.
Bunda, valga faqat eguvchi moment emas, balki, burovchi moment ham
ta’sir qiladi.
Val va o’qlarning tayanchlarga mo’ljallangan qismi tsal’fa deyiladi. Val
yoki o’qning uchida joylashgan tsal’fa ship deb, o’rtasida joylashgan tsal’fa esa
bo’yin deb ataladi. Agar val yoki o’qning tsal’fasi ularning uzunligiga tik
tekislikda joylashgan bo’lsa, bunday tsal’fa tovon deb ataladi.
4-rasm
Vallar tuzilishi jixatidan turlicha, ya’ni to’g’ri, tirsakli (ichki yonuv
dvigatellarida) hamda egiluvchan (Tish davolashda ishlatiladigan mashinalarda)
bo’lib, uglerodli yoki legrlangan po’lat materiallardan tayyorlanadi. Tuzilishiga
ko’ra vallar va o’qlar pog’onali va pog’onasiz bo’ladi. Ko’ndalang kesimiga ko’ra
vallar va o’qlar yaxlit yuzali va tishli bo’lishi mumkin. Teshik vallar va o’qlar
birinchi navbatda massasini engillashtirish va boshka detallarni uning ichida
harakatlana olishini ta’minlash uchun ishlatiladi.
5-rasm
|