|
Xalqaro stadarlar v sertifikatlar
|
bet | 18/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMI
Bundan tashqari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” ushmasi tomonidan 2026 yilgacha:
mahsulot sifatini oshirish maqsadida sinov laboratoriyalarini tashkil etish:
tarmoq korxonalarida sirkulyar iqtisodiyot sohasi (circular and green ekonomu) ta'minot zanjiri shaffofligi hamda korporativ ijtimoiy javobgarlikni rivojlantirish( CSR):
organik paxta tolasidan ekologik tola mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish;
UNECE koʻmagida sohada qoʻshilgan qiymat zanjiri boshqaruvini tadbiq qilish kabi bir qator vazifalar belgilangan.
Bundan tashqari mahsulotlarni oʻrish borasida:
xarbiylar va sportchilar uchun maxsus kiyimlar;
poliefir tolalar ishlab chiqish(“Oʻzkimyosanoat” bilan birga):
smart tekstilni rivojlantrish;
uy tekstil mahsulotlari ishlab chiqishni kengaytirish;
gazlama – bo`yoq pardozlash klastkerlarini tashkil etish;
aralash tolali gazlama va matolarni ishlab chiqarishni yoʻga qoʻyish kabi dolzarb vazifalar ham maqsad qilingan.
Toʻqimachilik sanoati korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonining marketing tadqiqotlari ular orasidagi uzviy bogʻliqlikning oʻziga xos xususiyatlari mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu mahsulotlarni yaqin xorij mamlakatlariga eksport qilish orqali mamlakatga valyuta tushumini oshiradi, oʻz navbatida inqiroz sharoitida Oʻzbekistonning · ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim manbalardan biri boʻladi. Toʻqimachilik sanoati korxonalarini rivojlantirishning dastlabki shartlaridan biri: yuqori texnologiyalarni va uskunalarni olib kirishda bojxona toʻlovlarini kamaytirish choralarini koʻrish, ilmiy-texnik jihatdan to`qimachilik sanoatini tubdan qayta qurishni ta'minlash, to`qimachilik sanoatiga yetuk mutaxxasislarni yetkazib berishni shakllantirish, ushbu sanoat sohasini maxsus texnik reglamentlar orqali boshqarish usullarini ishlab chiqish, tashqi bozorni egallashning samarali yo`llaridan biri boʻlgan oʻz brendiga va bozordagi segmentiga ega xorijiy investorlarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish.
Toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlari birgalikda jismoniy shaxslar talabini qondirishga yo`naltirilganligi uchun mazkur tarmoqni rivojlantirish masalalari, bu - hayot ta'minotini qoʻllab-quvvatlash, turli tovarlardan maksimal ravishda foydalanish ma'nosini anglatadi. Shu jihatdan marketing, korxonaning eng muhim faoliyatlaridan biri sifatida bir vaqtning oʻzida ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etuvchi va ishlab chiqarish bilan sotishni bogʻlovchi kuch sifatida qaraladi.
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotishni muvofiqlashtirish jarayoni oʻta murakkab boʻlib, uni turli usul va vositalardan foydalangan holda hal qilish mumkinligi ta'kidlanadi. Masalan, A.Diyap va F.Bukersellarning ishida muvofiqlashtirishning Paretto tamoyili - optimallashtirilgandan foydalangan holda firmaning tovar assoritimenti tarkibini tahlil qilish asosida aniqlash maqsadga muvofiqligi ta'kidlanib, bu yerda umumiy sotiladigan mahsulotlardan 80% rejalashtirilayotgan mahsulot turlariga toʻgʻri kelishi lozimligi qayd qilinadi va aynan shu xissadagi tovarlar ishlab chiqarish bilan sotishni muvofiqlashtirib turish garovi hisoblanadi, deyiladi21.
Boshqa bir iqtisodchi olim O.V.Pigunovaning fikricha, toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishni muvofiqlashtirish tovarning turli davrlardagi harakati doirasida ularning eng optimal nisbatda boʻlishligi ta'kidlanadi22. Shuningdek yuqoridagi fikrlarga oʻxshash qarashlar koʻpayib, boshqa olimlar tomonidan ham qayd qilinadi va aynan shu yo`l tovar miqdorining eng optimal muvofiqlashtirish deb tushuntirishga xarakat qilishadi.
