- rasm. Maqsadli bozor xususiyatlari va afzalliklari15




Download 250,41 Kb.
bet11/26
Sana07.06.2024
Hajmi250,41 Kb.
#261142
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Xolmuminov BMI

1.2- rasm. Maqsadli bozor xususiyatlari va afzalliklari15.
Tovarni iste'molchi nuqtai nazaridan baholash odatda iste'molchi uchun tovar foyda, manfaat keltirishi lozim boʻlib, ular xaridorlarning aniq bir iste'mol muammosini hal qilish shaklida namoyon boʻladi.Masalan, iste'molchi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish orqali oʻzining fiziologik ehtiyojini qondiradi, kiyim-kechak sotib olish orqali esa, oʻzini tashqi muhit ta'siridan himoya qilish va goʻzallik bilan bog`liq muammolarini hal qiladi. Koʻrinib turibdiki, tovarning oʻz funksiyasini bajarish darajasi uning iste'molchi uchun foydaliligida namoyon boʻladi. Shuning uchun ham, bu maqsadli bozorni erishdagi birinchi vazifa qondirilishi kerak boʻlgan ehtiyojni aniqlab olishdan iboratdir.Mazkur ehtiyojga hamma ham birday ega boʻlmasligi, ular oʻrtasida farqlar boʻlib, ayrim jihatlari bilan ehtiyoj darajasida bir­biridan farq boʻlishi mumkin. Demak, iste'molchilar orasidan ma'lum bir ehtiyojga boʻlgan iste'molchilarni ajratib olish va aynan ular doirasi korxona, tashkilotning asosiy bozorini tashkil etad.Iste'molchilarning iste'mol muammolarini hal qilish yo`llari, vositalari va zamonaviy yangi texnologiyalar asosida amalga oshirilishi mumkin. Iste'mol muammosini hal qilishda qanday texnologiya qoʻllanishi kerakligi va qoʻllanishi mumkinligi ham katta ahamiyat kasb etadi.
Iste'molchilarning fundamental ehtiyojlarini olsak bu barqaror holatda boʻlib, ularni qondirish usullari, texnologiyalari tez-tez o`zgarib, fan, texnika, madaniyat, iqtisodiyotning rivojlanishi bu sohada yangidan-yangi imkoniyatlarni yaratib beradi.
Yuqorida bayon qilinganlardan fikrlar bozordagi iste'molchilarning xammasi bir korxona tovarlari iste'molchisi boʻla olmaydilar, balki ular turli raqobatchilar oʻrtasida taklifning turli variantlari bo`yicha va boshqa asoslarda taqsimlanish qonuniyatlari amal qiladi degan xulosaga keladi. Natijada, har bir korxona asosiy bozordagi iste'molchilarning bir qismi yoki guruhini jalb etish va ular ehtiyojini qondirishi mumkin. Bundan tashqari, bir tovar yoki unish bir turi iste'molchilarining talab-istaklari, didlari, tovarning qadr-qimmati va foydaliligi toʻgʻrisidagi tasavvurlari, xarid qobiliyati, bozordagi xattiharakatlari va boshqa xislatlari bir xil boʻlmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olganda iste'molchilarni oʻrganish, segment xususiyatlarini erish va korxonalarning bozor strategiyalari samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator marketing tadqiqot usullaridan foydalanishni taqozo etmoqda.
Marketing axboroti bozorini shartli ravishda quyidagi asosiy sektorlarga ajratish mumkin:
iqtisodiy axborot;
birja va moliya axboroti;
professional va ilmiy-texnik axborot;
tijorat axboroti;
statistik axborot;
ommaviy va iste'molchi axboroti;
buyurtma marketish tadqiqotlari.
Marketing axboroti bozorining asosiy sektorlari 1.6-javdalda batafsil ifodalangan.
Professional yo`naltirilgan ma'lumotlar toʻplami bozorining asosiy ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
axborotni ishlab chiqaruvchilar - axborotni toʻplash va nashr qilish bilan shugʻullanuvchi (axborot agentliklari, OAV, nashriyotlar), shuningdek axborotni qayta ishlash (ma'lumotlarni tanlab olish, ma'lumotlar toʻplamiga toʻlik matn shaklida kiritish va hokazo) bilan shugʻullanuvchi maxsus tashkilotlar;
axborotni sotuvchilar - global kompyuter tarmoqlari (masalan, internet) yoki oʻz onlayn xizmatlari vositasida ma'lumotlar toʻplamiga pullik ulanish xizmatlarini taqdim etuvchi tashkilotlar;
axborotdan foydalanuvchilar (obunachilar).
Odatda marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda birlamchi va ikkilamchi ma'lumotlar asosida olingan axborotlardan foydalaniladi.

Download 250,41 Kb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Download 250,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Maqsadli bozor xususiyatlari va afzalliklari15

Download 250,41 Kb.