|
- jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2021 – 2026 yillar oraligʻidagi eksport nomenklaturasi, (mln.doll.)
|
bet | 16/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMI2.3- jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2021 – 2026 yillar oraligʻidagi eksport nomenklaturasi, (mln.doll.)
Koʻrsatkichlar
|
2021 y.
|
2022 y
|
2024 y
(prognoz)
|
2026y
(prognoz)
|
Ip – kalava
|
562
|
432
|
193
|
114
|
Gazlama mato
|
319
|
508
|
879
|
1076
|
Trikotaj mato
|
46
|
50
|
187
|
294
|
Tikuv - trikotaj mahsulotlari
|
882
|
1634
|
3118
|
5037
|
Paypoq mahsulotlari
|
167
|
203
|
241
|
306
|
Agar jahon miqyosida toʻqimachilik mahsulotlari bozorini tahlil etadigan boʻlsak, AQShning toʻqimachilik sanoati bozorining holati Yevropa mamlakatlarining koʻpgina bozorlari holatiga oʻxshash ekanligi kuzatiladi. AQSh toʻqimachilik sanoati eng zamonaviy va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan uskunalarga ega boʻlishiga qaramay, tarmoq uzoq davom etayotgan inkiroz holatida boʻlib, bunga asosiy sabab qilib, Osiyodagi toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chikaruvchilari tomonidan koʻrsatilayotgan kuchli raqobat va ulardagi kam harajat, kam ish haqini koʻrsatish mumkin. Shu oʻrinda, Xioy, Turkiya,Tayvan, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston va Indoneziya, Shimoliy Amerika, Farbiy Yevropa va Yaponiyaning an'anaviy toʻqimachilik mahsulotlari bozorlariga kirib borish uchun yanada faol harakat qilayotganliklarini ta'kidlab oʻtish joiz.
Rivojlangan mamlakatlarda harajatlar koʻpligi sababli toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqartirib, brend orqali ishlab chiqarishni rivojlantirayotgan bir sharoitda, rivojlanayotgan mamlakatlar toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yuqori sur'atlar bilan jadallashtirayotgani kuzatiladi. Masalan, Vetnamning jaxon eksportidagi ulushi 2015-yilda 9,34 foizdan 2021 yilda 12,8 foizga oshgan boʻlsa, Xitoy oʻzining eksportdagi ulushi tahlil yillarida 7,8 foizga pasaygan. .
Xitoy toʻqimachilik sanoati yangi sotish bozorlarini izlab, rivojlanayotgan mamlakatlarga e'tiborini qaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari uchun xavf tugʻdiradi, ya'ni ular Xitoydan kelayotgan arzon mahsulot oqimi bilan raqobatga bardosh bera olishga qodir emaslar. Hozirda Xitoy va Turkiya - toʻqimachilik bozorining asosiy faol hududi hisoblanadi, bunda uni investisiyalashidan tushgan daromad ma'lum darajada davlatga moliyaviy muvozanatni kafolatlaydi. Xitoy eng yirik toʻqimachilik sohasida yetakchi mamlakatga aylanib boryapti va savdo qilish bo`yicha oʻzining ulushini 2019-yilda 32 % ga yetkazgan. Ana shu muddat ichida Xitoy, Meksika, Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqining to`qimachilik mahsulotlarini muhim an'anaviy yetkazib beruvchilari boʻlgan Meksika va Turkiyani siqib chiqargan20.
Oʻzbekistonda toʻqimachilik sanoati rivojlanishining muammolari va yutuqlari xaqidagi iqtisodiy tadqiqotlar markazi tomonidan 2016-yilda olib borilgan tadqiqot ishlari shuni koʻrsatdiki, yaqin 5-10 yilda toʻqimachilik tarmogʻi iqtisodiyotning tezlik bilan oʻsuvchi nuqtalaridan (oʻsish nuqtasi) biri, mamlakat sanoat siyosatini muhim omili va "Oʻzbekiston aholisi farovonligini oshirish strategiyasi"ning asosiy komponentlaridan boʻlishi mumkin.
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yuzasidan tayyorlangan loyiha strategiyasi bo`yicha Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadida eksportga yo`naltirilgan tovar mahsulotlari ishlab chiqarishni amalga oshirish, mahalliy aholini paxta tolasidan tayyorlangan tayyor kiyimlarga boʻlgan ehtiyojini qondirish bilan birga erkin aylanadigan valyuta tushumini ta'minlashi lozim boʻladi.
|
| |