-rasm. Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlarini tashkil etishning oʻzaro bogʻliq tizimi10




Download 250,41 Kb.
bet9/26
Sana07.06.2024
Hajmi250,41 Kb.
#261142
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
Xolmuminov BMI

1.1-rasm. Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlarini tashkil etishning oʻzaro bogʻliq tizimi10
Marketing tadqiqotlari jarayoni bir qator xarakatlar majmuini oʻz ichiga oladi, xar bir bosqichini oʻzining aniq vazifalari bor: muammoni berish, muammoni xal etish bo`yicha yondashuvni ishlab chiqish, tadqiqot rejasini tuzish, dala tadqiqoti, ma'lumotlar tayyorlash, taxlil qilish, xisobotni tayyorlash va taqdim etishni oʻz ichiga oladi. Korxonalarda tadqiqot ishlari bo`yicha samaraga erishishning asosiy yo`nalishi sifatida tadqiqotlar ikki yondashuvda amalga oshirilishi lozim, ular: muammoni aniqlash bo`yicha tadqiqotlar va muammoni yechish bo`yicha tadqiqotlar.
Yuqoridagi tadqiqot natijalaridan kelib chiqqanda mamlakatimiz toʻqimachilik mahsulotlari bozori sub'ektlari bozor faoliyati toʻgʻrisidagi bitimlar zamonaviy marketingning muhim qoidalariga asoslanishi lozim. Buning uchun esa, marketing toʻgʻrisida, marketing tadqiqotlarini oʻtkazish uslubiyati toʻgʻrisida chuqur tasavvurga ega boʻlish talab etiladi. Toʻqimachilik mahsulotlari xilini, iste'molchilar uchun qancha ishlab chiqarishni bilish, ular ehtiyojlari, urf-odatlari va yana boshqa koʻplab xislatlarini oʻrganish va shu asosda ularni guruhlashtirish orqali aniq xaridorlarga moʻljallangan maqsadli bozor segmentlarini shakllantirish va rivojlantirish korxonalar uchun zarur jarayon hisoblanadi. Chunki iste'molchilarning ehtiyojlarini qondirish yo`llari marketing vositalari asosida bozorni segmentlarga ajratib oʻrganish tamoyillariga tayanadi. Shuning uchun ham marketing tadqiqotlaridan foydalangan holda bozorni segmentlarga ajratib oʻrganish tamoyillariga tayanish va shu orqali oʻziga jalb qiluvchi segmentlarni shakllantirish, iste'molchilar ehtiyojlarini qondirishda aniq belgilangan strategiyalarga tayangan holda har bir segment uchun mahsulot ishlab chiqarish va sotish zaruriyatini tugʻdiradi.
Fikrimizcha, toʻqimachilik sanoati bozorining marketing faoliyatini amalga oshirishda yuqorida koʻrib oʻtilgan barcha usul va uslublardan toʻla foydalana bilish lozim, yangi noan'anaviy tadqiqot usullarini ishlata bilish, tadqiqotga ijodiy yondashish oʻzining ijobiy samarasini beradi. Bozor faoliyatini oʻtkazishda asosan ikkita yo`nalish bo`yicha ish olib borish yaxshi natija beradi. Birinchidan, mijozlarning asosiy ehtiyojlarini berish va shunga asosan to`qimachilik mahsulotlarini moda oʻzgarishiga qarab guruhlarga boʻlish, ikkinchidan, bozor segmentini aniqlash yuzasidan tadqiqot oʻtkazish lozim deb hisoblaymiz. Shu tariqa bozorni ilmiy asosda tadqiq etish to`qimachilik sanoati rivojlanishida muvaffaqiyatga olib kelishi mumkin. Bozor ishtirokchilari tomonidan bozor salohiyati, imkoniyati oʻrganilmagan sharoitda, ular uning chegarasini haddan tashqari keng deb tasavvur qiladi. Marketing faoliyati bozorda sodir boʻladigan iqtisodiy munosabatlar ishtirokchilarining mustaqilligidan kelib chiqib, talab va taklifni muvofiqlashtiradi, ayirboshlash muammolarini hal etadi.

Download 250,41 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Download 250,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Toʻqimachilik mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotlarini tashkil etishning oʻzaro bogʻliq tizimi10

Download 250,41 Kb.