Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
155
nutqning sotsiolingvistik jihatlari ochib berilgan bir qator tadqiqotlar sifatida esa Sh.
Iskandarova, S. Mo‘minov, M.
Sulaymonov, Q. Rasulov, M. Qurbonova, L.
Raupova, X. Yo‘ldashevalarning qimmatli tadqiqotlarini aytishimiz mumkin.
O‘zbek tilshunosligida, – deydi, Nizomiddin Mahmudov, – sotsiolingvistik
tadqiqotlar bo‘yicha hali yetarli ishlar amalga oshirilgan emas.
Olib borilgan
sotsiolingvistik tadqiqotlarda badiiy matn asosiy manbaa bo‘lib xizmat qilgan.
Sotsiolingvistlar oldida jonli so‘zlashuv nutqini olib borish muammosi turganini
alohida ta’kidlash zarurdir
1
. O‘zbek sotsiolingvistika muammolari, xususan, tarixiy
romanlarining sotsiolingvistik tadqiqi masalalari tilshunosligimizdagi endi bo‘y
ko‘rsatib kelayotgan yo‘nalish sanaladi. Mazkur loyiha bo‘yicha bir qancha ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda. Sotsiolingvistikaning o‘rganish obyekti muloqot va
uning uzvlari ekan, biz buni yorqinroq tushunish uchun Abdulla Qodiriyning
“O‘tkan kunlar” romaniga, ya’ni muloqotning yozma nutqdagi ko‘rinishiga murojaat
qilamiz. O‘zbek tarixiy romanchiligining asoschisi Abdulla Qodiriy haqida so‘z
ketganda, avvalo, uning betakror va mashhur romani sanalgan “O‘tkan kunlar”
romaniga to‘xtalamiz, albatta. Oʻtkan kunlar – oʻzbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy
qalamiga mansub oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman. 1922-
yilda parchalari
bosilib, 1926 -yil boshlarida nashrdan chiqqan «O‘tkan kunlar» romani yaqin
o‘tmishning eng og‘ir, yeng qora kunlari bo‘lgan «Хon zamonlariga» bag‘ishlangan
edi. «O‘tkan kunlar» ham mazmun, ham shakl, ham uslub jihatidan butun O‘rta
Osiyo хalqlari adabiyotida tom ma’noda novator bo‘lib, katta ijtimoiy qiziqish
tug‘dirdi. Roman XIX asr voqealarini o‘z ichiga qamrab olgan.
Abdulla Qodiriy
romanning so‘zboshisida ta’kidlaganidek “…Yozmoqqa niyatlanganim yangi
zamon romanchiligi bilan tanishish yo‘lida kichkina bir tajriba, yana to‘g‘risi bir
havasdir” deb bejizga aytilmagan. Shu fikrning o‘zidanoq biz adibni ushbu hayrli
ishni boshlashda o‘z oldiga ezgu niyatlarni maqsad qilib qo‘yganini bilishimiz
mumkin. Yozuvchi mehnatining samarasi o‘laroq, romanni o‘zbek o‘quvchisi, butun
turkiy tilda so‘zlashuvchi xalqlarning zukko kishilari katta bayramdek kutib oldi. Ilk
bor huddi shu roman orqali o‘zbek xalqi o‘z bisotini,
asl qiyofasini, ichki
dunyosining kuchli va ojiz tomonlarini bor bo‘yicha, go‘yo aniq ko‘zgudagidek aniq
ko‘rdi. Asar haqida so‘z yuritar ekanmiz, “O‘tkan kunlar” romanidagi dialoglarning
leksikasini ijtimoiy-lisoniy jihatdan tavsiflash jarayonida o‘sha davr jamiyatiga xos
bo‘lgan so‘zlarga e’tibor qaratishni lozim deb deb topdik. “O‘tkan kunlar” davri
jamiyatida insonlar ma’lum bir tabaqaga ajralganligini hamda bu tabaqalar
o‘rtasidagi muloqot shakllarida bir qator nutqiy tafovutni ko‘rish mumkin. Nutq
birliklarini toifaviy jihatdan tahlil qilganda
bir-biriga teng darajadagi
1
Қаранг. Исмоилов Х. P.Суд лингвистикасининг сотсиолингвистик ва психолингвистик аспектлари (Жиноят
ишлари бўйича суд мажлиси мисолида)Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс.-Андижон-
2020.-98б.