|
Matbaa texnologiyalari
|
bet | 4/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMI1.1.Toʻqimachilik mahsulotlari bozori, uning xususiyatlari va Oʻzbekiston toʻqimachilik sanotining bugungi holati.
Oʻzbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo`nalishlariga xos boʻlgan bozor tamoyillarini joriy etish va sanoatni rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlarini zamonaviy marketing tamoyillari asosida tashkil etish borasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda va har bir sanoat tarmogʻini rivojlantirishning uzoq muddatli strategiyalari ishlab chiqilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi yetarli darajada ishlab chiqarish xomashyo resurslari va mexnat potensialiga ega boʻlsada, toʻqimachilik sanoati mahsulotlari bozorining rivojlanishini taqoza etadi. Bu borada toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bozor sub'ektlarining tadbirkorlik saloxiyatini, shuningdek ularga toʻsqinlik qiluvchi qator muammolar, jumladan, davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, eksport salohiyatini oshirish, toʻqimachilik sanoati sohasidagi ulushini oshirish, me'yoriy huquqiy tartibga solish, moddiy-texnik jihatdan ta'minlash, moliyalashtirish, ragʻbatlantirish, boshqaruv tizimini va ishlab chiqarishni tashkil etishni shakllantirish kabi muammolar mavjud.
Oʻzbekistonda aholining oʻsib borayotgan toʻlov qobiliyati bilan ishlab chiqarilayotgan iste'mol tovarlarining hajmi, sifati oʻrtasidagi mutanosiblikni ta'minlash va mahsulot turlarini kengaytirish, mamlakatda mehnat salohiyatidan foydalanish muammosi turadi. Ushbu muammolar ustun darajada toʻqimachilik mahsulotlari bozorini rivojlantirish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmi orqali ham hal etib boriladi.
Respublikamizda toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha Xarakatlar strategiyasida
« ... milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish; iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish ... »1 vazifalari belgilangan. Ushbu vazifani bajarish, toʻqimachilik sanoati korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini takomillashtirish, tarmoq korxonalarining iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va joriy etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiquvchi korxonalarning katta imkoniyatlari: iqtisodiyotni qayta qurish, iste'mol talabining oʻzgarishiga darhol moslasha olishi va iste'mol bozoridagi zaruriy muvozanatni ta'minlay olishi, shuningdek iqtisodiy nobarqarorlik muammosini tezda va tejamli tarzda hal etishi sohaning ijtimoiy-iqtisodiy afzallik jihatlarini ifoda etadi.
Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari marketing muammolarini xususidagi ilmiy nazariy qarashlar tahlili natijalari shuni koʻrsatadiki, birinchidan, maqsadli dasturlashtirish metodologiyasini qoʻllash toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida innovatsion texnologik jarayonlarni yanada aniqroq baholash imkonini beradi; ikkinchidan, toʻqimachilik sanoati korxonalarida mahsulotlar ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlash aniq chora-tadbirlarni, zarur shart sharoitlarni yaratish, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari faoliyat yuritishi uchun samarali bozor muhitini yaratish, toʻqimachilik mahsulotlari iste'molchilarining yuqori darajada rivojlangan bozorini shakllantirishni amalga oshirishni taqozo etadi.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishida zarur boʻlgan muhim asosiy omillar, ya'ni mehnat resurslari, yer resurslari, xomashyo resurslari, ishlab chiqarish komponentlari, bozor talabi koʻrsatkichlari tahlili shuni koʻrsatdiki, YYevropa davlatlarida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan muhim asosiy omillar - mehnat resurslari, yer resurslari, xomashyo resurslari cheklangan. Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda xomashyo narxi va yetarliligi muhim oʻrin tutadi. Bu esa ushbu sohada faoliyat yuritayotgan ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yuksaltirish uchun xomashyo narxi oshib ketishining oldini olish zaruriyatini yuzaga keltiradi
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi oʻzining iqtisodiyotimizdagi oʻta muhim va salmoqli hissasi, ta'siri boshqa hech bir soha va yo`nalish oʻrnini bosa olmaydigan katta ahamiyati bilan davlat va jamiyatimiz rivojida alohida oʻrin egallamoqda.Davlat dasturida sohani rivojlantirishda belgilangan ustuvor yo`nalishlar va vazifalar hali mazkur sohada hal etilishi lozim boʻlgan muammolarni ham koʻrsatadi.
Oʻzbekistonda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasini marketing tamoyillarini joriy etish asosida rivojlanib borish tendensiyasi, qoʻllab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalarini hal etishga boʻlgan ehtiyojni vujudga keltirdi.Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish uchun katta xom ashyo, eng avval yuqori sifatli to`qimachilik mahsulotlari bozorida marketingdan foydalanish tamoyillari va xususiyatlari va arzon mehnat resurslari, hamda nisbatan qimmat boʻlmagan energiya manbalariga ega, bu esa, oʻz navbatida yaqin yillar ichida respublika iqtisodiyotining ustuvor sohalaridan biri – toʻqimachilik mahsulotlarining salohiyatini oshirishni taqozo qiladi. Oʻzbekiston Respublikasida toʻqimachilik mahsulotlari bozorining oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganishda bu sohaga jalb etilayotgan investisiyalar alohida ahamiyat kasb etadi. Agar 2017-yili sohaga jami 250 mln.dollarlik invetisiya jalb etilib, uning 53,6 foizi xorijiy investisiyalarni tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilga kelib bu koʻrsatkich 340 mln.dollarni tashkil etib, uning 165 mln.dollari xorijiy investisiyalar hisoblanadi.Shu yillar oraligʻida jalb etilgan umumiy invetisiyalar miqdori 1419 mln.dol.ni, xorijiy invetisiyalar esa 340 mln.dollarni tashkil etdi.(1.1-jadval)
|
| |