|
Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida prognozlash usullarini takomillashtirish
|
bet | 19/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMI2.3. Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida prognozlash usullarini takomillashtirish
Toʻqimachilik sanoati korxonalarining muvaffaqiyati garovi sifatida xar tomonlama bomqaruv jarayonini toʻgʻri ishlab chiqish va mahsulotni bozorga chiqarish tavsiflanadi. Bozorning yangi segmentlari tez sur'atlarda tovarlar bilan toʻlib bormoqda. Tez oʻsadigan takliflar soni va sekin usayotgan talablar soni bozorning boʻlinishiga, marketing kuchlarining aniq hududlarda jamlanishi va iste'molchilarni segmentlash, tovarlarni narx darajalari bo`yicha boʻlishga olib keladi. Bu sezilarli ravishda iste'mol bozorini shakllantirish jarayonini yengillashtiradi.
2022 yil yakunlariga koʻra, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kituvchi korxonlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar soni 401 ming kishini tashkil etmoqda. 2023 yilning birinchi yanvar xolatiga Oʻzbekistonda toʻqimachilik maxsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni 5852 tani tashkil etdi. ( 2.5-jadval).
2.5-jadval
Oʻzbekistonda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalar soni toʻgʻrisda ma'lumot.
Mahsulot ishlab chiqarish turlari boʻyicha:
|
2018 y.
|
2020 y
|
2021 y
|
2022y
|
Kalava ip (ming tonna)
|
125
|
145
|
160
|
177
|
Gazlama mato
|
100
|
125
|
155
|
175
|
Trikotaj mato
|
150
|
200
|
250
|
270
|
Paypoq mahsulotlari
|
90
|
105
|
110
|
115
|
Tikuv – trikotaj mahsulotlari
|
4500
|
4900
|
5000
|
5115
|
Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatida mustaqillikdan keyingi yillarda ijodiy siljishlar sodir boʻlgan. Ishlab chiqarish hajmining ortishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot assortimentini koʻpayishi va sifati yaxshilanishi hisobiga tayyor mahsulotlarni eksporti yil sayin oʻsib bormoqda. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi korxonlari eksporti tahlili shuni koʻrsatadiki, agar 2018 yili toʻqimachilik mahsulotlari eksporti tarkibida ip kalava umumiy eksoprt hajmining 76 % tashkil etgan boʻlsa, 2022 yilga kelib bu koʻrsatkich 48 % tashkil etdi. Shu vaqt oraligʻida ip gazlama hajmi 7,0% dan 18% ga, tikuvchilik - trikotaj mahsulotlari 7,8 % dan 27,7_% ga oʻsgan.
|
| |