• KURS ISHI
  • Kirish
  • 7. Atrof muxit muxofazasi
  • Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti




    Download 40,04 Kb.
    bet1/14
    Sana02.12.2023
    Hajmi40,04 Kb.
    #110076
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    2-19 lobar kkj tayyor




    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
    SHAHRISABZ FILIALI


    OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI FAKULTETI


    OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI
    “Konserva korxonalari va jihozlari ” fanidan
    KURS ISHI


    Mavzu: Quritish apparatlari va hisob kitobi


    Bajardi: AZAMATOVA. LOBAR


    Loyiha rahbari: UZOQOVA. SHIRIN





    SHAHRISABZ-2022


    Kirish
    1. Asosiy qism
    2 . Texnologik qism
    3. Quritish aparatlarining tuzilishi
    4. Konvektiv quritgichlar
    5. Tunnelli quritgichlar
    6. Barabanli quritgichlar
    7. Atrof muxit muxofazasi
    8. Xayot faoliyati havfsizligi
    9. Xulosa
    10. Foydalanilgan adabiyotlar


    KIRISH


    Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik rivojlanishning o’sishi bilan bevosita bog’liq.
    Meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishdagi ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

    • xom ashyoni yig’ib olishdagi texnikani va texnologiyasini mukammallashtirish;

    • sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom ashyoni tashish va saqlash;

    • yarimtayyor mahsulotlarni asePtik holda konservalash, saqlashning

    texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish;

    • meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan liniyalarda komPleks ravishda qayta ishlash;

    • tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish;

    • modul tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan, avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi komPlekt liniyalarni yaratish va tatbiq etish.

    Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig’ishtirilgan xom ashyo ko’P vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig’iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko’P miqdorda turli xil aralashmalar (tuProq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo’shilib ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashtirish uchun shisha taralarni yuvish jarayonini mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish maqsadida taralarga komPleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda.
    Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko’tarish va ish unumdorligini oshirishda qurilmalarning ahamiyati kattadir.
    Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi liniyalar sifatida tayyorlaniladi.
    Bugungi kunda konserva korxonalarida juda ko’P chet el liniyalaridan foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki, ularga kiritilgan xom ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot o’rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveytsariyaning «Tetra-Pak» liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan assePtik holda qadoqlovchi liniyalar.
    SHunday qilib konserva sohasini mashina va qurilmalari qatori kundankunga ko’Paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo’lgan katta quvvatli qurilmalar o’rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga javob beruvchi uskunalar egallamoqda.
    Qishloq xo’jaligi mahsulotlari isrofgarchilikdan va yetishtirilgan mahsulotni aholiga nes-nobut qilmasdan yetkazish va ularni yil davomida uzluksiz holda ta’minlash davlatimiz oldidagi asosiy vazifalardan biridir.
    Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan o’zliksiz ta’minlash xomashyoni qayta ishlash bilan bog’likdir. Qanday mahsulogt bo’lishidan kat’iy nazar, xox u o’simlik mahsuloti bo’lsin, xox u hayvon mahsuloti bo’lsin, baribir ular tez buziluvchanlik xususiyatiga ega. SHuning uchun ularni ma’lum texnologik jarayonlardan o’tkazish yo’li bilan ozuqaviyo qiymati va sifatini saqlangan holda qayta ishlash lozim.
    Qayta ishlash deganda ko’z oldimizga ma’lum qurilmalar, mashinalar yoki uskunalarni keltiramiz. Oziq-ovqat sanoatining xom-ashyoni qayta ishlash tarmoqlari ishidagi konserva ishlab chiqarish sohasi, qurilma va uskunalarga eng ko’P muxtoj bo’lgan sohadir.
    Konservalash korxonalarida qo’llaniladigan qurilma va uskunalar shu qadar xilma-xilki va ularning jarayonlarni bajarish doirasi shu qadar kengki, ularni oddiy so’z bilan ifodalash juda mushkul. Masalan, meva yoki sabzavotni maydalash jarayonini olaylik, butun mahsulotni maydalangan mahsulotga aylantirishda bir necha xil uskunalar foydalaniladi va bu uskunalarning vazifalari ham xar xil:

