Bitiruv malakaviy ishi qismlari bo’yicha maslahatchilar




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/20
Sana24.03.2022
Hajmi5.43 Mb.
#18869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
uz seamyung korxonasida ishlab chiqarish jarayonining ozgaruvchanlik xususiyatini taxlil qilish benzobak misolida (3)

5.Bitiruv malakaviy ishi qismlari bo’yicha maslahatchilar: 
 
№ 
Bitiruv malakaviy 
ishining qismlari 
Boshlanish 
muddati 
Tugallanish 
muddati 
Imzo 
Maslahatchi-
ning familiyasi 
1 Kirish 
17.01.2015 
22.01.2015 
J. M.Usmonov 

Mavzuning 
dolzarbligi 
23.01.2015 
27.01.2015 
J. M.Usmonov 
3 Adabiyotlar sharxi 
28.01.2015 
07.02.2015 
J. M.Usmonov 
4 Asosiy qism
08.02.2015 
13.02.2015 
J. M.Usmonov 
5 Texnologik qism 
14.02.2015 
17.02.2015 
J. M.Usmonov 
6 Iqtisodiy qism 
18.02.2015 
25.02.2015 
I.Ermatov 

Hayotiy 
faoliyat 
xavfsizligi qismi 
26.02.2015 
28.02.2015 
A.Rahimov 
8 Xulosa va takliflar 
02.03.2015 
07.03.2015 
J. M.Usmonov 

Foydalanilgan 
adabiyotlar ro’yxati 
09.03.2015 
17.03.2015 
J. M.Usmonov 
10 Ilova 
18.03.2015 
27.03.2015 
J. M.Usmonov 
11 1-chizma 
28.03.2015 
05.04.2015 
J. M.Usmonov 
12 2-chizma 
16.04.2015 
28.04.2015 
J. M.Usmonov 
13 3-chizma 
23.04.2015 
07.05.2015 
J. M.Usmonov 
14 4-chizma 
17.05.2015 
28.05.2015 
J. M.Usmonov 
 
6.Topshhiriq berilgan sana: 17.01.2015 
 
7.Tugallangan bitiruv malakaviy ishini topshirish sanasi: 01.06.2015 
Bitiruv malakaviy ishi rahbari: J.M.Usmonov 
Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi: A.Davronov 
Kafedra mudiri: N.Ikromov 
 



MUNDARIJA 
 
1. 
KIRISH

2. 
MAVZUNING DOLZARBLIGI
10 

ADABIYOTLAR SHARHI
14 
4. 
ASOSIY QISM 
19 
4.1. Avtomobillarning elektr va elektron jixozlari umumiy tavsifi 
4.2. Elektr energiya manbalari va iste`mоlchilari 
4.3. Hоzirgi zamоn avtоmоbilining elektr jixоzlari 
4.4 
Avtomobil elektr jixozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar 
5. 
TEXNOLOGIK QISM 
27 
5.1. Elektr jixozlari tizimlari va sxemalarini turlari 
5.2. Asboblarni chizmada harf-raqamli belgilanishi 
5.3. Elektr simlari va ulash apparaturalari 
6. 
IQTISODIY QISM 
39 
7. 
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI 
44 
8. 
XULOSA VA TAKLIFLAR
50 
9. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YHATI 
52 
10. 
ILOVALAR
54 
 
 
 



1.KIRISH 
 
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar 
qo’yib, tinch – osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch va 
imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida 
ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. 
Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, 
shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana 
shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida 
orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo’lda 
erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday 
imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur 
anglaymiz. 
Ana shu haqiqatni xalqimiz har tomonlama to’g’ri tushunib, tanlagan 
taraqqiyot yo’limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo’llab – quvvatlayotgani 
oldimizga qo’ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbai va garovi ekanini 
hayotning o’zi tasdiqlamoqda. 
Biz 
xalqimizning 
dunyoda 
hech 
kimdan 
kam 
bo’lmasligi, 
farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib 
yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu 
borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. 
Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni 
yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z xoliga, o’zi bo’larchilikka tashlab qo’yadigan 
bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan 
ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir – oqibatda o’zimiz intilgan 
umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin. O’z tarixini 
bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q. 
O’sib kelayotgan avlod bugungi ezgulik yo’lidagi bunyodkorlik ishlarining 
davomchisidir. Milliy ma’naviyatimiz qirralarini kelajak avlodimiz shuurida 
mukammal shakllantirish va yuksaltirish uchun barchamiz ma’sulmiz [1]. 



