|
Matbaa texnologiyalari
|
bet | 3/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMITadqiqotning maqsadi toʻqimachilik korxonalari marketing faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ilmiy, uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari.Ushbu maqsaddan kelib chiqib, unda quyidagi vazifalar belgilangan:
toʻqimachilik sanoati mahsulotlari bozori va uning xususiyatlarini oʻrganish;
toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketing faoliyatini shakllanish jarayonlari va rivojlanishini tahlil qilish;
toʻqimachilik sanoati mahsulotlari bozorini oʻrganishda marketing tadqiqotlari usullaridan foydalanishning uslubiy asoslarini ishlab chiqish;
toʻqimachilik sanoati mahsulotlari bozorini rivojlanishida marketing tadqiqotlaridan foydalanishning jahon tajribasini tadqiq qilish.;
toʻqimachilik korxonalarida samarali assortiment siyosatini rivojlantirishning uslubiy asoslarini o`rganish;
toʻqimachilik mahsulotlari bozorida prognozlash usullarini takomillashtirish.
Tadqiqot ob'ekti sifatida to`qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanayotgan korxonalar tanlangan.
Tadqiqot predmeti toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxonalarda marketing tadqiqotlarini samarali oʻtkazish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Tadqiqotning usullari.Tadqiqot jarayonida statistik guruhlash, qiyosiy tahlil,iqtisodiy-statistik baholash,segmentlash,eksperiment,korrelyatsion-regression tahlil, prognozlash,soʻrov,diskriminant tahlil va boshqa usullardan foydalanilgan.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi.Bitiruv malakaviy ishning tarkibi kirish, ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan tashkil topgan boʻlib, umumiy hajmi ______ betni tashkil etadi.
1-BOB: TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI BOZORIDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISHNING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI
|
| |