• 1-rasm . Odamning hayotiy faoliyat modeli.
  • Inson Yashash muhiti
  • Xayotiy faoliyat xavfsizligi asoslari




    Download 5.43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/20
    Sana24.03.2022
    Hajmi5.43 Mb.
    #18869
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

    Xayotiy faoliyat xavfsizligi asoslari. Odamzod jamiyati mavjudligining 
    zaruriy sharti-faoliyatdir. Faoliyatning turlari juda ko’p, ular ro’zg’or, ishlab 
    chiqarish, ijtimoiy, ilmiy, madaniy va hayotning boshqa sohalarini qamrab oladi. 
    Xayotiy faoliyat modelini eng oddiy ko’rinishda ikki element: inson va 
    uning yashash muhiti bilan ifodalash mumkin (1- rasm). 
    1-rasm . Odamning hayotiy faoliyat modeli. 
    “Odam - muhit” bilan to’g’ridan - to’g’ri aloqaga kirishi shubhasiz. 
    Teskari aloqa moddiy dunyoning umumiy reaktivlik (aks ta’sir) qonunidan kelib 
    chiqadi. 
    “Odam – muhit” tizimi qo’shmaqsadli: 
    • Birinchisi - faoliyat jarayonida ma’lum samaralarga erishish; 
    • Ikkinchisi - shu faoliyat keltirishi mumkin bo’lgan salbiy oqibatlarini chetlab 
    o’tish. 
    Boshqacha aytganda odam o’z atrofidagi tabiatga ikkita, bir-biriga qarshi 
    nuqtai nazardan qaraydi. 
    Bir tomondan o’z maromida hayot kechirish uchun atrof muhitning hamma 
    omillari barqaror bo’lishini ta’minlash, ikkinchi tomondan - odamning xayotiy 
    Inson 
    Yashash muhiti 


    46 
    faoliyati atrof muhitga zarar yetkazmasdan mumkin emasligi. Mana shu ikki jihat 
    bir vaqtning o’zida namoyon bo’lishi odamning atrof muhit bilan qarama-
    qarshilikka duch kelishini ko’rsatadi. 
    Odam va atrof muhitning o’zaro ta’siriga kirishuvi mavzusi qaysidir 
    bironta fan yoki inson faoliyati sohasi chegarasidan chiqib ketadi. Shuning uchun 
    ham ilmning yangi yo’nalishi yuzaga chiqib qoldi. Bu - “Xayotiy faoliyat 
    xavfsizligi” bo’lib, xar qanday faoliyatda odamning xavfsizligini ta’minlash 
    imkoniyatlarini o’rganadigan fandir. 
    Hayot faoliyati xavfsizligi (XFX)-odamning yashash muhitida xavfsizligini 
    ta’minlashga, sog’ligini saqlashga, zararli va xavfli omillarni joiz qiymatlargacha 
    pasaytirish yo’li bilan ximoyalash vositalarini va usullarini ishlab chiqarishga, 
    tinch va xarbiy davrdagi favqulodda vaziyatlarning, oqibatlarining bartaraf etishda 
    ziyon-zaxmatlarni cheklashga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. 
    XFX fanining ilmiy va amaliy asosi ilgari o’rganilgan va amaliy 
    ahamiyatga ega bo’lgan “Mehnat muxofazasi”, “Atrof muhit muxofazasi”, 
    “Fuqarolar himoyasi” fanlaridan tashkil topgan. 
    Bu fanlarni yagona fanga birlashtirish odamning anatomik – fiziologik 
    xususiyatlari, salbiy omillar ta’siriga javob amallari, yashash muhiti, xavflarni 
    miqdor va sifat jihatlardan tahlil qilish usullari va printsiplarining manbalari 
    haqidagi bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, xavfsizlikni ta’minlashning 
    umumiy strategiyasini tahriflash, salbiy vaziyatlarda himoya vositalarini ishlab 
    chiqish va qo’llash imkonini berdi. 
    Bo’lajak bakalavr o’z amaliy faoliyatida texnik jarayonlarni ishlab chiqa 
    bilishi, mashina, mexanizm va uskunalarni loyihalashi, ishlovchilar uchun ishlab 
    chiqarishdagi zararlar va xaflarni yo’qotadigan darajada mehnatni tashkil qila 
    bilishi kerak; XFX sohasidagi asosiy qonunlardan xabardor bo’lishi, O’zbekiston 
    Respublikasida mehnat muxofazasiga bag’ishlangan Davlat siyosati va boshqaruvi 
    masalalari haqida fikrlay olishi, zamonaviy ishlab chiqarish sxaroitlarida to’g’ri 
    qarorlar qabul qila bilishi, XFX sohasidagi nazariy va amaliy bilimlarga ega 
    bo’lishi lozim.


    47 
    XFX fani oldida turgan murakkab masalalar ijtimoiy – huquqiy, mehnatni 
    ilmiy tashkil qilish, texnik estetika, ergonomika, ijtimoiy va muxandislik 
    psixologiyasi, texnika fanlari, mehnat gigienasi, mehnat fiziologiyasi va 
    psixologiyasi, sanoat toksikologiyasi, ekologiya kabi qator fanlarning yutuqlaridan 
    foydalanishni taqozo etadi. XFX masalalari, shuningdek, yong’inlar va 
    portlashlarning oldini olish, tinch va xarbiy vaqtlardagi favqulotda hodisalrda 
    xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish bilan bog’liq. 
    XFXning maqsad va mazmuni: 
    • atrof muhitning odam sog’lig’iga salbiy ta’sir etadigan omillarini topish va 
    o’rganish; 
    • bu omillarning ta’sirini xavfsiz chegaralargacha kamaytirish yoki, iloji bo’lsa, 
    umuman yo’qotish; 
    • xalokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini yo’q qilish. 
    XFX amaliy masalalar doirasi avvalombor odamni muxofaza qiluvchi 
    vositalarni ishlab chiqish va ulardan, oqilona foydalanish, tabiiy muhitni texnogen 
    manbalar ta’siridan va tabiiy ofatlardan ximoya qilish, shu bilan xayotiy faoliyati 
    uchun komfort sxaroit yaratish printsiplpriga asoslangan.

    Download 5.43 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 5.43 Mb.
    Pdf ko'rish