Mana shunday sharoitda eksport va import imkoniyatlarini hisobga olish, raqobatchilar strategiyasini koʻra bilish va shular asosida portfelni shakllantirish zaruriyati tugʻiladi. Ayniqsa toʻqimachilik mahsulotlari bu jarayonlarga oʻta sezuvchan, ta'sirchan boʻlganligi uchun ham korxona, firmalarning ayrim muammolarini osonlikcha hal qilish mumkin emas.
Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish jarayonlarini muvofiqlashtirish xozirgi kunda, ya'ni iqtisodiyotni globallashtirish jarayonida oʻta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Buning asosiy sababi, tovar oqimini bir mamlakatdan ikkinchisiga va hatto keyingi mamlakatlarga ham yetib borishi natijasida, har qanday sharoitda ham tovarlarni zudlik bilan raqobatbardosh boʻlgan savdo markalari yonida sotishning ehtimoli juda yuqori. Bu yerda eng muhim masala mahsulotni ishlab chiqarish va sotish jarayonida tovarlar harakatini eng optimal variantini ta'minlash asosiy gʻoya boʻlib, muvofiqlashtirish tamoyillariga juda keng ma'noda amal qilish lozim boʻladi
Koʻplab sanoat korxonalarida ishlab chiqarish va sotishni bozor bilan muvofiqlashtirishda koʻp qirrali tarkiblashtirish qoʻllaniladi. Tovarlar haqidagi ma'lumotlar umumlashgan holda saqlanadi, shu tufayli ham mahsulotlarni chakana yoki ulgurji sotish ishlarida kamchiliklar seziladi. Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishdagi nisbatlarini muvofiqlashtirish mohiyati badiiy-estetik jihatlarini ham hisobga olishni taqazo etadi. Chunki bu jarayon iqtisodiyotdagi iqtisodiy bosqich, fazalar bilan bogʻliq boʻlib, bu masalaga Y.A.Shumpeter, N.D.Kondratevlar katta e'tibor bilan qarashgan. Ehtiyoj uchun kerak boʻlgan to`qimachilik mahsulotlari mikdori yusisodiy fazalardagi innovasiya oʻzgarishlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishiga erishilgan.
Tovarning davriy aylanish tabiatiga qarab, har qanday tovar texnologiyasi oʻzining yuzaga kelishida innovatsiya hisoblanadi. Ma'lum ehtiyojni qondirishga yo`naltirilgan yangi tovar bozor muhitida innovatsiyali oʻzgarishlarni yuzaga keltiradi. Bu masalalar M.Porter tomondan tavsiya etilgan korxona marketing strategiyasini tanlash algoritmida keng yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda ushbu korxona uchun toʻgʻri keladigan marketing strategiyasi –bu xarajatlarni kamaytrish strategiyasi hisoblanadi. Korxonaning marketing strategiyasini tanlashda sotiladigan tovar assortimentiga ham e'tiborni qaratish lozim boʻladi. Chunki, tovar assortimenti qanchalik koʻp boʻlsa, korxonaning ushbu bozor segmentidagi faoliyat koʻrsatish davri shunchalik uzoq davom etishi mumkin. Oʻz tovarlari narxini bir xil darajada ushlab turish, chiroyli tashqi koʻrinishi va bejirim tikilishi bilan kompaniya eski mijozlarini yuqotish xavfidan qurqmaydi, balki yangi mijozlarni kelishiga imkon yaratadi.
Assortimentni optimallashtirish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmuasi keng va turli rejali operasiyalar boʻlib hisoblanadi. Tovar siyosatining aynan ana shu yo`nalishi bozorga yangi mahsulotni olib chiqishga bogʻliq muammolarni echishda tashkiliy asos boʻlib hizmat qiladi. Shuningdek raqobatchilikda gʻolib chiqish maqsadida xorijlik investorlar uchun sarflanadigan harajatlar mijdori kompaniyalarda turiga qarab, birinchi navbatda ularning xajmini ishlab chiqarish quvvati bilan belgilanadi.
Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish yo`li bilan aholi bandligini oshirish nafaqat davlat byudjetiga tushumlarni sezirarli darajada koʻpaytiradi, balki ijtimoiy muvozanatni ta'minlashning muhim omili ham sanaladi. Boshqa tarafdan olib qaraydigan boʻlsak birinchidan to`qimachilik sanoati mablagʻ jihatidan emas, balki mehnat bo`yicha unumli tarmoq boʻlib hisoblanadi.
