Toʻqimachilik mahsulotlari bozorini oʻrganishda marketing




Download 250,41 Kb.
bet10/26
Sana07.06.2024
Hajmi250,41 Kb.
#261142
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Xolmuminov BMI

1.3.Toʻqimachilik mahsulotlari bozorini oʻrganishda marketing
tadqiqotlari usullaridan foydalanishning uslubiy asoslari
Toʻqimachilik mahsulotlari assortimenti, iste'molchilar uchun qancha ishlab chiqarishni bilish, ular ehtiyojlari, urf-odatlari va yana boshqa koʻplab xislatlarini oʻrganish va shu asosda ularni guruhlashtirish orqali aniq xaridorlarga moʻljallangan maqsadli bozor segmentlarini shakllantirish va rivojlantirish korxonalar uchun zarur jarayon hisoblanadi. Chunki iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish yo`llari marketing vositalari asosida bozorni segmentlarga ajratib oʻrganish tamoyillariga tayanadi. Marketing tadqiqotlaridan foydalangan holda bozorni segmentlarga ajratib oʻrganish tamoyillariga tayanish va shu orqali oʻziga jalb qiluvchi segmentlarni tashkil etish va shakllantirish, iste'molchilar ehtiyojlarini qondirishda aniq belgilangan strategiyalarga tayangan holda har bir segment uchun mahsulot ishlab chiqarish va sotish zaruriyatini tugʻdiradi.
Bozorni tadqiq qilish va iste'molchilar segmentining oʻziga hos boʻlgan did-istaklarini tashkil etishga qaratilgan zamonaviy marketing tadqiqotlaridan foydalanish samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlangan ilmiy ishlar salmogʻi koʻpayib bormoqda. Marketing faoliyatining turli qirralariga ma'lum darajada AQSH, Fransiya, Germaniya, Angliya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar olimlari va amaliyotchilari tomonidan katta e'tibor berilgan va ilmiy jihatdan yoritib berilgan.
Bozorni segmentlarga ajratish va uning jihatlarini bilish hozirgi zamon marketingining asosiy talablaridan biri boʻlib, bozor segmentlarini toʻgʻri tashkil etish marketing izlanishining hal qiluvchi sharti hisoblanadi va resurslardan samarali foydalanish imkoniyatini tugʻdiradi. Bozor segmenti tushunchasi qandaydir belgilar va ma'lum bir omillarni hisobga olib, korxonalar tomonidan asosiy va qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish, ularning iste'molchilari, shuningdek bevosita mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki xizmatlar koʻrsatishni hisobga olib qismlar ( segmentlar )ga boʻlinishini anglatadi. Aniq va asosli segmentlash - har qanday korxona yoki firmaning oʻylab ish yuritish faoliyatidir. Chunki, bozor odatda ehtiyoji va istaklari turli-tuman boʻlgan xaridorlar guruhidan iborat har bir shunday guruh bir-biridan farqli xususiyatlarga ega boʻlgan bozor segmentini tashkil etadi. Ma'lum bir ma'noda segmentlash - bu sotuvchi tomonidan diqqatni jalb qilish va bozorda resurslardan foydalanishni optimallashtirish strategiyasidir.
Segment termini lotincha "segmentum" - boʻlak ya'ni seg(age) kesish+mentum (otning belgisi) ma'nolarini beradi va umumiy tushunchani aniqlashga monand boʻlib narsalarga boʻlinadigan ma'lum bir qism, boʻlimi oʻzida ifodalaydi. Birinchi bor "bozor segmentasiyasi" tushunchasi 1956-yilda amerikalik olim U.Smit tomonidan, uning "Marketing strategiyasining muqobili sifatida mahsulot differensiasiyasi va bozor segmenti" maqolasida ishlatilgan. Bozorni segmentlash - extiyojni qondirishga tabaqalangan xolda yondashish maqsadida tovarlarning turlari, modellari, sifati, miqdoriga koʻra oʻziga xos boʻlgan talab xususiyatlariga ega boʻlgan iste'molchilarni guruhlarga ajratishdan iborat. Bozor mazmunan bir qancha segmentlar doirasida oʻziga xos alohida bir talab namoyon boʻladigan murakkab tizimli xodisa tarzida oʻzini namoyon qiladi.
Bozorni segmentlashning asosiy maqsadi muhim omillar asosida korxona, firma uchun yaxshi daromad keltiradigan eng samarali va ma'qul segmentni topib olishdir. Bozorni segmentlash jarayoni korxona, firma uchun strategik axamiyatga ega, chunki uning faoliyat soxasi va yo`nalishlari, ixtisoslashish chegaralari, tanlangan segmentlarda esa maqsadga erishish vositalari, usullari, tadbirlarini aniqlab olishga xizmat qiladi.
Dj.Evans va B.Bermanlarning fikriga koʻra, "saloxiyatli bozor - aniq tovar(xizmat)ga nisbatan oʻxshash extiyoj, yetarli resurslar va xarid qilish imkoniyatlariga xamda sotib olishga tayyor boʻlgan iste'molchilar guruhi"11. V.Eryominning qayd qilishicha, "bozor segmenti - oʻxshash iste'molni namoyish etayotgan va iste'mol talabi yaqin yoki oʻxshashlikka ega boʻlgan iste'molchilar guruhi" sifatida qayd qilingan. Iste'molchilar qator omillarga koʻra guruhlanishi mumkin va ularning bu omillarga boʻlgan munosabati bozorning haqiqiy chegarasini belgilaydi. Fikrimizcha, bozorni segmentlash sotuvchilar tomonidan bozorga jalb qilish maqsadida qoʻllaniladigan strategiya va bozorda iste'molchilarga moslashuvchan mehanizmlarni joriy etishga yo`naltirilgan faoliyat sifatida qaralishi lozim.
Amalda bozorni aniqlash quyidagi: mahsulot va xizmatlar turi (kategoriya); geografiyasi, iste'molchilarni "jisman" guruhlash; his qilishlik (koʻrinmas qoʻl) omillariga tayangan holda olib boriladi va bu holat bozor chegarasi, salohiyatini toʻgʻri berish imkoniyatini beradi. Bu bozorda xaridorlar va foydalanuvchilarni bir-biridan farqlash lozim. Chunki, ularning harakatida, ya'ni mahsulotni xarid qilish yoki qilmaslikda farqlar mavjud. Xaridor hisoblanganlarning faqat ma'lum bir qismi u yoki bu turdagi mahsulotni xarid qilishi mumkin, boshqa qismi esa umuman xarid qilmasligi mumkin. Bu farqning oʻlchami boʻlib, maxsus mahsulot yoki xizmatlarni iste'mol qiluvchilarni xuddi shu turdagi mahsulot yoki xizmatlarni umumiy sotish hajmidagi xissasi hisoblanadi.
Bozorni segmentlash iste'molchilarning maxsus guruhini ajratib olish va ularning did-istaklariga mos keladigan tovar turlari, variantlarini yyetkazib berishga qaratilgan. Bunday yondashuv kichikroq, oʻrta, ayniqsa, ixtisoslashgan korxona va firmalar faoliyatida muhim ahamiyatga ega.
V.Tereshenkoning qayd qilishicha, "turli segmentlarga taaluqli boʻlgan xaridorlar talablarini hisobga olish segmentlar bo`yicha ixtisoslashish imkonini beradi"12. Iste'molchilarning tor doirasiga qaratilgan resurslar va imkoniyatlarning cheklanganligini hisobga olib, mahsulot ishlab chiqarish va sotishni ixtisoslashtirish orqali ijobiy yutuqlarga erishish imkoniyatlarini yuzaga keltirish mumkin.
Koʻp oʻlchamli segmentlashda korxona, firma ikki va undan ortiq segmentni tanlab, ularning har biri uchun maxsus marketing dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bunday yondashuv bozor va iste'molchilarni batafsil tahlil qilish, bir nechta tovar turi, markasi, variantini ishlab chiqish va sotish jarayonlari marketing tadbirlari uchun koʻproq resurslar mavjudligidan dalolat beradi. Bir necha segmentda mahsulot sotishni maksimallashtirish, diversifikatsiya yordamida tavakkalni minimumga keltirish mumkin. Korxona, firma uchun oʻz raqiblarini kuchli, ustun boʻlgan segmentga chiqishini ta'minlash shart emas, aksincha oʻzining kuch-gʻayrati, tajribasi mos keladigan, raqobatda ustunlikka erisha oladigan segmentlarni tanlab olish va rivojlantirish masalalariga kengroq e'tibor qaratish lozim.
F.Kotler fikricha, segmentlash natijasida turli darajali bozor tarkibi aniqlanadi va har darajada oʻziga xos maqsadli bozorlar shakllanadi. Bular bozor segmentlari, mintaqaviy (mahalliy) bozorlar, yakka xaridorlardan iborat.13 Bozor segmenti bilan ishlamoqchi boʻlgan korxonalar bozorni bir yoki bir necha yirik segmentini ajratib olib, asosiy e'tibor va kuch-gʻayratlarini maqsadli marketingni qoʻllashga yo`naltiradilar.
Bozorni segmentlashda har bir xaridor alohida segment sifatida qaralishi lozim. Bunday yondashuvning rivojlanishiga yangi axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining paydo boʻlishi ham sezilarli ta'sir etmoqda. hozirgi paytda alohida xaridorlarga qaratilgan ommaviy ishlab chiqarish va yetkazib berishga qodir tizimlar yaratilishi ishlab chiqarish vositalari bozorida korxonalarning alohida iste'molchilarga moʻljallangan tovarlarni ommaviy ishlab chiqarishga oʻtishini yuzaga keltirmoqda.
Toʻqimachilik sanoati mahsulotlarini xarid qilayotgan ayol faqat oyogʻiga kiyadigan poyafzal mahsulotini olayotgani yo`q.Buni mahsulot ishlab chiqaruvchilar allaqachon tushunib yetganlar.Bu haqda mashhur "Revion Ink" firmasi boshligʻining: "Fabrikada biz kosmetika ishlab chiqaramiz, magazinda biz orzu-umidimizni sotamiz"14, degan soʻzlari bozor ishtirokchisining har qanday tovarda yashiringan jihatlarini aniqlash va shu tovarning xossasini emas, undan keladigan manfaatni, sotish lozimligini ta'kidlaydi. Ma'lumki, har qanday korxona, firmaning asosiy maqsadi yaxshiroq foyda olishdir. Buning uchun uning koʻrstkichlari oʻrtacha bozor koʻrstkichlaridan yuqori boʻlishi kerak bunga erishish uchun esa, u doimo iste'molchi qadr-qimmatini yuqori baholaydigan mahsulot yaratishi va taklif etishi, natijada, raqobatda ustun boʻlishi lozim. Raqobatda ustunlikka erishish korxona, firma faoliyatining bozorga yo`naltirilishini taqozo etadi.
Tovarni iste'molchilar guruhiga taqsimlash jarayonida har birining imkoniyatlari aniqlanib, segmentlarning jalb qiluvchi jihatlarini baholay bilish lozim boʻladi. Shuning uchun ham, eng avvalo, marketing faoliyatida maqsadli bozor bilan tanishib chiqish taqozo etiladi.
Marketing faoliyati bozorda sodir boʻladigan iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining mustaqilligidan kelib chiqib, talab va taklifni muvofiqlashtirish va ayirboshlash muammolarini, asosan mikroiqtisodiyot sub'ektlari darajasida hal qilishni taqozo etadi. Marketing har qanday bozor sub'ekti bilan bogʻliq boʻladi, u aniq iste'molchilarga xizmat qilishga harakat qiladi. Maqsadli bozor xususiyatlari va afzalliklarini oʻrganish marketing tadqiqotlarining muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.(1.2-rasm).
Quyidagi rasmda maqsadli bozorga xos boʻlgan xususiyatlar bozorni tadqiq qilish va egallash, iste'molchilarni topish, jalb etish, qondirish masalalarini hal qilib, iste'molchi bilan doimiy aloqani saqlash va mustahkamlashdan iborat tizim taklif etilgan. Korxonalar, firmalar oldida turgan eng muhim va birinchi navbatda hal qilinishi lozim boʻlgan vazifa oʻzining asosiy bozorini yyetkazib berishdan iborat boʻlib, uni amalga oshirishda turli yondashuvlar mavjud. Bunda tovarni iste'molchi nuqtai nazaridan baholash, koʻpchilik orasidan aynan shu ehtiyojga ega boʻlgan iste'molchilarni ajratib olib, iste'molchilar muammosini yechish yo`llarini topish, iste'molchilarning fundamental ehtiyojlarini qondirish usullarini rivojlantirish asosida maqsadli bozorning aniqlanishini talab etadi. Bunda tovarni iste'molchi nuqtai nazaridan baholash orqali istemolchilar muammolarini yechish mumkin boʻladi.




Download 250,41 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Download 250,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toʻqimachilik mahsulotlari bozorini oʻrganishda marketing

Download 250,41 Kb.