• Kamchiliklari
  • Andijon davlat universitetida Masofaviy ta’lim shakli Masofaviy ta’lim
  • Masofaviy ta’lim olishning afzalliklari va kamchiliklari




    Download 3,75 Mb.
    bet2/3
    Sana15.05.2024
    Hajmi3,75 Mb.
    #236280
    1   2   3
    Bog'liq
    Masofaviy ta

    Masofaviy ta’lim olishning afzalliklari va kamchiliklari:
    Siz o‘qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug’ullanishingiz mumkin. Aslida masofaviy o‘qishni tanlagan abiturentlarning asosiy qismi bu o‘z ishidan voz kechishni istamaydigan, ammo bilim olishni xohlaydiganlardir. Onlayn ta’limda siz dam olish kunlarida, ishdan qaytganingizda hatto yarim kechada o‘qishingiz mumkin;
    Mablag‘ingiz tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta’lim darajasi o‘quv markazlaridagi oddiy to‘lovdan ko‘ra ancha arzonroq bo‘lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan maqbul variantlarni qidirayotgan o‘quvchilar uchun onlayn ta’lim eng to‘g’ri yo‘l;
    Vaqtingizni tejang! O‘quv markazlariga borish va qaytish vaqtida transport kutish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn ta’limda siz istagan hududda ma’lumot olasiz;
    Agar talaba o‘zini intiluvchan hisoblasa, masofaviy ta’limning eng katta foydasi shundaki, ayrim darslar guruh bo‘lib o‘tiladi. Guruhda ba’zi o‘quvchilar tezroq, ayrimlari esa sekin tushunadilar. Bu jihatdan masofaviy ta’lim olish usuli samaraliroq;
    Kamchiliklari:
    Chalg‘ish ehtimoli yuqori. Yuzma-yuz muloqot qilish uchun o‘qituvchilar va kutilayotgan topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatuvchi kursdoshlar yo‘q. Agar talaba masofaviy o‘qitish kursini muvaffaqiyatli yakunlamoqchi bo‘lsa, o‘zini g’ayratli va diqqatli qilishi kerak;
    Tarmoqdan ayrilish. Onlayn bilim olishning eng katta dushmani bu internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi. Bu vaziyatda talabaning ta’lim olishga bo‘lgan intilishi so‘nishi yoki asabiylashishiga olib keladi.
    Siz qay bir yo‘sinda ta’lim olishingizdan qatiy nazar, bularning bari siz mukammal bilim olishingingizga ko‘maklashadi.

    MASOFAVIY TA'LIMDAN FOYDALANISH YO'RIQNOMASI
    Andijon davlat universitetida Masofaviy ta’lim shakli 

    Masofaviy ta’lim – axborot texnologiyadan foydalangan holda masofadan turib ta`lim muhiti yordamida o`quv axborotlarini almashinishni ta`minlaydigan va o`quv jarayonini olib borish hamda boshqarish tizimini amalga oshiradigan bilim va ko`nikmalarni egallash jarayoni.
    Universitetda 2022-2023 o'quv yilidan boshlab Axborot texnologiyalari va kompyuter injiniringi fakultetida Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi va Kompyuter injiniringi: AT-servis yo'lnalishlari uchun masofaviy ta'lim shakli bo'yicha 150 nafar kvota bo'yicha talabalar qabul qilinishi belgilangan va hozirda superkontrakt asosida o'qishga qabul qilingan talabalar bilan birgalikda masofaviy ta'lim shakli bo'yicha umumiy kontinget 180 nafardan oshdi.
    Hozirgi vaqtda talabalarning yashash hududlari o‘rganib chiqildi. Mos hududlarda joylashgan oliy ta’lim muassasalari, axborot resurs markazlari va o‘quv markazlariga Andijon davlat universiteti masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarni axborot-kommunikatsiya infrotuzilmasiga biriktirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari fakultetda yaratilgan ATKI adabiyotlar botiga ulandilar va fodalanishmoqdalar.
    “mt.adu.uz” platformasiga o‘quv jarayonlari bo‘yicha o‘quv kontentlari, nazorat savollari banki, mustaqqil ta’lim bo‘yicha mavzular banki joylashtirilgan. Barcha talabalar uchun login va parol shakllantirilib berilgan. Platformada yo‘nalishning o‘quv rejasidan kelib chiqqan holda semestrda o‘tiladigan fanlar bo’yicha kurslar tashkil etilgan. Xususan, Kompyuter injiniringi: AT-servis va Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun 1-kursida jami 9 ta fanlar ya’ni Hisob, Zamonaviy texnik vositalar va ulardan foydalanish, Kompyuterni tashkil etilishi, Dasturlash, Fizika, Falsafa, Xorijiy til, O'zbek(рус) tili, O'zbekistoning eng yangi tarixi fanlar o‘qitilishi belgilangan belgilan.
    Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi yo‘nalishida fanlar

