1.4-jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanot” uyushmasi korxonalarinin ishlab chiqarish quvvatlari
Koʻrsatkichlar
|
2021 y.
|
2022 y
|
2024 y
|
2026y
|
Ip kalava, ming tonna
|
862
|
905
|
990
|
1032
|
Gazlama mato, mln.kv.m.
|
716
|
810
|
1931
|
3148
|
Trikotaj mato, ming tonna
|
204
|
240
|
520
|
583
|
Tikuvchilik mahsulotlari, mln.dona
|
797
|
920
|
1232
|
1385
|
Paypoq mahsulotlari, mln.juft,
|
458
|
460
|
470
|
490
|
Trikotaj mahsulotlari, mln.dona
|
1200
|
1380
|
1848
|
2077
|
Ma'lumki, iqtisodiyotning bu sektorini rivojlantirish aholi turmush darajasini oshirishda, aholini ish bilan ta'minlashda, aholini sifatli toʻqimachilik mahsulotlari bilan ta'minlashda, mamlakat eksport salohyatini koʻtarishda ham muhim rol oʻynaydi.Respublikaning toʻqimachilik sanoatini jaxon bozoridagi raqobatli kurash sharoitlarida mavjud boʻlgan muammolarni hal qilish maqsadida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish,innovatsion marketing konsepsiyasi asosida marketing strategiyasini ishlab chiqish orqali Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati saloxiyatini butunlay yangi pogʻonaga koʻtarishi imkoniyati mavjud.
1.5-jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan 2017 – 2022-yillar oraligʻida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi (trln.soʻm)
Investisiyalar::
|
2017y.
|
2021 y
|
2022 y
|
Jami sanoat mahsulotlari hajmi
|
22,8
|
64,8
|
71,6
|
shu jumladan xalq iste'mol mollari ulushi
|
9,120
|
34,99
|
40,09
|
Tahlillar shu koʻrstadiki, agar 2017-yili uyushma tasarrufidagi korxonalar tomonidan jami 22,8 trl.soʻmlik sanoat mahsulotlar ishlab chiqarilgan boʻlsa, 2022-yilga kelib bu koʻrsatkich 71,6 trln.soʻmni,oʻsish darajasi 314 foizni, uning 56 foizini yoki 40 trln.soʻmdan ortiqrogʻini bevosita xalq iste'moli mollari tashkil etganligini yuqoridagi fikrimizning isboti deb qarash mumkun.
Marketing faoliyati real iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda.Bu jarayon toʻqimachilik sanoati sohasiga ham taalluqli boʻlib, marketing faoliyatini ushbu sohada olib borish,uning strategik xarakteri bilan izohlanadi va bu boradagi izlanishlar oʻzining murakkabligi bilan ajralib turadi.Marketing faoliyatini Oʻzbekistonning toʻqimachilik sanoatida afzalliklarini kengroq tatbiq etish iqtisodiy va institusional xarakterdagi tadbirlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.
Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari uchun marketing qarorlarini qabul qilishda va iloji boricha noaniqliklarni kamaytirishda yordam beradi.Bozor, tovar savdo (tijorat), raqobatchilar, xaridorlar, narx,reklama, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari imkoniyatlari marketing faoliyatini ob'ekti boʻlib xizmat qiladi. Korxona marketing faoliyatida marketing tadqiqotlari ikki tomonni qamrab oladi: birinchidan,to`qimachilik mahsulotlari bozorini tadqiq etish; ikkinchidan,bozorda samarali faoliyat yuritish va unda maqsadli joylashish.Bozorni marketing nuqtai nazaridan oʻrganishda to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari oʻz tovarlarini sotish, segmentlarga moslashish,mahsulot sifatini yaxshilash, assortiment tarkibini kengaytirish va yangilanib borish va yuqori iqtisodiy samaraga erishishni maqsad qiladi va bularni amalga oshirish faqat marketing faoliyati asosida sodir boʻladi.Marketing faoliyati real iqtisodiyotning turli tarmoqlari va sohalarida muvaffaqiyatli qoʻllanib kelinmoqda.Bu jarayon toʻqimachilik sanoati sohasiga ham taalluqli boʻlib, marketing faoliyatini ushbu sohada olib borishni taqoza etadi.
|