|
Matbaa texnologiyalari
|
bet | 12/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMI1.6- jadval16
Marketing axboroti bozorining asosiy sektorlari
Sektor
|
Tavsifnoma
|
Manba va taqdim etish shakli
|
Iqtisodiy axborot
|
Tezkor va malumotnoma iqtisodiy axboroti va taxliliy iqtisodiy sharxlar
|
Asosiy taqdim etish shakli malumotlar banki va professional bazasi,bosma spravochniklar xisoblanadi
|
Birja va moliya axboroti
|
Qimmatli qog`ozlar kotirovkasi valyuta kurslari, hisob stavkalari tovarlar va kapital bozori, investitsiyalar xaqidagi axborot
|
Maxsus birja va moliya axboroti bo`linmalari brokerlik kompanyalari, banklar va boshqa firmalar tomonidan taqdim etiladi
|
Professional va ilmiy-texnik axborot
|
Mutaxasislar (yuristlar,iqtisodchilar,muxandislar va boshqalar)uchun professional, ilmiy-texnik (referativ ilmiy-texnik jurnallar va boshqalar), fundamental va amaliy fan soxalarida spravochnik ma`lumotlari
|
Davlat xizmatlari, turli tijorat tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari va boshqalar tomonidan taqdim etiladi
|
Tijorat axboroti
|
Kompaniyalar firmalar,korporatsiyalar ularning ish yo`nalishi va mahsulotlari,moliyaviy xolati, ishbilarmonlik aloqalari,bitimlari xamda biznes va iqtisodiyot soxalaridagi yangiliklar bo`yicha axborot
|
Elektron malumotlar to`plami yoki vaqti-vaqti bilan yangilanib turuvchi bosma nashrlar shaklida taqdim etiladi
|
Statistik axborot
|
Kompaniyalar, banklar va boshqa tashkilotlar bo`yicha, belgilangan bozor, geografik va ma`muriy hududlar bo`yicha hisoblangan ko`rsatkichlar
|
Odatda davlat statistika organlari tomonidan va bosma yoki elektron shaklda statistik to`plamlar ko`rinishida taqdim etiladi
|
Ommaviy va iste`molchi axboroti
|
Keng foydalanuvchilar ommasiga mo`ljallangan axborot, masalan yangiliklar xizmati va matbuot agentliklari axboroti
|
OAV telekomunikatsiya tarmoqlari, turli (telefon,mexmonxona, restoran)spravochniklar
|
Buyurtma marketing tadqiqotlari
|
Marketing tadqiqotlarini mijozlar buyurtmasi bo`yicha bajaruvchi firmalar taqdim etuvchi axborotlar
|
Marketing tadqiqotlari odatda maxsus tijorat firmalari tomonidan o`tkaziladi
|
Birlamchi ma'lumotlar muayyan marketing muammosini hal qilish maqsadida oʻtkazilgan marketing tadqiqotlari natijasida olinadi; ularni toʻplash kuzatuv, soʻrov, eksperimentlar yordamida amalga oshiriladi.
Kabinet tadqiqotlarida qoʻllanuvchi ikkilamchi ma'lumotlar deb ilgari ichki va tashqi manbalardan marketing tadqiqotlari maqsadlaridan farq qiluvchi maqsadlar uchun toʻplangan ma'lumotlar tushuniladi. Kabinet tadqiqotlari marketing tadqiqoti oʻtkazishning eng arzon va tarqalgan usulidir. Kichik korxonalar uchun bu usul marketing axboroti olishning amalda yagona usuli hisoblanadi.
Kompaniyalarning ichki hisobotlari, sotuv boʻlimi xodimlari bilan suhbatlar, marketing axborot tizimi, buxgalteriya va moliya hisoboti, rahbariyatning aksiyadorlar yigʻilishidagi hisoboti, savdo xodimlarining xabarlari, iste'molchilarning ariza va takliflari, ITTKI va ishlab chiqarish rejalari, majlis bayonnomalari, firmaning ish hujjatlari ichki manba boʻlib xizmat qiladi.
Marketing tashqi muhitini doimiy kuzatish bilan shugʻullanuvchi tizim ishlashi lozim boʻlgan ikkilamchi ma'lumotlar juda keng boʻlib, ularni odatda nomma-nom sanab berish qiyin.
