Гиперссылка web saytlarning bosh sahifasiga emas
balki, aniq web-sahifaga bog`lanishi zarur. Professor-o`qituvchilar resurs sifatida
YouTube ,
UzDisc ,
Wikipedia ,
Gmail+ kabi saytlarning ma’lumotlaridan
foydalanishlari mumkin.
Гиперссылка larni aks ettirishni sahifa ichiga
joylashtirish va yangi oynada ochish variantlaridan birini tanlashi mumkin. Zarur
bo`lganda sahifaga qo`shimcha ma’lumotlarni yuborish mumkin. Masalan,
talabaning ismi. Shuni ta’kidlash joizki,
URL -manzillarini faqat mazkur resursda
emas balki, matn muharriga ega bo`lgan barcha resurslarga ham qo`shish mumkin.
2.2
TA’LIM TIZIMIDA MASOFAVIY O’QITISH TIZIMINING O’RNI VA AHAMIYATI Internet tехnologiyalarining kirib kеlishi, axborot texnalogiyalarining
rivojlanishi asrlar davomida o’zgarmay kelayotgan holatlarni o’zgartirib yuborishga
sabab bo’ldi. Shu jumladan, ta’lim sohasi rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda.
Masalan: ta’lim tizimida ta’lim olishning an’anaviy shakllari o’rniga masofaviy
ta’lim tizimini joriy etilishiga imkon yaratdi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016-yil
30-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida elektron ta’lim tizimiga o’quv-uslubiy
majmualarni kiritishni tashkillashtirish to’g’risida”gi 526- son buyrug’ining 4-bandi
ijrosi yuzasidan Moodle elektron ta’lim tizimiga o’quv-uslubiy majmualarni
joylashtirish va talim tizimida (jarayonida) foydalanish bo’yicha qaror qabul qilindi.
Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda
o’zaro internet orqali muloqotda bo’ladi, talaba o’zi ustida ko’proq ishlaydi va
Intеrnеtning boshqa tехnologiyalari yordamida o’qituvchi bilan doimiy muloqotda
bo’ladi. Eng muhimi masofaviy ta’lim joyga, vaqtga bog’liq emas, talabalarning
soni cheklanmagan.
Masofaviy o’qitish davomida talaba mustaqil o’quv darsliklarni o’zlashtiradi,
nazorat savollariga javob berib boradi. Ta’limning bu turi sirtqi, maxsus sirtqi,
34
malaka oshirish kurslari hamda oilali, yoshi kattalar va ishlaydigan talabalar uchun
juda qulay ta’lim tizimi hisoblanadi.
Masofaviy o’qitish tizimini ikkiga bo’lish munkin: