Toʻqimachilik mahsulotlarining bozorda marketing faoliyatin




Download 250,41 Kb.
bet8/26
Sana07.06.2024
Hajmi250,41 Kb.
#261142
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Xolmuminov BMI

1.2.Toʻqimachilik mahsulotlarining bozorda marketing faoliyatini
shakllanish jarayonlari va rivojlanishi.
Amaliyotda marketing biror-bir faoliyat bilan shugʻullanuvchi sub'ektlarning ishlab chiqargan mahsulotlarini sotish,oʻtkazish maqsadidagi vazifalarni bajarishga yo`naltirilgan qarashlarning koʻp yillik rivojlanish jarayoni hisoblanib,sotishni ragʻbatlantirish,reklama,jamoatchilik bilan bogʻlanish usullari raqobat bozorida oʻz mahsulotini sotish uchun qilingan xarakat boʻlib,marketing nazariyasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonidagi turli xildagi nuqtai nazar va qarashlarning har doim oʻzgarib turadigan tortishuvlari natijasini oʻzida ifodalaydi.Marketing borasidagi ilmiy baxslarning natijasi oʻlaroq,marketing nazariyasining mavjudlik asosi boʻlib ayirboshlashning turli shakllari xisoblansada,turli fikrlar,yondashuvlar xar doim mavjud boʻlib,uning mazmun-mohiyati yanada rivojlanib,takomillashib boraveradi.
Marketing gʻoyasini chuqur oʻrganish, unga yanada katta e'tibor berish XX asrning 50-yillaridan boshlanib,U.Alderson,Q.Devis,Xovard,F.Kotler,L.Djozef kabi olimlar marketingni boshqaruv jarayoni deb izohlay boshladilar. Keltirib oʻtilgan olimlarning fikricha,marketing menejment,ekonomika,psixologiya, sotsiologiya va statistikadan olingan tushunchalar asosida qarorlar qabul qilish va muammoni hal qilish jarayonidan iborat edi. Keyinchalik asta-sekin marketing biznes-faoliyat funksiyasi sifatida namoyon boʻlib,sotishni boshqarishdek an'anaviy yondashuvning oʻzida ifodalanishi asosida qayd qilina boshladi. Marketingning koʻplab tushunchalari va talqinlari mavjudligidan qat'iy nazar,u ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi oʻrtasida yuzaga keladigan munosabatni oʻzida mujassamlashtiradi. Shundan kelib chiqqan xolda,marketing orqali korxonalar bozorda kon'yuktura xolatiga ta'sir koʻrsatadi va tovar yoki xizmatlarni iste'molchining talabini hisobga olgan holda oʻzgarish darajasini xam belgilab beradi.Bu jarayon marketing vositalari va faoliyatidan oqilona foydalanish hisobiga sodir boʻlishi,ishlab chiqarishda band boʻlganlar oldiga katta vazifalarni qo`yadi.
F.Kotlerning aniqlashi boʻyicha,"marketing bu insonlarning ehtiyojlarini ayirboshlash (savdo) jarayonlari yordamida qondirishga qaratilgan faoliyatdir"2. U oʻzining "Uchinchi ming yillikda marketing" nomli oxirgi kitoblaridan birida "marketing-kerakli boʻlgan mijozni topish, saqlash va koʻpaytirish ilmi va san'ati"3 deb yozadi. Maykl Dj.Beyker insonlar ehtiyoji cheksiz ekanligini nazarda tutib, koʻp odamlar uchun qanday tovarlar va xizmatlar ma'lum joyda va ma'lum vaqtda koʻproq talabni qondirish imkonini berishini hal qilish lozimligi haqida toʻxtalib, "iqtisodiy tizimning maqsadi resurslardan minimal foydalangan holda maksimal talabni qondirishdan iborat qilib aniqlanishi mumkin va marketing shu maqsadga yetishni ta'minlaydi"4-deb xulosa qiladi.R.Krendell "marketing-mijozning e'tiborini qozonish yoki oʻzidan uzoqlashtirmaslikka yo`naltirilgan har qanday harakatdir, eng yaxshi marketing esa - yuqori saviyada xizmat koʻrsatish, servis"5 dan iborat boʻlishi kerak deb ta'riflaydi.
V.E.Xruskiy,I.V.Korneevalar "marketing-korxonaning savdo oʻtkazish faoliyatini izlash bo`yicha,tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste'molchigacha boʻladigan harakatiga ta'sir koʻrsatadigan omillarni oʻrganish bo`yicha majmuali chora-tadbirdir"6, deb aniqlik kiritishga harakat qiladilar. E.N.Knishova ta'rifi bo`yicha, "marketing bozor yordamida raqobatdagi iste'molchilar guruhlarini tez oʻzgartiradigan va turli-tuman talablarini imkon darajasida qondirishga yo`naltirilgan ishlab chiqarish va sotishning majmuali faoliyatini tashkil qilish va shu asosda barqaror foyda olish va raqobatda afzalliklarga ega boʻlish majmuali faoliyatidan iboratdir"7 degan fikrni bildiradilar.
