VAL TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT




Download 2,96 Mb.
bet8/44
Sana12.06.2021
Hajmi2,96 Mb.
#14975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
VAL TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT

Mashinaning aylanuvchi qismlari o’tkaziladigan, (turli uzatmalar, muftalar,

texnologik mashinaning ish organi va boshqalar.) ularning fazoda berilgan

vaziyatlarini ta’minlovchi mahkamlangan qismlariga ta’sir etuvchi nagruzkalarni

qabul qiluvchi detallar val va o’qlar deb ataladi.

Val va o’qlar odatda doiraviy kesimi to’g’ri, ba’zida siniq (tirsakli vallar)

chiziqli sterjen’ bo’lib podshipniklar deb ataluvchi, ikkita yoki undan ortiq maxsus

tayoqchalarga tayanadi.

Val va o’qlar mashina qismi sifatida ish bajaradigan vazifasiga qarab bir biridan

farq qiladi.

O’q faqat aylanuvchi detallarni ushlab turadi va ularga ta’sir qiladigan

nagruzkani mashinaning korpusiga yoki ramasiga uzatadi, o’qni tayanchlardan

qo’zg’almas qilib mahkamlab qo’yish mumkin, o’rnatilgan detallar esa unda erkin

aylanadi. Bunday xolda podshipnik tarzidagi tayanchlarning keragi yo’q;

podshipniklar o’rniga oddiy konstruktsiyadagi tayanchlar qo’llaniladi. Ayrim

xollarda konstruktiv jihatdan detalni o’qqa maxkamlab qo’yib o’q bilan birga

aylantirish qulay bo’ladi; bunday xollarda tayanchlar podshipnik bo’lishi shart.

O’q. O’q-tsilindrik shakldagi uzunroq detal: o’zi bilan birga aylanadigan

detallarni yoki mashina mexanizmlarini tutib turadi, lekin burovchi momentni

uzatmaydi. Aylanmaydigan o’q qo’zg’almas tayanchlarga tayanadi, aylanadigani

esa podshipniklarga o’rnatiladi.

Demak, o’q bilan valning tuzilishi, ko’pincha, bir xil bo’lsada, ishlash

sharoiti har xil bo’ladi.

Ikala holda ham o’q, aylanuvchi detallarga ta’sir qiladigan nagruzkalarni

qabul qiladi va egilishga ishlaydigan balka funktsiyasini bajaradi.

Vallar – o’q bajaradigan funktsiyalan tashqari, unga o’rnatilgan detallar

o’rtasida quvvatni ham uzatadi. Aylanma harakatda quvvat M burovchi momentni

ω burchak tezligiga ko’paytmasi M · ω bilan o’lchangani uchun, vallar ish

xolatida albatta aylanadilar va ularga o’rnatilgan detallarning joylashishiga qarab

burovchi moment ularning butun uzunligi bo’yicha yoki bir uchastkasida ta’sir

qiladi.



Download 2,96 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Download 2,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VAL TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT

Download 2,96 Mb.