    Kompyuter injiniringi: AT-servis
    On-line o‘quv mashg‘ulotlarini olib borish “Discord” tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Discord platformasida virtual “ADU ATKI AT” serveri tashkil etilgan va uning https://discord.gg/2p6bqYXyzW havolasi orqali ulanish mumkin. Serverda 4 dona ma’ruza, 4 dona amaliy va 4 dona tajriba zallari shakllantirilgan. Zallarda dars jadvali, fanlar bo‘yicha topshiriqlar va savol-javob kanallari faoliyat yuritib kelmoqda. Bundan tashqari darslar “ZOOM” va Google Meet platformasidan ham foydalanib darslar o‘tilmoqda.

    Talabalar bilan o‘zaro muloqatda bo‘lish, savollarga javob berish bo‘yicha telegram guruh tashkil etilgan bo‘lib, to‘g‘ri va teskari aloqa o‘rnatish, jumladan, habarlarni yuborish va qabul qilishga mo‘ljallangan.
    “Hemis” platformasiga talabalar bazasi shakllantirilib, dars jadvali asosida dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
    Bir oy mobaynida yaqin hududlarda yashovchi, off-line darslarda qatnashish istagini bildirgan talabalar uchun yo‘nalishlar bo‘yicha ochiq mashg‘ulotlar o‘tkazib berildi.
    ADU ATKI AT serveri - https://discord.gg/2p6bqYXyzW
    Play market - https://play.google.com/store/apps/details?id=com.discord
    App Store - https://apps.apple.com/us/app/discord-chat-talk-hangout/id985746746
    Discord - https://discord.com 
    MASOFAVIY TA’LIMNING AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI
    10.03.2023 4243
    Ko‘pchilik internetdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, axborot qidirish, elektron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi hech birimizga sir emas. Internetning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Bunga misol qilib: masofadan o‘qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va masofaviy ta’lim usullarini sohalarni aytishimiz mumkin.
    Masofaviy ta’lim uslubi o‘qitishning yangicha zamonaviy shakli bo‘lib, u tinglovchi (o‘quvchi)ning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mustaqil bilim olishga, izlanishga, fikrlashga o‘rgatadi.
    Masofaviy ta’limning afzalligi shundaki, unda har kim o‘ziga qulay vaqtda, qulay joyda, qulay muhitda bilim olishi mumkin. Shu tufayli ushbu tizim bugungi kunda dunyoda keng ommalashmoqda.
    Masofaviy ta’lim – o‘quv jarayonining maqsadi, mazmuni, uslublari, o‘qitish vositalari va internet texnologiyalari yordamida tinglovchi hamda o‘qituvchilarning masofadan turib, interfaol muloqot qilish jarayoni hisoblanadi.
    Bugungi kunda dunyoda ko‘pgina OTMlar, yirik korxonalar mutaxassislar malakasini oshirishda ushbu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab pul mablag‘larini tejamoqda.
