Uskuna (jihoz) lar, moslamalar va asboblarga talablar




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana24.03.2022
Hajmi5.43 Mb.
#18869
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

Uskuna (jihoz) lar, moslamalar va asboblarga talablar. Uskunalar, 
moslamalar va asboblar butun eksplutatsiya muddati davomida GOST 12.2.00.3-
74 va mazkur qoidalarning xavfsizlik talablariga javob berishi kerak. Uskunani 
ishlab chiqarish uchastkasiga o’rnatganda “Avtomobil transporti korxonalarini 
texnologik loyihalash umumiy meyorlari” (ruscha: ONTP 01 - 86) talablari 
e’tiborga olinishi lozim. 
Asboblar va moslamalarni belgilangan grafiklar bo’yicha, kami bilan xar 
oyda bir marta saralash kerak. Statsionar uskuna fundament ustiga o’rnatilib, 
boltlar bilan mahkamlanishi kerak. Xavfli joylar to’silishi lozim. Uskunalarni ishga 
tushirish va to’xtatish qurilmalari shunday o’rnatilishi kerakki, ularni ish joyidan 
turib boshqarish mumkin bo’lsin, o’z - o’zidan ulanib qolish ehtimolligi nolga teng 
bo’lsin. Hamma elektrodvigatellar, elektr yurilmali uskunalar, boshqaruv pultlari 
yerga ulanishi yoki nol simi yerga ulanishi kerak. Bularsiz ishlash taqiqlanadi.


48 
Yangi va kapital ta’mirdan chiqqan uskunani eksplutatsiyaga tushurishdan 
oldin maxsus komissiya uni qabul qiladi. Komissiyaga mehnatni muxofazasi 
bo’limi xodimlari va to’la vakolatga ega bo’lgan xodim kiradi. Bu uskuna soz 
bo’lishi va texnik holati, unga mas’ul bo’lgan xodim bilan ishlab chiqarish 
uchastkasi raxbarining nazorati ostida bo’lishi kerak. Uchastka raxbari nosoz 
uskunaga, ushbu uskunada ishlash ruxsat etilmaydi, degan yozuv yorliq ilib 
qo’yishi kerak. Bunday uskuna elektr zanjiridan uzib qo’yiladi. To’siqlari olib 
qo’yilgan yoki nosoz uskunada ishlash taqiqlanadi. 
Uskuna ishlab turgan vaqtda uni tozalash, moylash va ta’mirlash ruxsat 
etilmaydi.
Richag - reykali qo’l domkratlarning richag yoki dastakka kuch 
qo’yilmagan paytda yuk o’z - o’zidan pastga tushib ketishi oldini oladigan 
qurilmasi soz bo’lishi kerak. Shuningdek bunday damkratlarda shtok eng tepa 
holatda turganda, vint yoki reyka chiqib ketishiga yo’l qo’ymaydigan to’xtatgich 
bo’lishi kerak. Elektr yuritmali damkratlarning eng yuqori va eng quyi holatlarda 
elektrodvigatelni avtomat tarzda o’chiradigan qurilmasi soz bo’lishi kerak. 
Gidravlik va pnevmatik domkratlar va ko’targichlardagi ulanmalar shunchalik jips 
bo’lishi kerakkki, yuk bilan ishlayotganda suyuqlik yoki havo sizib chiqmasin. 
Ularning teskari klapanlari va boshqa qurilmalari, suyuqlik yo havo quvurchalari 
shikastlanib qolganda shtokni to’xtatib qo’yishi yoki astagina pastga tushishini 
ta’minlashi kerak. 
Damkratlar bir yilda bir marta statik yuk ostida (pasport bo’yicha 
chegaraviy qiymatdan 10% ko’p) 10 minut davomida sinaladi. Bunda shtok eng 
yuqori holatda bo’lishi kerak. Sinov vaqti oxirida gidravlik domkratlardagi 
suyuqlik bosimining pasayishi 5% dan ortiq bo’lmasligi kerak. Sinov natijalari 
jurnalga qayd etiladi. 
Qo’l asboblar (bolg’a, zubila, sumba va b.)ning tashqi yuzalarida shikastlar 
(o’yiq, siniq) bo’lmasligi, yon qirralarining dastak bilan tutash joylarida o’tkir 
qirralar, tirnalishlar, g’udurlar bo’lmasligi, dastak yuzasi silliq, darz ketmagan 
bo’lishi kerak. Zubilaning uzunligi 150mm.dan kam, kreytsmeyse, borodok, kern 


49 
uzunliklari 150mm. dan ko’p bo’lmasligi kerak. Bolg’a va kuvaldalarning yog’och 
dastagi zich o’rnatilib, uchiga metall pona qoqilgan, egov va iskanalarning yog’och 
dastalariga metall xalqa kiyg’azilgan bo’lishi kerak. Nosoz moslama va asboblar 
bilan ishlash taqiqlanadi. Gayka buragichlarning jag’lari parallel va egovlanmagan 
bo’lishi kerak. Keriluvchi buragichlarning suriluvchi jag’i bo’shashib ketmasligi 
kerak.
Asboblarni ko’tarib yurish uchun, ish sxaroitiga qarab, ishchiga xaltacha 
yoki yengil quticha berilishi kerak. Ish boshlanishidan oldin hamma asboblar 
ko’zdan kechiriladi, nosozlari-almashtiriladi. Elektr asboblar bo’limida saqlanadi 
va ishchiga berilishidan oldin GOST 12.2.013-91 ga muvofiq holda topshirilib, 
himoya moslamalari bilan birga beriladi (rezina qo’lqop va gilamcha, dielektrik 
kalish). Elektr asboblarini tok o’tkazuvchi qismlari muxofazasi buzilgan bo’lsa, 
yerga ulash qurilmasi bo’lmasa, ularni ishlatish mumkin emas. Kuchlanishi 
42Vdan yuqori bo’lgan tarmoqdan tok olib ishlaydigan elektr asboblarining simi 
rezina ichak ichida bo’lishi yoki 500Vdan kam bo’lmagan kuchlanishga 
hisoblangan, muxofazali ko’psimli, egiluvchan PRG kabeli bo’lishi kerak, shtepsel 
vilkasi esa yerga ulanadigan, uzaytirilgan kontakti bo’lishi kerak. Elektr 
lampalarning yerga ulangan simlari muxofazasi holatini nazorat asoblari bilan 
tekshirish GOST 12.2.013-91 ga muvofiq, kamida 6 oyda bir marta o’tkaziladi, 
natijalari jurnalda qayd etiladi. 
Korxonaning o’zida tayyorlanadigan metall tagliklar konstruktsiyasi 
ishonchli va mustaxkam, barqaror bo’lishi kerak, xar biriga ruxsat etilgan 
chegaraviy yuklamani yozib qo’yish kerak. 


50 

Download 5.43 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uskuna (jihoz) lar, moslamalar va asboblarga talablar

Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish