Konstruksion po‘latlarning markalanishi




Download 2,96 Mb.
bet7/44
Sana12.06.2021
Hajmi2,96 Mb.
#14975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Konstruksion po‘latlarning markalanishi. Konstruksion po‘latlar markalaridagi St-harflar po‘latligini, undan keyingi raqamlar tartib nomerini bildiradi. Raqamlar ortishi po‘latdagi uglerod miqdorining ortganligini bildiradi. Markalar oldidagi masalan, В harfi po‘latni Bessemer konvertorida olinganligini bildiradi. Markalar raqamlaridagi

indekslar (SP, PS va KP) po‘latlarni ulardagi FeO dan temirni qaytarganlik darajasini bildiradi. Masalan, St3sp da bu markali po‘latda – 0,22% uglerodi bo‘lgan to‘la

qaytarilgan po‘latdir.

“A” guruhidagi po’latlarning mexanik xossalari tartibga solingan, kimyoviy xossalari aniq belgilanmagan. Bunday po’latlar quyidagicha belgilanadi; St1, St2, St3…..St6, St

“Б” guruhidagi po’latlarning kimyoviy xossalari tartibga solingan, mexanik xossalari esa aniq belgilanmagan. Bunday po’latlarning tamg’asi oldiga sinf belgisi qo’yiladi: БSt4, БSt4кп, БSt5 va hokazo.

“B” guruhdagi po’latlarning ham mexanik, ham kimyoviy xossalari aniq tartibga solingan va kafolatlangan. Bunday po’latlardan har qanday qayta ishlash yo’li bilan (payvandlash, termik ishlov berish) mashina konstruksiyalarini yasash mumkin. Ular quyidagicha belgilanadi: BSt3 yoki BSt5 va hokazo. Oddiy sifatli uglerodli po’latlar yengil-yelpi talab qo’yilgan sharoitda ishlaydigan mashina konstruksiyalarini yasashda keng qo’llaniladi. Masalan, St5, St6 markali po’latlardan tramvay va poyezd izlari yasaladi. Yo’l qurilish mashinalari va qishloq xo’jalik mashinalarining val, tishli g’ildirak, maxkamlash elementlari kabi ko’p vositalari tayyorlanadi.

Sifatli konstruksion po’latlarda zararli elementlarning miqdori kam bo’lganligi uchun ularning mexanik xossalari va kimyiviy tarkibi ancha barqarordir. Bunday po’latlar mashinasozlik korxonalarida har xil geometric shaklda jo’valangan yoki bosim ostida ishlangan yarim fabrikat holatida keltiriladi, kimyoviy tarkibi hamda mexanik xossalari aniq tartibga solingan bo’ladi. Ular mashinasozlikning juda keng jabhalarida ishlatiladi. Masalan, 08кп, 05кп, 10кп list po’latlardan avtomobil tomlari, qanotlari hamda g’ilof shaklidagi vositalar ishlab chiqariladi. 10, 20, 25 po’latlardan kam yuk ko’taradigan vallar , tishli g’ildiraklar kabi vositalar tayyorlanadi. O’rta uglerodli sifatli po’latlardan o’rtacha kuchlanishlarda ishlaydigan javobgarligi katta mashina vositalari tayyorlanadi. Masalan , 30, 40, 45 po’latlardan taqsimlovchi vallar , g’ildiraklarni harakatga keltiruvchi yarim o’q, tirsakli vallar, kuchli tishli g’ildiraklar va shunga o’xshash vositalar tayyorlanadi. Bunday po’latlar toblanib, yuqori haroratli bo’shatish berilsa, qovushqoqlik va qattiqlikning eng samarali nisbati hosil bo’ladi. Prujina , ressor kabi vositalarni tayyorlash uchun po’latlardagi uglerod miqdori 0.5….0.6 foiz dan kam bo’lmasligi kerak (65, 70, 75, 80, 85) hamda ko’ndalang kesim bo’yicha toblash mumkin bo’lishligi uchun unga legirlovchi elementlar (ko’pincha marganes yoki kremniy) qo’shiladi.

Qoziqli baraban korpusi yon devoir vali Sch18 markali cho’yandan tayyorlanadi. Baraban valga yonaki qopqo qlar ustiga o’rnatiladi.




Download 2,96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Download 2,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Konstruksion po‘latlarning markalanishi

Download 2,96 Mb.