    Shuningdek, masofaviy ta’limning tashkiliy-iqtisodiy afzalliklari ham mavjud bo‘lib, masalan, o‘qitish uchun sinflar, doskalar, stollar va boshqa o‘quv qurollari zarur emas. Moliyaviy xarajatlar asosan o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlash hamda internet trafik uchun sarflanadi. Tabiiyki bu tizim samarasida xarajatlar kamayadi. O‘quv-uslubiy materiallar qanchalik tushunarli va batafsil bo‘lsa, shunchalik o‘quvchiga foydali bo‘ladi.
    Bu o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi onlayn dars jarayonidir. Bunday darslar uchun avvalo kommunikatsiya, masofaviy ta’lim uslubiy materiallari, elektron va odatdagi darsliklar, audio va video darsliklar, onlayn darslar (internet sahifa) elektron kutubxonalar, testlar, multimedia elektron darsliklar va, albatta, internetga ulangan kompyuter kerak bo‘ladi.
    Bunday ta’limda o‘quvchi har kuni ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Shu bilan birga bu tizim vositasida salomatligi cheklanganlar, uzoq hududlarda yashovchi bolalar, hatto mahkumlar bilan birga bo‘lib turgan bolalar ham ta’lim olishi mumkin.
    Kattalarga esa masofaviy ta’limda o‘z mehnat faoliyatidan ajralmagan holda ta’lim olish va malaka oshirishlariga imkoniyat yaratiladi.
    Bundan tashqari, masofadan turib o‘qiganda bir necha kurslarda bir vaqtning o‘zida ta’lim olish imkoniyati mavjud.
    Tadqiqotlarda aniqlanishicha masofaviy ta’lim an’anaviy ta’limdan aslo qolishmaydi. Balki samarasiga ko‘ra ustunlik jihatlari ham bor. Negaki, o‘quv materialining asosiy qismini o‘quvchi o‘zi mustaqil o‘qib-o‘rganadi. Bu o‘tilgan mavzularni puxta o‘zlashtirish va eslab qolishga yordam beradi. Buning ustiga darslarni yangi texnologiyalar vositasida o‘qish tinglovchii uchun qiziqarli va mazmunli bo‘ladi.
    Bunday ta’lim tizimida darsliklar, qo‘llanmalar yetishmasligi kabi muammolar bo‘lmaydi. O‘quvchi o‘quv materialini elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoq orqali qabul qilib oladi. Shu bilan birga ma’lum saytlarga obuna bo‘lishi, ma’lumotlar bazasiga kirib, o‘ziga kerakli axborotlarni olishi mumkin.
    Masofaviy ta’limning yana bir afzalligi uning arzonligidir. Jumladan o‘qishga borish-kelishga, tarnsportga pul sarflanmaydi. Chet elda o‘qish uchun esa viza va xorijiy pasport ham talab qilinmaydi.
    Masofadan o‘qitishda o‘quvchilarni baholash onlayn-testlar yordamida amalga oshiriladi. Shu sababli o‘quvchilarda imtihon paytidagi havotir va hayajon kuzatilmaydi.
    Bunday o‘qitish jarayonining o‘qituvchi uchun foydali jihati shuki, masofadan turib pedagogik faoliyat olib borish vositasida nisbatan ko‘p o‘quvchilarga e’tibor qaratishi mumkin. O‘qituvchi dam olish yoki dekret ta’tilida bo‘lganida ham bemalol faoliyatini davom ettira oladi.
    Zamonaviy axborot texnologiyalarini
    joriy etish va masofadan o‘qitishni tashkil
    etish bo‘limi boshlig‘i,
    adliya a’lochisi O‘.Jalolov



    Download 3,75 Mb.
    1   2   3




    Download 3,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Masofaviy ta’lim olishning afzalliklari va kamchiliklari

    Download 3,75 Mb.