2.1-jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2017 - 2026 yillarda toʻqimachilik mahsulotlari eksporti
|
2017
|
2022 y
|
2026y
(pronoz)
|
Mahsulot eksport qilinayotgan davlatlar soni
|
49
|
78
|
92
|
Eksport miqdari, (mln.dollar)
|
880,9
|
3500,0
|
7600,0
|
Tayyor mahsulotlar ulushi , (%)
|
40
|
52
|
80
|
AQSh ning yengil sanoati bozorining holati Yevropa mamlakatlarining koʻpgina bozorlari holatiga oʻxshash ekanligi kuzatiladi. AQSh toʻqimachilik sanoati eng zamonaviy va yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan uskunalarga ega boʻlishiga qaramay, tarmoq uzoq davom etayotgan inqiroz holatida boʻlib, bunga asosiy sabab qilib, Osiyodagi to`qimachilik mahsulotlari ishlab chikaruvchilari tomonidan koʻrsatilayotgan kuchli raqobat va ulardagi kam harajat, kam ish haqini koʻrsatish mumkin. Shu oʻrinda, Tayvan, Janubiy Koreya, Hindiston, Pokiston va Indoneziya, Shimoliy Amerika, Farbiy Yevropa va Yaponiyaning an'anaviy toʻqimachilik sanoati mahsulotlai bozorlariga kirib borish uchun yanada faol harakat qilayotganliklarini ta'kidlab oʻtish joiz.
Oʻsib borayotgan inqiroz Yevropa mamlakatlari uchun oʻzlarining bozorlari himoyasini va joydagi ishlab chiqaruvchilarning himoya qilishda proteksionizm siyosatini olib borishni taqozo etadi. Rivojlangan mamlakatlarda harajatlar koʻpligi sababli toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarishni qisqartirib, brend orqali ishlab chiqarishni rivojlantirayotgan bir sharoitda, rivojlanayotgan mamlakatlar to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yuqori sur'atlar bilan jadallashtirayotgani kuzatildi. Masalan, Tayvan yiliga 13%ga, Koreya 7,4%ga oshirgan18.
Jahonda tabiiy va kimyo iplarining qoʻllanilishi yuz yil ichida oʻzgarib borib, ular orasidagi foiz nisbatan oʻzgarib borayotganini kuzatish quvonarli holatdir. Kimyoviy charmlar assortimentini rivojlanish tomon oʻzgarayotganini tasdiqlamoqda, XXI asr oʻrtalariga kelib, birinchi navbatda sintetik charmlarning bozordagi ulushi 53%dan ancha yuqori boʻlishi bashorat qilinmoqda (kimyo ipi - 38, charm ipi - 33%). Osiyo mamlakatlari oʻz faoliyatlarini aynan toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va eksport qilishga yunaltirganliklarini kuzatish mumkin: bunda ular uskunalarning nisbatan arzonligi, texnologiyani esa juda oddiy va qoʻshimcha malakani talab etmasligidan foydalanishadi.
Shuni ta'kidlash joizki, Pokistonda va koʻpgina boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda hokimiyat u yoki bu usul bilan toʻqimachilik sanoatini koʻproq eksportga moʻljallashni ragʻbatlantiradi va shu bilan birga ichki bozorini muhofaza qiladi. Masalan, davlat Xitoyning toʻqimachilik korxonalari modernizasiyasida qatnashadi. Bundan asosiy maqsad, mahsulot sifatini yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirishdan iborat, bu oʻz navbatida Xitoy toʻqimachilik mahsulotlarining tashqi bozorga harakatini yengillashtirishni ta'minlashi kerak.
Xitoy toʻqimachilik sanoati yangi sotish bozorlarini izlab, rivojlanayotgan mamlakatlarga e'tiborini qaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqaruvchilari uchun xavf tugʻdiradi, ya'ni ular Xitoydan kelayotgan arzon mahsulot oqimi bilan raqobatga bardosh bera olishga qodir emaslar. Hozirda Xitoy va Turkiya – toʻqimachilik bozorining asosiy faol hududi xisoblanadi, bunda uni investisiyalashidan tushgan daromad ma'lum darajada davlatga moliyaviy muvozanatni kafolatlaydi.
