Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/219
Sana19.01.2024
Hajmi3,62 Mb.
#140785
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   219
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
164 
“Kecha va kunduz” asari bilan tanish kitobxonga yaxshi ayonki, adib Zebi 
obrazini samimiy va katta muhabbat bilan yaratgan. Bu qiz ishtirokidagi har bir 
parcha, har bir voqea o‘quvchini qahramon ichki dunyosi tomon yetaklaydi. 
Ma’lumki, asar avvalidan Zebini o‘quvchiga tanishtirish uning xonadoniga dugonasi 
Saltining kelish voqeasi bilan boshlanadi. Mana bu tasvirlar ikki dugona o‘rtasidagi 
munosabatni yaqqol ko‘rsatib beradi: Ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch… bular hammasi 
Saltiga tomon uchadi, unga tomon otiladi, uni o‘rab, uni aylantirib, uni 
quchadi.(Ch.) 
Bu gap orqali Zebining dugonasining kirib kelish paytidagi holati ifodalangan. 
Uyushiq bo‘laklarning ishlatilish zarurati tahlil qilinsa, Zebining ayni damdagi ruhiy 
vaziyati anglashiladi. Egalarning uyushib kelishi (ko‘ngil, orzu, sevgi, sevinch) 
vaziyat taqozosi. Negaki asar avvalidan bahor tasviri, uning qish bilan qiyoslanishi 
sabablari ayni holatda yuzaga chiqadi. O‘quvchi voqealar zanjiridan “Zebining qish 
ichi zanglab chiqqan ko‘ngli” haqidagi ma’lumotga ega edi. Bu zanglashning 
sababini ochish jarayonida ikki dugonaning ko‘rishish sahnasi alohida ahamyatga 
ega. Saltini ko‘rishi bilan unga tomon peshvoz chiqishi yuqoridagi uyushiq bo‘lakli 
gap shaklida ifodalangan. Bu gapning mazmuni Zebi dugonasi tomon otildi tarzida 
ham ifodalanishi mumkin edi. Biroq Zebining ayni vaziyatdagi holatini ifodalash 
uchun yozuvchi uyushiq bo‘laklardan mohirona foydalandi. Bu sodda gap ostidagi 
murakkab mazmunni zukko kitobxon darrov anglaydi. Gapda uyushgan bo‘laklar 
kongil, orzu, sevgi, sevinch-mavhum otlar sanalib, qahramon his-tuyg‘ularini 
anglatishga xizmat qilgan. Bu his-tuyg‘ular salmog‘i uyushiq bo‘laklar vositasida 
yanada tosh bosgan. Ayni vaziyatdan qizning ruhiy holatini o‘quvchi yaqqol 
anglaydi va unga hamdardlik tuyadi. Binobarin, Zebining ruhiy holatini tahlil qilsak, 
shunday xulosaga kelishimiz tabiiy: qiz qish ichi uyda zerikkan; uning ko‘ngli 
yangilanish istaydi; uning pokiza orzulari bisyor, biroq yashirin; qiz o‘zi kabi yosh 
dildoshga muhtoj; yosh qiz ruhiy horg‘inlikda; o‘zining holatini o‘zgartirishga katta 
ehtiyoji bor-bularning barchasi Zebining botinida yashiringan yoshlik tuyg‘ulari. 
Ularni yozuvchi uyushiq bo‘laklar vositasida yuzaga chiqargan. Shu barobarida 
o‘quvchi ikki dugonaning o‘zaro yaqinligini his qiladi. 
Qahramon ruhiyatidagi salbiy holatlarni ko‘rsatishda ham uyushiq 
bo‘laklardan keng foydalanilgan: U shu topda o‘zining yaqin kelajakdagi qora 
kunlarini, qay rangda ko‘rinishi ma’lum bo‘lmagan baxti, toleini o‘ylardi. 
(Ch.) 
Berilgan gapda Zebining ruhiyatidagi salbiy holatlar uyushiq b o‘laklar 
yordamida ko‘rsatilgan. To‘lduruvchilarni uyushtirish orqali (qora kunlarini, 
baxti, toleini) qahramon ruhiy olamidagi tushkunlik, umidsizlik, bezovtalik, 
norozilik, o‘z-o‘ziga achinish kabi hislarni yuzaga chiqarib bergan.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
165 
Ko‘rinadiki, badiiy nutq tilning, til birliklarining barcha imkoniyatlari 
namoyon bo‘ladigan maydondir. Sintaktik birliklar ham badiiy nutq jozibasini 
oshiruvchi vositalar sifatida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Xususan, uyushiq 
bo‘laklarning ruhiy holatni ochib berishdagi o‘rni beqiyosdir. 

Download 3,62 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   219




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish