|
Toʻqimachilik korxonalarida samarali assortiment siyosatini rivojlantirishning uslubiy asoslari
|
bet | 17/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMI2.2. Toʻqimachilik korxonalarida samarali assortiment siyosatini rivojlantirishning uslubiy asoslari
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida qayta qurish jarayonlarining kengayishi va iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi shuni koʻrsatadiki, hozirgi davr ishlab chiqarishini internatsionallashtirish jarayoni juda muhimdir. Yuqori darajada diversifikatsiya qilingan iqtisodiyot oʻzining eng yuqori samaradorligiga faqatgina, umumjahon ishlab chiqarish jarayoniga qoʻshilgan holdagina erishishi mumkin. Investisiya bazasini rivojlantirish va chuqurlashtirish-islohotlar strategiyasining juda muhim shartidir. Tashqi iqtisodiy aloqalarning barcha shakllarini rivojlantirish taqsimlashning ob'ektiv qonuniyatlaridan, xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro manfaatdor iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va ularni yangi bosqichga olib chiqish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Raqobat muhitining rivojlanishi, mahalliy korxonalarning bozor munosabatlariga oʻtishi tovar siyosatini tashkil qilish va boshqarishga yangicha yondashuvni talab qiladi. Rivojlanish tendensiyalari ekstrapolyasiyasiga asoslangan rejalashtirishning an'anaviy usullari, bugungi kunda optimal tovar siyosatini ishlab chiqish uchun etarli boʻlmaydi.
Ma'lumki, marketing tadqiqoti ishlari barcha, tashkilot va korxonalar faoliyatida keng oʻrin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish zarurdir. Firma va tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda marketing tadqiqotlari muhim oʻrin egallaydi.
Asosan yirik firmalar oʻz tuzilmalari, shu'ba tashkilotlari miqyosida marketingtadqiqotlarini oʻtkazadilar. Marketing tadqiqotlari bir-birlarini toʻldiruvchi boʻlishi bilan birga bir-biridan tahlilning chuqurligi, muammo va aniq hal etishga qaratilganligi bilan farqlanadi.
Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan keng koʻlamli iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi, teng huquqlilik va sogʻlom raqobatga asoslangan iqtisodiy munosabatlar faoliyatining yangi sifat darajasidagi modelini qurishdan iboratdir. Tahlillar koʻrsatishicha, texnika va texnologiyalarning eskirishi asosida zarar bilan faoliyat yuritayotgan 200 tadan ortiq korxonalarning aksariyati yengil va oziq-ovqat sanoati sohasiga tegishli boʻlib, odatda bu sohalarda tez oʻzgaruvchan bozor talabi texnologiyalarni 5-7 yilda,sanoat rivojlangan mamlakatlarda 3 yilgacha muddatlarda oʻzgartirishni talab etadi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun esa to`qimachilik sohasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni takomillashtirish borasida marketing tadqiqotlari oʻtkazishni kun tartibidagi dolzarb vazifalardan biriga aylantiradi.
Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari raqobatdoshligini oshirishda xalqaro standart va sertifikatlar muhim rol oʻynaydi. Bu borada “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasida br qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021-yili uyushma korxonalariga 1110 ta xalqaro ISO standarti joriy etilgan boʻlsa, 2026-yilga borib bu koʻrsatkichni 2500 taga etkazish rejalashtirilgan. (2.4 –jadval)
2.4-jadval
“Oʻztoʻqimachiliksanot” uyushmasi korxonalarida joriy etilgan xalqaro standart va sertifikatlar
|
| |