Ikkinchidan, toʻqimachilik sanoati rivojini tezlatishga moʻljallangan sanoat siyosatining yuqori samara berishi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning ijobiy tajribasi bilan tasdiqlanadi. Masalan, Xitoy, Tayvan, Gonkong va boshqa Janubi-Sharqiy mamlakatlar.
Uchinchidan, jahon tan olgan ilgʻor to`qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar savdo belgisi(brendi)dan foydalana olish, chunki savdo markasi yoki brend marketing va tijorat strategiyasining yadrosi boʻlib hisoblanadi.
Koʻpgina ishlab chiqaruvchilar oʻzining tovarini bir qator shu kabi tovarlar ichidan ajratib koʻrsatishni istaydilar va oʻz mahsulotlarini oʻz ismlari, emblema, dizayn yoki ularning birlashmasi va boshqalar bilan belgilashadi.
Yuqoridaglarni bir soʻz bilan brend deb atash qabul qilingan. Lekin zamonaviy adabiyotlarda brendning bir ma'noli mazmuni yuq. Aksariyat mualliflar tomonidan brend - bu aylantirilgan savdo belgisi sifatida nomlanadi. Yanada aniqroq qilib aytganda, brend - bu firma yoki tovar atributlari boʻlib, ular uning individualligini aks ettiradi, mijozlarning e'tiborini oʻziga qaratadi va firmaga imidj yaratib beradi, shu bilan birga firmaning raqobatchilari orasida ham bozorda obro`ga erishishiga yordam beradi.
Tovar belgilari sohasidagi mutaxassislar va yuristlarning nuqtai nazariga koʻra, "Brend" va "Brending" tushunchalari huquqiy tushunchalar emas, balki bozorda tovarlar harakati boskichlarini birlashtirish uchun iste'mol muhitida qoʻllaniladigan iboralardir23. Brend tushunchasi bu mualliflarning fikricha, mualliflik huquqi, tovar belgisi va firma nomi ob'ektlari yigʻindisidir.
Brendni joylashtirish jarayoni juda murakkab va koʻp bosqichlidir. U majmuaviy tabiatga ega boʻlib, brendning bozordagi oʻrnini aks ettiradi va berilgan markaning asosiy prinsiplari, ya'ni uni boshqalaridan ajratib turuvchi, farqlovchi prinsiplarida shakllanadi24.Brending rivoji soʻzsiz, marketing faoliyati bilan bogʻlangan. Shuning uchun marketologlarning barcha harakatlari iste'molchilar uchun zarur boʻlgan mahsulot(tovar yoki xizmat)ni yaratish va bozor tomon harakatini yunaltirishdan iboratdir.
Amalda koʻpincha marketing faoliyati mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni bilan mos kelmasligi kuzatiladi. Bu brendda mahsulotning xususiyatlari oʻz aksini topmaganligidan dalolat beradi, chunki savdo belgisi rivojlanishini tashkil etish marketing bo`yicha mutaxassislarga tegishli. Muvaffaqiyatli savdo belgisi (S) - bu sifatli tovar (R), farqli xususiyatlari (D) va qoʻshilgan qiymati (AV) birligi demakdir:
S=P x D x AV.
Muvaffaqiyatli brendlar sanoat mahsulotini yetkazish vositasida maxsus talablarning qondirilishini kafolatlaydi. Marka obrazi toʻrtta "Kitlar": mahsulot sifati, asosiy savdo belgisi, shuningdek uning qiymatini oshiruvchi markaning kengaytirilgan va potensial "oʻrov"ida yotadi. Toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish jarayoni biri-biri bilan uzviy bogʻliq boʻlib ularning oʻzaro ta'siri yuqoridir. Shu tufayli ham brendni mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga ta'siri jarayonlari korxonalar faoliyatida muhim ahamiyatga ega.Soha mutaxassislaridan biri hisoblangan Devis Doyl tomonidan brending texnologiyasiga alohida e'tibor qartilgan. Doyning fikriga koʻra brending texnologiyasini savdo markasini koʻrsatish amalga oshiriladi, savdo markasini oʻsish strategiyasini tanlab olish. savdo markasi kommunikatsiyasini loyihalashtirish, brend kuchini taqsimot qiladigan holatni ta'sirini aniqlash, narx – navosini ragʻbatlantirish qarori qabul qilinadi. Brending texnologiyasi savdo markasi va brendni ta`siri bilan uzviy bog`liqdir.
|
| |