Oʻzbekistonda marketing faoliyatiga e'tibor qaratilishi 90-yillarning boshidan, ya'ni bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi va qaror topishi bilan belgilanib,XXI asrning boshlarida uning yangi sifat bosqichi boshlandi. J.Jalolov marketing tushunchasini quyidagicha izohlaydi: "marketing tovar harakatining barcha bosqichlarini oʻz ichiga oluvchi, talab va taklifni oʻrganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini yaratish, sotish va iste'mol qilish bilan bog`liq boʻlgan turli xildagi xizmatlar koʻrsatish va iste'moldan chiqqandan keyin utilizasiyalash (yo`q qilishni tashkil qilish) kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli (kompleks-sistemali) yondashishdir" deb fikr bildiradi.D.Muhitdinov va Sh.Abdullaevalar, "marketing bozorda oʻzining mavqeini tasdiqlash va mahsulotni sotish bo`yicha korxona amalga oshiradigan barcha jarayonlar majmuasidir" - deb qayd qilishadi.
Marketing to`gʻrisidagi mulohazalar uni - marketing noma'lum bozor uchun ishlab chiqilgan va majbur qilib bogʻlangan va kiritilgan tovar emas, balki iste`molchilarning talablarini ilmiy ishlangan konsepsiyalar asosida tahlil qilish va hisobga olish, aniq bozor segmenti istaklari va yangi tovar uchun aniqlangan talablarga mos ravishda ishlab chiqishni, shuningdek ragʻbatlantirishni va reklama bo`yicha chora-tadbirlarni, tovarlar harakati kanali tarmoqlari faoliyatini ham qamrab oluvchi sotishni tashkil qilish faoliyati sifatida tushunish lozimligini anglatadi. Marketing faoliyatining iqtisodiyot tarmoqlarida muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi va uning shakllanish jarayonlarini nazariy va amaliy jihatdan oʻrganish har bir xoʻjalik sub'ekti faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy adabiyotlarda marketing haqida yana juda koʻplab fikrlar bildirilib, marketingning talqin qilinishi bozor boshqaruvi faoliyati deb qaraladi. U vaqt va makonda rivojlanib, har bir mamlakat oʻzining milliy mentalitetidan kelib chiqqan holda marketing faoliyatini takomillashtiradi va marketingning asosiy maqsadi mahsulot ishlab chiqarishdan iste'molchigacha boʻlgan strategiyani aniq ishlab chiqishdan iborat boʻladi.
Fikrimizcha, marketing shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojni qondirish maqsadida mahsulotni faqat bozorda oʻtkaza bilish va sotish faoliyatini tashkil qilib qolmasdan, balki bu faoliyatdan ancha murakkab yuqori darajadagi tushunchani anglatadi.Vaholanki, marketingning keng tushunchasi haqida toʻxtalib, shuni ta'kidlaymizki, bu ijtimoiy-boshqarish majmuasi boʻlib, uning yordami tufayli yakka shaxslar va insonlar guruhi oʻzlari uchun zarur boʻlgan aniq mahsulot, xizmatlarni yaratadilar va ayirboshlaydilar.
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari bozor bilan bogʻliq boʻladi,aniq iste'molchilarga xizmat qiladi.Shuning uchun har bir korxona, firmada marketing xizmati tashkil etilishi, ularning rahbarlari va xodimlarini esa marketing asoslaridan xabardor boʻlishlari maqsadga muvofiqdir.Oʻzbekistonda marketing konsepsiyasini oʻrganish va qoʻllashga e'tibor qaratilib, to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarida ham u yoki bu shaklda marketing xizmati tashkil etilib, buni yo`lga qo`tish asosiy vazifa sifatida qaraladi.