    • volchok yordamida mayda bo’lakchalarga maydalaniladi;

    • qirg’ich mashinalarida to’g’raladi (maqsadga muvofiq xar xil shakil ham berish mumkin);

    • drobilkada ezib maydalanadi;

    • ishqalash mashinasida mayinlashtiriladi;

    • gomogenizatorda o’ta mayda zarrachalarga maydalanadi.

    Keltirilganlardan ko’rinib turiPtiki, mahsulotni konservalash jarayonda qo’llaniladigan qurilma va uskunalarni soni ham qo’llash maqsadi ham juda ko’P ekan.
    Konservalash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar moshinasozlik sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi liniyalar sifatida tayyorlaniladi.
    Bugungi kunda konservalash korxonalarida juda ko’P chet el liniyalaridan foydalanilmoqda. Ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari shunday tashkil qilinganki, ularga kiritilgan xom-ashyo jarayon oxirida qadoqlangan holdagi tayyor mahsulot o’rinishida qabul qilinadi. Masalan, Italiyaning va SHveytsariyaning « Tetra-Pak» liniyalari yoki Amerika va Avstraliyadan keltirilgan assePtik holda qadoqlovchi liniyalar.
    SHunday qilib konservalash sohasini moshina va qurilmalari qatori kundankunga ko’Paymoqda, eskirgan, hozirgi kunda ishlatish uchun noqulay bo’lgan katta quvvatli qurilmalar o’rnini yangi, zamonaviy, bugungi kunning talabiga javob beruvchi uskunalar egallamoqda.
    Konservalash korxonalarida xamma ishlatiladigan qurilmalar, ularning texnologik jarayonni amalga oshirishdagi tutgan o’rni va ishlatilishiga qarab 3 sinfga bo’linadi:

    1. Asosiy texnologik qurilmalar - tayyor mahsulot ishlab chqarishning texnologik jarayonida ishlatiladigan moshina va mexanizmlar kiradi va ular ishlab chiarishning texnologik jarayonida bevosita ishtiroq etadi.

    2. YOrdamchi texnologik qurilmalar - bu guruhga kiruvchi moshinalar va uskunalar asosiy texnologik jarayonda ishtiroq etmaydilar, lekin ularni amalga oshirish uchun yordam beradilar( bunkerlar, qutichalar, dozatorlar va boshqalar).

    3. TransPort qurilmalari - bu sinfga kiruvchi moshina va uskunalar texnologik qurilmalarni bir biriga bog’lovchi vozifasini bajaradi, hamda turli xil tashish, tushirish-kutarish va boshqa jarayonlarida ishtiroq etadi.

    Xom ashyoni konservalashni amalga oshirish uchun turli xildagi texnologik qurilmalar ishlatiladi.
    Konservalash korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil qilishda uskunalarning ish bajarish tavsifiga asoslanib, ularni 6 ta yo’nalishdagi guruhchalarga ajratiladi:
    1.Xom ashyoni qabul qilishda, korxona ichida tashishda hizmat qiluvchi qurilmalar (xom-ashyoni, yordamchi mahsulotlarni , yarimtayyor mahsulotlarni, tayyor mahsulotlarni, taralarni).

    1. Xom ashyoni konservalashda, uni tayyorlab to bankalarga joylashgacha bo’lgan birlamchi ishlov berishda hizmat qiluvchi qurilmalar ( xom-ashyo va komPonentlarga mexanik hamda issiqlik ishlov beruvchi vositalar)

    2. Birlamchi ishlov berilgan yarimtayyor mahsulotlarni uzoq muddat davomida, buzilmasligini ta’minlash maqsadida germetik holda bankalarga joylashda va qadoqlashda hizmat qiluvchi qurilmalar( to’ldiruvchi, qoPqoqni yoPuvchi, sterilizatsiyalovchi)

    3. Konservalangan mahsulotlarni germetik berkitmasdan saqlash mumkin bo’lgan jarayonlarni amalga oshirishda hizmat qiluvchi qurilmalar.

    4. Tayyor mahsulotni bezaklashda hizmat qiluvchi qurilmalar.

    5. Texnologik jarayonlarni tartibga solish va ularni avtomatlashgan holda nazorat qilishda hizmat qiluvchi qurilmalar.

    Hozirgi vaqtda bu qurilmalar aloxida-alohida holda yoki texnologik liniyalarni komPlekti holida keltiriladi.
    Konserva sanoatining ishlab chiqarish quvvatini oshirish, assortiment xilini kengaytirish, meva-sabzavot mahsulotlarini sifatini yaxshilash ilmiy-texnik rivojlanishning o’sishi bilan bevosita bog’liq.
    Meva-sabzavot konservalarini ishlab chiqarishdagi ilmiy-texnik rivojlanishning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

    • xom ashyoni yig’ib olishdagi texnikani va texnologiyasini mukammallashtirish;

    • sanoat miqyosida qayta ishlash uchun xom-ashyoni tashish va saqlash;

    • yarim tayyor mahsulotlarni asePtik holda konservalash va saqlashning texnologiyasini va jixozlarini yaratish va tatbiq etish;

    • meva-sabzavotlarni mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan liniyalarda komPleks ravishda qayta ishlash;

    • tayyor mahsulotning sifatini yaxshilash va energiyani kam sarflash maqsadida davriy sterilizatsiyalash texnikalarini mukammallashtirish;

    • modul tamoyili asosida yuqori darajada mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan konservalar ishlab chiqaruvchi kmPlekt liniyalarni yaratish va tatbiq etish.

    Sanoat miqyosida qayta ishlash uchun yig’ishtirilgan xom-ashyo ko’P vaqtda mexanizatsiyalashgan holda yig’iladi. Unda xom-ashyo tarkibida ko’P miqdorda turli xil aralashmalar (tuProq, kesak, qum, tosh va boshqalar) qo’shilib ketadi, bunday mahsulotlarni qayta ishlash uchun yuvish jarayoni katta ahamiyatga ega. SHuning uchun yuvish mashinalarini suv va energiyani tejamlaydigan qilib mukammallashtirish ham hozirgi kuning muhim yo’nalishlaridan biridir. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashni tezlashish uchun shisha taralarni yuvish jarayonini mexanizatsiyalash lozim. Bu jarayondagi mehnat sarflanishi kamaytirish maqsadida taralarga komPleks sanitar ishlov beruvchi uskunalar ishlab chiqarishi va tatbiq etishi rejalashtirilmoqda.
    Umuman olganda konserva korxonalarini quvvatini ko’tarish va ish unumdorligini oshirishda mexanik qurilmalarnini ahamiyati kattadir.
    Konservalash sanoatida qo’llaniladigan qurilmalarni sinflash yoki guruhlarga ajratishga turli xil olimlar turlicha yondoshishgan. Masalan, E.S. Gorenkov va V.L. Bibergal konserva korxonalarining qurilmalarini 2ta katta bo’lakka bo’lib, birini - texnologik qurilmalar, ikkinchisini - umumkorxona qurilmalari deb farqlaydi.
    Birinchi qismga - transPort vositalari, xom-ashyoni tayyorlash va ishlov berish vositalari, mahsulotni joylovchi vositalar,tayyor mahsulotli taralarni sterilizayiyalovchi va bezaklovchi vositalar, shisha taralarni yuvuchi moshinalar, meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi komPlekt liniyalar kiritilgan.
    Ikkinchi qismga - korxonani isitish va bug’ berish qurilmalari, korxonani suv bilan ta’minlovchi qurilmalar, elektr qurilmalari, gazli qurilmalar, sovutgich uskunalari kiritilgan.
    Olimlardan M.YA. Dikis va A.N Malskiylar esa konserva korxonalari qurilma va uskunalarni ikki katta qismga ajratadi - mexanik qurilmalar va issiqlik qurilmalari.
    Talabalarga o’rgatishda, bizning fikrimizcha, M.YA.Dikis va A.N. Malskiylarning tanlagan yo’li bo’yicha borilsa anchagina qulay va fanni o’zlashtirish oson va tartibli bo’lib bilindi. SHuning uchun biz ham sohada ishlatiladigan qurilma va uskunalarni «Mexanik qurilmalar» va «Issiqlik qurilmalari» degan qismlar ko’rinishida tushuntirishga harakat qilamiz.

    YUqorida ko’rsatilganidek, qayta ishlashni tashkil qilishda mexanik qurilmalar katta ahamiyatga ega. Hozir biz mexanik qurilmalar haqida umumiy tushuncha berishga harakat qilamiz.
    Agar biz mexanik qurilmalarni yaxlit olib ko’rsatsak, bu qurilmalar shuqadar xilma-xil jarayonlarda ishtirok etar ekanki, ularni ma’lum guruhlarga ajratmasdan turib, ko’rib chiish juda qiyin.
    M.YA. Dikis mexanik qurilmalarni qayta ishlash jarayonlaridagi bajarish vazifasiga qarab quyidagi guruhchalarga bo’ladi:

    • transPort vositalari;

    • xom-ashyoni , konserva taralarni yuvuvchi va mashina hamda aPParatlarga sanitar ishlov beruvchi mashinalar;

    • ovqat mahsulotlarini sifatini va konserva taralarini nazoratqiluvchi moshinalar;

    • meva-sabzavotlarni saralovchi va navlarga ajratuvchi moshinalar;

    • o’simlik xom-ashyosini maydalovchi mashinalar;

    • o’simlik xom-ashyosini maydalab, tindirib va deaeratsiyalab beruvchi moshinalar;

    • xom-ashyoni Po’stidan, danagidan, urug’idan va boshqa iste’mol qilinmaydigan qismlaridan ajratuvchi mashinalar;

    • aralashtirib beruvchi mashina va uskunalar;

    • konserva tarasiga suyuq, Pyuresimon va sochiluvchan mahsulotlarni joylovchi mashinalar;

    • tunika va shisha bankalarni qoPqoq bilan germetik ravishda mahkamlovchi mashinalar;

    • etiketkalovchi mashinalar.

    Har bir guruh o’z navbatida turli maqsadda qo’llanuvchi mashinalarni qamragan. Bu mashinalar yana xom ashyo turiga va boshqa maqsadlarga qarab bo’linib ketadi. Masalan, biz oddiygina hisoblangan yuvish mashinalarni ko’rib chiqaylik, ya’ni faqat yuvish vazifasini bajaradi. SHu yuvish mashinalarining qanday farqlanishini sxema holatida ifodalaymiz (1-sxema).
    Bu ko’rib chiqilgan sxema orqali shunday xulosa chiqaramiz: demak konserva korxonalarida qo’llaniladigan mashina va qurilmalar faqatgina ish bajarish maqsadi bo’yicha umumiylikka ega bo’lib, aslida esa ular, ham o’zining tarkibiy qismi va tuzilishi bo’yicha, amda xom-ashyoning xiliga arab bajaradigan vazifalari bo’yicha bir-biridan farq qilar ekan.
    YUqoridagi ko’rilgan jarayondan farq qilib, mahsulotni strukturasini o’zgartirib, o’zgacha xom ashyo tusiga keltiruvchi jarayon – maydalashdir (2sxema).

    Download 40,04 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 40,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent kimyo-texnologiya instituti shahrisabz filiali oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi va sanoat uzumchiligi fakulteti

    Download 40,04 Kb.