Xitoy eng yirik toʻqimachilik sohasida yetakchi mamlakatga aylanib boryapti va savdo qilish bo`yicha oʻzining ulushini 20 % ga etkazmoqda. Ana shu muddat ichida Xitoy, Meksika, Turkiya, AQSh va Yevropa Itgifoqining toʻqimachilik mahsulotlarini muhim an'anaviy yetkazib beruvchilari boʻlgan Meksika va Turkiyani siqib chiqardi19.
Xitoyda ishlab chiqaruvchilar davlat tomonidan nihoyatda qoʻllab-quvvatlanadilar. Masalan:
toʻgʻridan-toʻgʻri moliyaviy yordam, shuningdek imtiyozli kreditlar, ssudalar, maqsadli grantlarni olish;
tadbirkorlarning tekin qayta malaka oshirishlarini bepul tashkil;
ishlab chiqaruvchilarga yordam tariqasida maxsus davlat – konsalting texnik markazlari bilan ta'minlash;
imtiyozli ravishda soliqqa tortish (birinchi yil - soliqqa tortilmaydi, ikkinchi va uchinchi yillar - tadbirkorlik faoliyatidan soliq olinmaydi, imtiyozlar va preferensiyalar 5 yilgacha choʻzilishi mumkin);
korxonada yangi texnika va innovasiyani joriy etishda qoʻshimcha soliqlarni bekor qilish;
korxonani moslashtirish va kooperasiyalashni chuqurlashtirishda mahsulot raqobobatbardoshligi darajasini oshiruvchi qoʻshimcha soliq imtiyozlarini berish va h.k.
Koʻrinib turibdiki, mamlakat oʻz mahsulotlari sifatini doimiy ravishda oshirib borishi natijasida rivojlangan mamlakatlar diqqat e'tiborini tortib borayapti. Koʻpgina transmilliy korporasiyalar va yirik dilerlar oʻz brendlari uchun Xitoy ishlab chiqarish industriyasidan baza sifatida foydalanishga umid qilayaptilar.
Shuni ta'kidlash joizki, xorijiy investorlar eksport uchun moʻljallangan mahsulotni ishlab chikarishga qulay shart - sharoitlar yaratilgan, shuningdek xuquqiy bazalari mustahkam mamlakatlarga diqqat-e'tiborini qaratishadi. Davlat strategik axamiyatiga ega boʻlgan toʻqimachilik sanoat tarmogʻini rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:
toʻqimachilik industriyasida xamkor davlatlar bilan oʻzaro axborotli aloqani ta'minlash;
xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlar, ilmiy-texnik va kasbiy assosiatsiyalar (IWTO, IWS, ESA) standartlarini joriy etish maqsadida standartlash soxasida Oʻzbekistonning xalqaro hamkorlikda ishtirok etishi;
xalqaro to`qimachilik bozorida Oʻzbekiston Respublikasining ilmiytexnik va savdo-iqtisodiy xamkorligini me'yoriy ta'minlash;
xalqaro va mintaqaviy standartlarni ishlab chikishda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlari ximoyasini ta'minlash.
Belgilangan yo`nalishlarning amalga oshirilishi Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini jaxon bozorlariga integrasiyasini ta'minlashga zamin yaratadi, uning raqobatbardoshligini oshiradi va milliy toʻqimachilik kompaniyalarini marketing rejalashtirish standartlarini oshiradi. Dunyo bo`yicha chakana savdo xolatini taxlil qiladigan boʻlsak quyidagi koʻrinishni kuzatamiz: AQShda 1999 yilda chakana sotib olingan 1,8 mln tayyor kiyimlar AQShdan tashqarida ishlab chiqarilgan boʻlib, 1998-1999 yillar orasida bu bozor 27% ga kengaygan. Yevropa Ittifoqi Yevropa mamlakatlari oʻz iste'moliga kerakli tayyor kiyimlarni yarmidan koʻprogʻini chetdan import evaziga olib keladi.
Bevosita Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati mahsulotlari eksport geografiyasini tahlil etadigan boʻlsak, 2022 yili “Oʻztoʻqimachiliksanot” uyushmasi eksporti geografiyasida eng katta ulush Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstli mamlakalariga -51%, Yevropa Ittifoqi va Turkiyaga -22%, hamda Sharqiy Osiyo mamlakatlariga -21 % toʻgʻri kelgan. (2.2-jadval)
|