Marketing faoliyati quyidagi yo`nalishlar bo`yicha amalga oshiriladi:
- reklamani tashkil etish faoliyati (reklama testlari, reklama va ularni qiyosiy samaradorligi va h.k)
- strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli bashoratlar oʻtkazish,narx siyosatidagi oʻzgarishlar va korxonalar natijalari, bozor manzilgohlari tahlili, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va h.k)
- tashkilot mas'uliyati bo`yicha izlanishlar (xaridorlarni shakillantirish bo`yicha, tabiat atrof-muhiti himoyasi bo`yicha, tashkilotning ijtimoiy mas'uliyati bo`yicha va h.k)
- bozor tahlili (yangi tovarga xaridorlar munosabati, yangi tovar salohiyati va imkoniyatlari, yangi tovarlarni sinash, tovarni qadoqlash muammolari , uni tekshirish bo`yicha va h.k)
- sotish imkoniyatlari va marketing izlanishlari (bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi oʻzgarishlari tahlili, sinov marketingini oʻtkazish, sotishni ragʻbatlantirish tadbirlarini oʻrganish bo`yicha va hq)
Ma'lumki, marketing tadqiqot ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng oʻrin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish zarur. Firma va tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda marketing faoliyatini mavaffaqiyatli qoʻllash zarur boʻladi.Bu oʻrinda Angliyada yirik va nufuzli sanalgan mashhur "Marks and Spencer" kompaniyasi kiyim-kechak va to`qimachilik mahsulotlari tovar oborotida 32 foizni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich bo`yicha birinchi oʻrinda turadi.80-yillarda bu kompaniya Parijda oʻz shaxobchasini ochish va fransuz xaridorlari didiga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish maqsadida 18 oy mobaynida marketing tadqiqotlarini oʻtkazdi va buning natijasida katta yutuqlarni qoʻlga kiritdi.
Har bir tashkilot, firma oʻz bozori va xaridori koʻlamini saqlash, ular salmogʻini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing faoliyatini amalga oshirishi lozim.Marketing faoliyati bir-birini toʻldiruvchi boʻlishi bilan birga, bir-biridan tahlilning chuqurligi, muammoni aniq hal etishga qaratilganligi bilan farqlanadi.Masalan,sotuv tahlili, tarkibi tahlili,bozor imkoniyatlari izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bashorati, raqobatchilar mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv shohobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va boshqalar.
Marketing faoliyatining yo`nalishlari, albatta bozorning rivojlanganlik darajasi, undagi raqobat intensivligi, tegishli tovarlar va xizmatlar bilan mashgʻul boʻlgan firmalarning katta-kichikligi, marketing axboroti va xabarnoma tizimlarining shakllanish su`rati va boshqa omillarga bevosita bog`liq boʻladi. Marketing tadqiqotida asosan axborot katta rol o`ynaydi. Dastlab bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotlarni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda koʻproq ma'lumotlar va axborotlarni tartibga solish, ulardan oʻz oʻrnida foydalanish va ularning yangilanib, boyib turishini ta'minlash muhim ahamiyatga ega. Tadqiqot rejasini ishlab chiqish marketing tadqiqotida muhim bosqich boʻlib hisoblanadi. Mana shu har bir uslub tadqiqotda samarali axborot toʻplash, uni qayta ishlash, texnik vositalardan samarali foydalanishni nazarda tutadi.
Marketing tadqiqoti muammosi va maqsadlarini aniqlash eng muhim bosqich hisoblanadi. Koʻpgina hollarda tadqiqot maqsadi uni vujudga keltirgan muammo bilan bir xil deb qaraladi. Aslida esa, mavjud muammoni hal etish aniq maqsadga erishish imkonini beradi. Muammoni aniq belgilash tadqiqotni toʻgʻri tashkil etish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoning toʻgʻri, sodda va maqsad sari yo`naltirilganligiga alohida e'tibor berish lozim. Aks holda, notoʻgʻri ifodalangan muammo tadqiqotni tayinli maqsad sari yo`naltirilmaslikka, vazifalarni aniq belgilay olmaslikka va ortiqcha xarajatlarga olib keladi. Marketing tadqiqoti ma'lumotlarini imkoni boricha qisqa va zudlik bilan taqdim etilishi natijasida tayinli mahsulot xususida bozorda qaror qabul qilish ancha oson kechadi. Shu sababdan taqdim etilgan marketing tadqiqoti natijalari umumlashtirilgan va umumiy xulosalar keltirilgan ega boʻlishi talab etiladi. Bozordagi muvozanat asosan talab va narx barqarorligiga bog`liqdir. Talabning shakllanishi, rivojlanishi va qondirilishida asosiy rolni iste'molchilar daromadlari oʻynaydi. Umumiy holda iste'molchilar daromadlarining oshishi, ularning harid qobiliyati va talabining oʻsishi, daromadlarining kamayishi esa xarid qobiliyati va talabning pasayishiga