|
-jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2022-yildagi eksport geografiyasi
|
bet | 15/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMI2.2-jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining 2022-yildagi eksport geografiyasi
Davlatlar
|
ulushi,%
|
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi
|
51
|
Evrapa ittifoqi va Turkiya
|
22
|
Sharqiy Osiyo mamlakatlari
|
21
|
Janubiy Osiyo mamlkatlari
|
3
|
Gʻarbiy Osiyo mamlakatlari
|
1
|
Yaqin sharq mamlakatlari
|
1
|
Boshshqa lavlatlari
|
1
|
Jami:
|
100
|
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Oʻzbekiston uchun sifatli toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo`lga qoʻyishda yuqorida qayd qilingan mamlakatlar tajribasidan foydalanish gʻoyat dolzarb boʻlgan masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun xam tarmoqda Germaniya, Italiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Bangladesh kabi mamlakatlar investorlari ishtirokida yaratilgan va yaratiladigan korxonalar faoliyatiga katta e'tibor bilan qaralmoqda.
Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish yo`li bilan aholi bandligini oshirish nafaqat davlat byudjetiga tushumlarni sezilarli darajada koʻpaytiradi, balki ijtimoiy muvozanatni ta'minlashning muhim omili ham sanaladi va bu sohaning rivojlanishi mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi jihatlari bilan hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Birinchidan, toʻqimachilik sanoati mehnat bilan band qilish bo`yicha serunum tarmoq hisoblanib, masalan, bu sohaga jalb qilingan 1 mln. dollar miqdoridagi investisiyalar qoʻshimcha ravishda 450 dan 500 gacha yangi ish oʻrinlarini yaratish imkonini beradi.
Ikkinchidan, toʻqimachilik sanoati rivojini tezlatishga moʻljallangan sanoat siyosatining yuqori samara berishi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning ijobiy tajribasi bilan tasdiqlanadi. Masalan, Xitoy, Turkiya, Tayvan, Gonkong va boshqa Janubiy - Sharqiy Osiyo mamlakatlari shular jumlasidandir.
Uchinchidan, jahon tan olgan ilgʻor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar savdo belgisidan foydalana olish, buning uchun marketing va marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish lozim boʻladi. Toʻqimachilik sanoati sohasidagi oʻzgarishlar asosan mahsulot turlarini koʻpaytirish, egiluvchan, davr talabiga moslashuvchan tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish evaziga amalga oshayotganidan darak beradi.
Ma'lumki, mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab hukumatimiz tomonidan toʻqimachilik sanoatida chuqur tarkibiy oʻzgarishlar qilish – ya'ni raqobatbardosh, jahon bozori talablariga javob beradigan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasi belgilab berilgan va bu vazifaga hozirgi kunda ham alohida e'tibor qaratilmoqda. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi eksport nomenklaturasi tahlili shuni koʻrsatadiki, keyingi yillarda toʻqimachilik sanoatining asosiy xom ashyosi hisblanadigan ip – klava eksporti hajmi keskin kamayib borish tendenyasi kuzatilomoqda. Agar 2021-yili uyushma tomonidan 562 mln.dollarlik ip – kalava eksport qilingan boʻlsa, bu koʻrsatkich 2022-yili 432 mln.dollarni, 2024-yili esa 193 mln.dollarni tashkil etadi, yoki 2024-yilga borib ip – kalava eksporti 2021-yilga nisbatan 291 foizga kamayadi. Shu vaqtning oraligʻida tayyor mahsulot hisoblanadigan tikuv - trikotaj mahsulotlari eksporti 883 mln.dollardan 3118 mln. dollarga, 2026 -yilga borib esa bu koʻrsatkich 5037 mln.dollarga yoki 584 foizga oshadi.(2.3-jadval)
|
| |