Respublika xalq xo`jaligining bir me`yorini ta`minlash uchun yaxshi yo`lga 
qo`yilgan ichki va tashqi transport aloqalariga ega bo`lish kerak. I.A.Karimov 
“O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va 
taraqqiyot kafolatlari” asarida transport sohasidagi munosabatida shunday deydi: 
“O`zbekiston Respublikasi qonunchilik asosida transport munosabatlarini tartibga 
soluvchi qismini, umuman, qabul etilgan xalqaro norma va qoidalarga 
yaqinlashtirish bo`yicha faol ish olib bormoqda” [2]. 
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng qisqa davr o`tishiga qaramay 
Respublika aholisini avtomobil transporti bilan ta`minlash jadal suratlar bilan 
amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Respublikamizda bir qator avtomobil 
kompaniyalari barpo qilinib, ularning ishga tushirilishi O`zbekiston xalqining 
muhim yutuqlaridan biridir. Andijon viloyatining Asaka shahrida “GM-
Uzbekistan” YoAJ kompaniyasi; Samarqandda “Sam KOCH avto” avtomobil 
zavodlarida yengil, yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtotransportlarning 
ishlab chiqarila boshlashi O`zbekiston aholisining transport mustaqilligiga 
erishishiga olib kelibgina qolmay, Respublikamizni avtomobil ishlab chiqaruvchi 
yetakchi davlatlar bilan bir qatorda turishiga imkon yaratdi. Yaqin kelajakda 
aholini avtomobil bilan ta`minlanganlik darajasi Respublikamizda avtomobil 
ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishi ko`rsatkichlari bilan belgilanib, aholisi 
avtomobil bilan yuqori darajada ta`minlangan yetakchi davlatlar miqyosiga 
ko`tarilish istiqboli yaratilmoqda. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta 
jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash-eng muhim ustuvor 
vazifa sifatida. Investitsiyalar salmoqli qismining sanoatni modernizatsiya qilish va 
texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirishga yo’naltirilishi. Yirik ishlab 
chiqarish korxonalarini qurishni yakunlash va foydalanishga topshirish. Barcha 
yirik korxona va ishlab chiqarish quvvatlarida jahon tajribasida sinovdan o’tgan 
zamonaviy texnologiyalar bilan almashtirilishi lozim bo’lgan uskuna va 
texnologiyalarning ro’yxatini aniqlash uchun texnik audit o’tkazish zarurligi. 



Chet el investitsiyalarini keng jalb qilish, xorijiy investorlar uchun yanada 
qulay sharoitlar yaratish–muhim ustuvor yo’nalish. O’zbekistonda investorlar 
uchun beqiyos, o’ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferentsiyalar tizimi 
yaratilganligi. Xorijiy sheriklar bilan o’zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, 
mamlakatimizda yanada qulay investitsiya muhitini shakllantirishdagi mavjud 
imkoniyatlarni 
ishga 
solishda 
ishonchli 
kafolatlarni 
yaratish, 
xorijiy 
investorlarning ishonchini qozonish va mustahkamlash zarurligi. Tiklanish va 
taraqqiyot fondining rolini, uning xorijiy sheriklar bilan birgalikda investitsiya 
loyihalarini moliyalashtirish borasidagi samarali hamkorligini kuchaytirish. 
Infratuzilmani, transport va kommunikatsiya qurilishini kompleks va jadal 
ravishda 
rivojlantirish–ustuvor 
yo’nalish. 
Infratuzilma, 
transport 
va 
kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishning 2015 yilgacha bo’lgan davrga 
mo’ljallangan dasturini izchil amalga oshirish. O’zbekiston milliy avtomagistrali 
tarkibiga kiradigan avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruktsiya qilish, 
mamlakatimizning barcha hududlarini o’zaro ishonchli bo`ladigan yagona milliy 
avtomobil transport tizimini tashkil etish loyihalariga birinchi darajali ahamiyat 
qaratish. Temir yo’l tarmoqlarini elektrlashtirish, yo’lovchi tashish lokomotivlari 
parkini yangilash, yuk tashish lokomotivlari hamda vagonlarini modernizatsiya 
qilish va qayta tiklash, temir yo’llarni modernizatsiya qilish bo’yicha loyixalarni 
amalga oshirishni jadallashtirish. O’zbekiston hududida yuklarning ichki va 
xalqaro tranzitini ishonchli ravishda ta`minlaydigan transport va logistika 
tizimlarini takomillashtirish. Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya 
tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirish. O’quv jarayoniga keng 
formatli kommunikatsiya tarmoqlari va internet texnologiyalarini joriy qilish. 2015 
yilgacha mamlakatimizning barcha hududlarida raqamli televideniyaga o’tishni 
ta`minlash [3]. 
Amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirlarning natijasida mamlakatimiz 
jadal rivojlanib bormoqda. Buni respublikamiz hayotida ro`y berayotgan ijtimoiy 
va iqtisodiy, ma`naviy va ma`rifiy o`zgarishlarda ko`rish mumkin. 