olib keladi. Marketing faoliyatining yo`nalishlari, uning maqsadlari asosida muayyan uslublar tanlanadi. Tadqiqot qurollari esa, xoh anketa, xoh texnik vositalar tarzida boʻlishi axborotlarni zudlik bilan toʻplash, ularni qayta ishlash, kelgusi faoliyatda unumli foydalanish vazifasini bajaradi. Shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi paytda bizning mamlakatimizda marketing tadqiqoti boʻyicha maxsus jurnallar chop etilmaydi, ixtisoslashgan va markazlar faoliyati rivojlangan davlatlardagidek shakllangani yuq. Bu vazifani hozirgi paytda ayrim gazeta va ommaviy jurnallar qisman bajarmoqdalar. Fikrimizcha, yaqin yillarda mamlakatimizda marketing faoliyati bo`yicha ixtisoslashgan tashkilot va uyushmalar soni koʻpayadi. Marketing faoliyatini oʻtkazishda va axborot toʻplash uchun kerakli ma'lumotlarni yigʻishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
kabinet faoliyati, u oʻz ichiga statistik ma'lumotlarni tahlil qilish, assotsatsiya hisobotlarini tahlili, ishlab chiqaruvchilar assotsassiyasiyasi ma'lumotlari, jurnaldagi ma'lumotlar va h.k;
bozor hajmini oʻrganish maqsadida iste'molchilar va distribyuterlar bilan muntazam muloqotlar oʻtkazish orqali bozor faoliyati amalga oshiriladi;
bozor hajmi haqida nisbatan toʻliq ma'lumot olish uchun ushbu ma'lumotlar dinamikasini aks ettiruvchi tadkdqotlarni amalga oshirish;
o`xshash bozorlarni taxlil qilish, unda tuzilishi va o`sish su`rati bir-biriga o`shash bo`lgan bozorlar taxlil qilinadi;
maqsadli tadqiqotlar ya`ni aniq olingan bozorning ma`lum bir bosqichidagi
holatini ask ettiruvchi jarayonni taxlil qilishi borasidagi tadqiqotlar8;
Yuqorida bayon etilgan marketing konsepsiyalari va ularni amalga oshirish usullari, shakllari korxonalarning marketing strategiyasini toʻgʻri va aniq shakllantirish uchun muhim omil hisoblanadi9. Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida esa bu usul va shakllar sohaning oʻziga xos xususiyatlariga qarab qoʻllaniladi. Fikrimizcha, shu oʻrinda korxonalarning strategiyasi va taktikasi quyidagi masalalarni hal qilishga qaratilmogʻi lozim:
xalq iste'molini qondiruvchi tovarlar ishlab chiqarish;
ishlab chiqarilayotgan tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish;
ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishni tezlashtirish choralarini koʻrish.
Shu nuqtai nazardan marketing maqsadli dastur shakli sifatida korxonaning tovar ishlab chiqarish va sotishdagi xoʻjalik faoliyatini toʻla ifodalab berishga hizmat qiladi.
Bu vazifalarni hal etish uchun to`qimachilik sanoati quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirishi lozim boʻladi:
bozor va uning elementlarini tadqiq etish;
tovar assortimentlarini ishlab chiqish va rejalashtirish;
talabni shakllantirish va sotishni ragʻbatlantirish.
Marketing tadqiqotlarining asosiy vazifasi -marketing maqsadlariga erishish uchun aniq va ob'ektiv axborotlarni taqdim etishga qaratilganligi sababli to`qimachilik mahsulotlari bozorida iste'molchilarga yo`naltirilgan marketing strategiyalarini ishlab chiqish, raqobatbardoshlikni oshirish asosiy muammo. Maqsadli bozor xususiyatlari va afzalliklarini oʻrganish marketing tadqiqotlarining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.
Ushbu holatdan kelib chiqqanda,toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlarini tashkil etishning· oʻzaro bog`liq munosabatlar tizimi
1-rasmda keltirilgan.
Taklif etilgan mexanizm korxonalar marketing faoliyatini boshqarish jarayonlaridagi vazifalarni samarali bajarilishini ta'minlaydi. An'anaviy yondashuvga nisbatan taklif etilgan tizimda marketing tadqiqotlarini amalga oshiruvchi sub'ektlar va tadqiqot jarayonlariga bir qator komponentlar qoʻshilgan.
Marketing tadqiqotlarini oʻtkazish joyi va tashkiliy tizimi turlicha xisoblanadi. Ba'zilarida marketing tadqiqotlari oʻtkazish markazlashgan, shtab-kvartirada amalga oshirilsa, boshqalarida esa markazlashmagan boshqaruvga ega boʻlib, marketing tadqiqotlarini oʻtkazuvchi korporatsiyalarda alohida boʻlimlar tashkil etgan. Markazlashgan boshqaruv tizimiga ega boʻlgan holatda ular iste'molchilar segmenti, geografik yoki hududiy jihatdan ixtisoslashishi mumkin. Ushbu xolatlarga koʻra, marketing tadqiqotlarini tashkil etish shakli va ixtisoslashuvi bo`yicha ichki, tashqi va universal sub'ektlarga ajratilishi maqsadga muvofiq.




Download 250,41 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Download 250,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toʻqimachilik mahsulotlarining bozorda marketing faoliyatin

Download 250,41 Kb.