Tashqi axborot manbaalari qatorida xalqaro tashkilotlar (Xalqaro valyuta jamgarmasi, EXXJ, BMT) ma'lumotlari; qonun, qaror va farmonlar; davlat, siyosiy va jamoatchilik vakillarining ma'roʻzalari; rasmiy statistika, davriy matbuot, ilmiy tadqiqotlar natijalari, aholini ro`yhatga olish ma'lumotlari; oila byudjetlari; aholi jamgarmalari toʻgʻrisidagi ma'lumotlar; turli firmalar kataloglari va prospektlari; firmalarning yillik moliyaviy hisobotlari; konkurslar natijalari; tarmoqlar, birja va banklar axboroti; aksiyalar kurslari jadvallari; sud ajrimlarini sanab oʻtish mumkin.
Tashqi ikkilamchi axborot manbalari qatoriga shuningdek koʻrgazma va yarmarkalar, majlis va anjumanlar, taqdimotlar, ochiq eshiklar kunlari va tijorat bazalarini ham kiritish mumkin.
Soʻrov kishilarga ularning bilim darajasi, mahsulotga munosabati, didistaklari va iste'molchi xulq-atvoriga doir savollar berish yo`li bilan birlamchi axborot toʻplashda namoyon boʻladi. Soʻrov tizimli va tizimlashmagan xarakterga ega boʻlishi mumkin; birinchi holatda barcha soʻralayotganlarga bir xil savollar beriladi, ikkinchi holatda esa intervyuer olingan javoblarga qarab savol beradi.
Soʻrov oʻtkazishda soʻralayotganlar guruhi bir yoki bir necha marta tadqiq etilishi mumkin. Birinchi holatda tanlab olingan guruh qat'iy belgilangan vaqt uchun bir nechta koʻrstkichlar bo`yicha bir marta tadqiq etiladi. Masalan, jurnal va gazetalar redaksiyalari oʻz oʻquvchilarini oʻrtasida ularning yoshi, jinsi, ma'lumot darajasi, mashgʻulot turi kabi koʻrstkichlar bo`yicha bir martalik tanlanma tadqiqot oʻtkazadi.
Ikkinchi holatda panel deb nomlanuvchi soʻralayotganlar guruhi belgilangan vaqt davomida bir necha marta tadqiq etiladi. Koʻplab marketing tadqiqotlarini oʻtkazishda turli tipdagi panellardan foydalaniladi.
Panel bu - takroriy tadqiqot oʻtkazilayotgan soʻrovda ishtirok etuvchi shaxslarning tanlanma yigʻindisidir. Ayrim iste'molchilar, oilalar, savdo va sanoat tashkilotlari, ekspertlar panel a'zolari boʻlishi mumkin. Panel usuli bir martalik usullardan birqator avzalliklarga ega, xususan, u keyingi soʻrov natijalarini oldingi natijalar bilan solishtirish va oʻrganilayotgan hodisalardagi tendensiyalarni belgilashga imkon beradi.
Barcha turdagi panellar vaqt bo`yicha, oʻrganilayotgan birliklar (sub'ektlar) xarakteri bo`yicha, oʻrganilayotgan muammolar xarakteri bo`yicha va axborot olish usullari bo`yicha tssimlanadi.
Vaqt bo`yicha panellar qisqa muddatli (bir yilgacha) va uzoq muddatli (besh yilgacha) turlarga boʻlinadi. Uzoq muddatli panellar uzluksiz yoki davriy axborot berishi mumkin. Uzluksiz axborot kundaliklarda har kuni qayd etib boriladi, kundaliklarning oʻzi esa ma'lum vaqt oraligʻidan soʻng tashkilotchilarga joʻnatiladi. Davriy axborot anketalar shaklida soʻrov oʻtkazilishi bilan kelib tushadi.
Oʻrganilayotgan birliklar xarakteri bo`yicha panellar quyidagi turlarga taqsimlanadi:
iste'mol, ularning a'zolari yakka holdagi iste'molchilar, oilalar yoki uy xoʻjaliklaridan iborat;
savdo, ularning a'zolari savdo tashkilotlari va savdo bilan shugʻullanuvchi alohida shaxslar hisoblanadi;
sanoat korxonalari, tadqiq etilayotgan tovarlarni ishlab chiqaradi;
ekspertlar - oʻrganilayotgan muammo bo`yicha mutaxassislar.
Soʻrovlarni oʻtkazishda olinuvchi axborot koʻp jixatdan panel tarkibiga ham bog`liq boʻladi. Oila va yakka holdagi iste'molchilar panelini tuzish eng qiyin. Savdo, sanoat korxonalari va ekspertlar panellarining ustunliglarning a'zolari soni iste'molchilar paneliga nisbatan kamligida boʻlib, bu ularni shaklantirish va kuzatish xarajatlarini qisqartirishga imkon beradi.
|
| |