Iqtisodiyotni turg`un rivojlanib borishida ishlab chiqarishni yangi texnika va 
texnologiyalar bilan 
jihozlanganligi 
yetakchi 
hisoblanadi.Shu 
maqsadda 
respublikamizda yangi va zamonaviy mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish 
tobora keng yo`lga qo`yilmoqda. Misol tariqasida avtomobilsozlikni ko`rish 
mumkin [4]. 
Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari ishchi jarayonlari 
avtomatlashtirish, harakat va ekologik xavfsizlikni oshirish, haydovchi va 
yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish kabi vazifalarni bajaruvchi murakkab tizim 
bo‘lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko‘p jihatdan aynan elektr 
jihozlarining ishonchliligiga bog’liqdir. 
Avtomobillarda elektr energiya dastlab, benzinli ichki yonuv dvigatellarida 
ishchi aralashmasini o‘t oldirish uchun ishlatilgan. Ishchi aralashmasining yuqori 
kuchlanishli elektr uchquni yordamida yondirilishi, o‘t oldtrish daqiqasini nisbatan 
aniq belgilash, ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) quvvati va tejamkorligini 
sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg’ini elektr uchqun 
vositasida o‘t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va hozirgi kunda 
karbyuratorli dvigatellar uchun yagona tizim hisoblanadi. 
Elektr energiya iste’molchilari sonining ko‘payishi, ular quvvatining ortishi 
avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish, o‘t oldirish, yoritish tizimlarining 
shakllanishiga olib keldi. Avtomobillarda turli xil nazorat-o'lchov asboblari keng 
ко‘lamda ishlatila boshlandi. 
Ushbu bitiruv malakaviy ishi ana shu dolzarb muammoni yechishga 
qaratilgan bo`lib, u quyidagi qismlardan tashkil topgan: Kirish qismida bitiruv 
malakaviy ishida yoritilgan mavzuning qisqacha mazmuni yoritilgan; Mavzuning 
dolzarbligi bitiruv malakaviy ishini bajarish oldidan to`plangan ma`lumotlar 
asosida avtomobillarning elektr va elektron jihozlari stendi zarur va dolzarbligini 
o`rganildi. Adabiyotlar sharxi qismida mavzu bo`yicha adabiyotlar sharhi 
yoritilgan. Ishning asosiy qismida avtomobillarning elektr va elektron jihozlari 
to’g’risida umumiy ma’lumotlar berib o’tilgan. Ishning texnologik qismida 
avtomobillarning elektr va elektron jihozlaridan foydalanishning texnologik 



xususiyatlari 
bilan 
tanishtirilgan. 
Mehnatni 
muhofaza 
qilish 
qismida 
avtomobillarning elektr va elektron jihozlari stendidan foydalanish jarayonida 
havfsizlik texnikasi masalalari yoritilgan. Ishning yakunida esa, bitiruv malakaviy 
ishini bajarish jarayonida olingan natijalar yuzasidan xulosalar yoritilgan va 
loyihalangan jixozni joriy etish va uning samaradorligi yuzasidan takliflar berilgan. 
Bulardan tashqari ishni bajarish jarayonida foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 
keltirilgan. 

Download 5.43 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishi qismlari bo’yicha maslahatchilar

Download 5.43 Mb.
Pdf ko'rish