnologiyalarni jalb qilish muhim masala hisoblanadi, chunki shu orqali mahsulot sifatini yanada yaxshilab borish mumkin. Paxta xomashyosini tozalash texnologiyalarining yangi takomillashgan usullarini kashf qilish va ularni sanoatga tadbiq qilish bugungi kunning muxim masalalaridan biridir. Paxta sanoatiga zamonaviy texnologiyalarning jalb qilinishi birinchi navbatda, mahsulot sifatiga ta’sir etsa, ikkinchi navbatda elektr energiyasini tejashga imkoniyat yaratadi. Bu esa bevosita mahsulot raqobatbardoshliligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
1.UMIMIY QISM
1.1. Qoziqli baraban haqida umumiy ma’lumot. Konstruksiyaning shakli, o’lchamlari, materiali, unga qo’yilgan talablar
Chigitli paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun ishlatiladigan uskunalar paxta tozalash korxonasining quritish-tozalash bo‘limiga, tozalash bo'limiga va har bir jinning ta’minlagichiga o‘rnatiladi. Chigitli paxtadan mayda iflosliklarni ajratish uskunalari pnevmatik, pnevmamexanik va mexanik tizimlarga bo'linadi.
Mayda iflosliklarni ajratish uskunalari texnologik qatorda o‘rnatilish joyiga qarab shaxsiy va qatorli, ish qismlarining chigitli paxtaga ta’siri jihatidan bir ta’sirli va qayta ta’sirli, ish qismlarining soniga qarab bir barabanli va ko‘p barabanli, konstruksiyasi bo'yicha esa barabanli va shnekli xillarga bo'linadi.
|