Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
160
Oʻzbekistonda fan sifatida sotsiolingvistika va sotsiolingvistik tadqiqotlar
endigina rivojlanib kelmoqda. Ma’lumki, sotsiolingvistika sohasi tilshunoslikni
ommaga tatbiq etib, til jamiyat kishilari uchun xizmat qilishiga hamda til va jamiyat
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lishiga asoslanadi.
Sotsiolingvistika - ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi
hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab
muammolar
majmuyini oʻrganuvchi ilmiy nazariy soha bo‘lib, uning eng muhim
tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasidir. U muayyan etnik birliklar yoki
maʼmuriy-hududiy birlashmalarda muomala va aloqa izchilligini taʼminlaydigan
tilning yashash shakllari majmui sifatida taʼriflanadi. Oʻtgan asrning 70-80-
yillaridagi ayrim sotsiolingvistik izlanishlar bir tomonlama, ya’ni oʻsha vaqtdagi til
siyosati nuqtayi nazari va talablari asosida olib borilgan.
Sotsiolingvistikani o‘rganish mobaynida bevosita sotsiolekt terminiga duch
kelamiz. Bu termin lingvistikada XX asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan. U
sotsio - jamiyat va unga bo‘lgan munosabat hamda dialekt so‘zlaridan tashkil topgan.
Sotsiolektlar asosini milliy tildan deyarli farq qilmaydigan lug‘at va grammatika
tashkil qiladi. Masalan, jinoyatchilar argosida o‘ziga xos ma’no, xususan, metaforik
ma’no kasb etgan so‘zlar mavjud: merit - militsioner, etap qilish - qamoqqa jo‘natish
va h.k.
Sotsiolingvistika tilning ma’lum hudud bilan bog‘liqligini ifoda etadi.
Hududiylik millat, elatga xos urf-odat, an’analar, tarixiy-etnik
birlik va yagona
davlat tizimining shakllanganligi bilan bog‘liq. Millatning, hududning, tarixiy-etnik
asos va taraqqiyotning boshqa-boshqaligi tillar o‘rtasidagi farqlar uchun asos
bo‘ladi. Millat va etnik asosning bir xil bo‘lishi hududning farq qilishidan qat’i
nazar, aloqa-munosabat vositasining bir xil bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, o‘zbek
va tojik tillarida har bir tilning o‘ziga xosligi ko‘zga tashlanadi. Bir xil etnik asosga
ega bo‘lgan o‘zbek va qirg‘iz tillari o‘rtasida fonetik, leksik, grammatik farqlar bor.
Adabiy til va shevalar o‘rtasida ham tilning ichki tuzilishi bilan bog‘liq farqlar
kuzatiladi.
Tabiat va jamiyatda hamma narsa bir-biri bilan uzviy bog‘langan, biri
ikkinchisini taqozo etadi. Tabiatdagi biror o‘zgarish, albatta, jamiyatga o‘z ta’sirini
o‘tkazadi. Jamiyatdagi har bir o‘zgarish esa tilda o‘z aksini topadi. Shu sababli ham
til doimo rivojlanib, takomillashib boradi.
Tilimizda fatik kommunikatsiya termini ilk bor ingliz etnologi B.Malinovskiy
tomonidan qo‘llanilgan bo‘lib, mulozamat ko‘rsatish funksiyasini ifodalaydi. Bu
atama lotincha “gapirish” ma’nosini bildiradi, ba’zan uning o‘rnida “sotsiativ” so‘zi
ham ishlatiladi.O‘zbekning kundalik hayotini mulozamat-manzirat shakllarisiz
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
161
tasavvur qilish qiyin, chunki o‘zbekning nutqi bunday so‘zlarsiz oddiy, rasmiy,
hatto, qo‘pol bolib qoladi.
Zamoniy sotsiolingvistikada koyne atamasi aholi turli guruhlarining ijtimoiy
va lisoniy aloqalari jarayonida shakllangan dialektlararo og‘zaki muloqot vositasi
hisoblanadi. Turli hududiy dialektlarning xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan
qurama dialektlar yoki ushbu mintaqada mavjud bo‘lgan tillardan biri koyne rolini
bajarishi mumkin. Koynelar oldi-sotdi, harbiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar
maqsadida qo‘llaniladigan, muayyan dialektlar yoki
tillar asosida shakllangan
dialektlararo yoki millatlararo muloqot tili sifatida namoyon bo‘ladi.Til jamiyat
taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi.
Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu
narsa ma’lumki, avval urug‘dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili
shakllangan.Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi
uchun harakat
qiladi. Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy
tilga yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan
izohlash mumkin. Til taraqqiyotidagi bu jarayon integratsiya deb yuritiladi.
Integratsiya bir tilga mansub shevalarning adabiy til me’yorlariga yaqinlashuvidir.
Bunday jarayonlar tasodifan yuz bermaydi,
balki jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy
hayotning taraqqiyot jarayonlariga bog‘liq tarzda sodir bo‘ladi. Sotsiolingvistika
yangi davrga yuz tutmoqda. Kelajakda biz tilshunoslar, jamiyatshunoslar va til
tarixchilarining hamkorlikda sotsiolingvistika sohasidagi
tadqiqot natijalarini,
yutuqlarini ko‘rishga umid qilamiz.