Matbaa texnologiyalari




Download 250,41 Kb.
bet22/26
Sana07.06.2024
Hajmi250,41 Kb.
#261142
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Xolmuminov BMI

XULOSALAR
Toʻqimachilik korxonalari marketing faoliyatini takomillashtirish yo`llarini oʻrganish, hamda tayyor to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni marketing tamoyillari asosida amalga oshirilgan bitiruv malakaviy ish natijasi quyidagi xulosalarga kelish imkoniyatini berdi:
1. Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish sharoitda bozor faoliyati toʻgʻrisidagi bilimlar zamonaviy marketingning muhim qoidalariga asoslanishi lozim. Marketingning zamonaviy konsepsiyalariga moslashuvchan tadqiqot oʻtkazish usul va uslubiyatlaridan samarali foydalanish asosida korxonalar bozorda doimiy faoliyat yuritishi va samaraga erishish imkoniyati kengayib boradi.
2. Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketingni tashkil etishning tashkiliy mexanizmi korxonalar marketing faoliyatini boshqarish jarayonlaridagi analitik (tahlil) vazifalarni samarali bajarilishini ta'minlashga yo`naltirilgan holda tashkil etilishi lozim.
3. Oʻzbekistonda keng iste'mol tovarlari bozori mahalliy toʻqimachilik mahsulotlar bilan emas, balki xorijiy brendlar ulushi yuqoriligicha qolgan. Bunday holat narxlarning oʻsishiga va aholi real daromadlarining pasayishiga ta'siri mavjud. Kiqim kechak bozorini faollashtirish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan toʻldirishda korxonalar iste'molchilarni shaxsiylashtirishga qaratilgan marketing strategiyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Shaxsiylashtirilgan marketing har bir iste'molchi segmenti uchun vertual kommunikasiya vositalari asosida shaxsiy identifikasiyalovchi marketing tadqiqot usullarini ishlab chiqishni talab qiladi.
5. Iste'molchilar bo`yicha segment strategiyalarini ishlab chiqish toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlari sotiluvchi chakana savdo shaxobchalarida marketingdan samarali foydalanish ustuvor vazifa sifatida qaralishi lozim.
6. Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketingni tashkil etishda soddalashtirilgan eksperiment usullaridan foydalanish, tadqiqot oʻtkazuvchi sub'ektlarning vaqt va iqtisodiy resurslarini tejash imkoniyatini berib, iste'molchilar segment xususiyatlari bo`yicha qaror qabul qilishdagi risk darajasini pasaytirish imkonini beradi.
7. Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar raqobatbardoshligiga ta'sir etuvchi asosiy tashqi omil sifatida chakana savdo shaxobchalarida iste'molchilar uchun koʻrsatilayotgan xizmatlarga e'tibor qaratish talab etiladi.


Download 250,41 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 250,41 Kb.