• KIRISH Bitiruv malaka ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati
  • Muammoning oʻ r ga nilga nlik darajasi.
  • Matbaa texnologiyalari




    Download 250,41 Kb.
    bet2/26
    Sana07.06.2024
    Hajmi250,41 Kb.
    #261142
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Xolmuminov BMI

    MUNDARIJA:
    KIRISH……………………………………………………………………………6
    1-BOB: TOʻQIMACHILIK SANOATI KORXONALARIDA MARKETING FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI………………………………………………………………………..9
    1.1.Toʻqimachilik mahsulotlari bozori, uning xususiyatlari va Oʻzbekiston toʻqimachilik sanotining bugungi holati………………………………………………..9
    1.2.Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketing faoliyatini shakllanish jarayonlari va rivojlanishi……………………………………………………………….15
    1.3.Toʻqimachilik mahsulotlari bozorini oʻrganishda marketing tadqiqotlari usullaridan foydalanishning uslubiy asoslari…………………………………………25
    II–BOB. TOʻQIMACHILIK KORXONALARIDA MARKETING FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH YO`LLARI…………………………………………..37
    2.1 Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari bozorini rivojlanishida marketing tadqiqotlaridan foydalanishning jahon tajribasi va undan foydalanish…………..37
    2.2.Toʻqimachilik korxonalarida samarali assortiment siyosatini rivojlantirishning uslubiy asoslari……………………………………………………..46
    2.3.Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida prognozlash usullarini takomillashtirish………………………………………………………………………….53
    XULOSALAR………………………………………………………………………….…..65
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI……………………………………67
    ILOVALAR
    KIRISH
    Bitiruv malaka ishi mavzusining dolzarbligi va zarurati.Bugungi kunda Respublikada iste'molchilar talabini qondira oladigan, yuqori sifatli va arzon, mahalliy va xorijiy bozorlarda raqobatlasha oladigan toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida:«...talab yuqori boʻlgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish,ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import oʻrnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan toʻldirish uchun shart-sharoitlar yaratish» vazifalari belgilangan.
    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026 – yillarga moʻljalllangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60 son,2021-yil 16-noyabrdagi “Paxta - toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tartibga solish chora -tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF -14 son,2023-yil 10-yanvardagi “Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish hamda sohaning eksport salohiyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–2 sonli farmoyishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-dekabrdagi “Paxta–toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 747-son va 2022-yil 30-sentyabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv - trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 556–son Qarorlari va boshqa me'yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertasiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
    Muammoning rganilganlik darajasi.Marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etishning ilmiy-nazariy va uslubiy jihatlari juda koʻplab iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida oʻrganilgan. Xorijlik iqtisodchi olimlardan F.Kotler, J.Armstrong, Dj.Beyker,Aaker,Dj.Evans,B.Berman,D.Gosa,O.L.Gua,E.E.Wonah, C.U.SonyG. AbduMajeed,K. V.Sgigam,P. Vegma,M.Porter va boshqalarning ilmiy ishlarida marketing tadqiqotlari bilan bogʻliq boʻlgan masalalar atroflicha oʻrganilgan.Mustaqil davlatlar xamdoʻstligi mamlakatlarida marketing tadqiqotlari masalalari bilan S.G.Bojuq,L.N.Kovalik,G.A.Cherchill,I.Belyavskiy,E.Korotkov E.P.Golubkov,A.V.Kulikova,N.B.Safronova,I.E.Korneeva,Yu.A.Martinov,S.V.Polevoda va boshqa iqtisodchi olimlar ilmiy ish olib borganlar.
    Oʻzbekistonda esa marketing tadqiqotlari, xususan iste'molchilarni oʻrganish,segmentlash,raqobatchilarni oʻrganish hamda bozorni iste'mol tovarlari bilan toʻldirish muammolariga bagʻishlangan ilmiy ishlar qatorida olimlardan M.R.Boltaboev,A.Soliev,M.A.Ikramov,Sh.Ergashxodjaeva,J.Jalolov,A.Usmanov A.A.Fattaxov,D.M.Muxitdinov, M.A.Nasriddinova, , M.Yusupov va boshqalarning ilmiy ishlarini keltirib oʻtish mumkin.Biroq,mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining koʻlamiga qaramasdan, ushbu tadqiqot ishi toʻqimachilik mahsulotlari bozorining rivojlanish holati, mahalliy bozor segmenti va raqobat muhitini oʻrganish, bozor kon'yunkturasi va narxni shakllanish jarayonlarini tadqiq etish,marketing tadqiqotlaridan foydalanish jarayonlarining uslubiy asoslarini va uni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish masalalariga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar olib borilishini taqozo etadi.

    Download 250,41 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 250,41 Kb.