|
Matbaa texnologiyalari
|
bet | 21/26 | Sana | 07.06.2024 | Hajmi | 250,41 Kb. | | #261142 |
Bog'liq Xolmuminov BMIKoʻrsatkichlar
|
oʻlcham birligi
|
2021 y.
|
2022 y
|
2024 y
(prognoz)
|
2026y
(prognoz)
|
Kalava ip
|
ming tonna
|
862
|
905
|
990
|
1032
|
Gazlama mato
|
mln.kv.m.
|
716
|
810
|
1931
|
3148
|
Trikotaj mato
|
ming tonna
|
204
|
240
|
520
|
583
|
Trikotaj mahsulotlari
|
mln.juft
|
1200
|
1380
|
1848
|
2077
|
Paypoq mahsulotlari
|
mln.juft
|
458
|
460
|
470
|
490
|
Tikuvchilik mahsulotlari
|
mln.dona
|
797
|
920
|
1232
|
1386
|
Yuqorida qayd etilgan prognoz koʻrsatkichlariga erishish uchun "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining korxonalarning marketing faoliyatini rivojlantirish, mahsulotlarni eksport qilishga koʻmaklashish borasida bir qator vazifalarni amalga oshirish zarur boʻladi, jumladan:
korxonalarni modernizasiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash va sifat menejmenti tizimini joriy etishga har tomonlama koʻmaklashish;
talabi yuqori boʻlgan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish, ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan import oʻrnini bosuvchi va raqobatbardosh mahsulotlar bilan toʻldirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
toʻqimachilik mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini tizimli ravishda olib borish, tarmoqlarning eksport salohiyatini kengaytirishni koʻllab-quvvatlash, modellashtirish va brendlash bo`yicha eng yangi innovatsion ishlanmalardan foydalangan holda xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy uslublarini, shuningdek ilgʻor axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini keng joriy etish va x.
Toʻqimachilik korxonasi rivojlanish istiqbolini oʻrganish faoliyatida marketing ma'lumotlaridan foydalanish, marketing muammolarini oʻrganish sanoat korxonasining yagona marketing majmuasini yaratish jarayonida sodir boʻladigan kiyinchiliklarni aniqlashda qoʻl kelishini isbotladi. Bozorning kelajakdagi xolatini bilish bozor ishtirokchilari sub'ektlari uchun juda xam muhim boʻlib, ma'lum bir oraliqdan soʻng talab, taklif va narxda qanday oʻzgarishlar sodir boʻlishini bilish ilmiy nuqtai nazardan juda kerakli boʻlgan jarayondir.
Bozor bashorati - anik ma'lumotlar asosida yo`l qoʻyiladigan xatoliklarga baho bergan holda, ma'lum usul doirasida, bajarilgan talab, tovarning taklifi va narxning istiqboldagi rivojlanishini ilmiy koʻra bilishdir. Bozorni bashoratlash, uni rivojlanishini belgilab beruvchi rivojlanish qonuniyatlari va yo`nalishlari, asosiy omillarni hisobga olib, bashoratlash ma'lumotlari va natijalarini baholashda qat'iy ob'ektivlikni va ilmiy halollikni ta'min etishga tayanadi.
Prognozlashning asosiy maqsadi tarmoma faoliyat yuritayotgan korxonalarning bozor imkoniyatlarini aniqlash va bozordagi faoliyat yo`nalishlarini ishlab chikishdir.
Oʻzbekistonda qabul qilingan strategik rejalashtirish metodologiyasi prognozlashda uch turidan foydalanishni taqozo qilmoqda, ular: qisqa muddatli (1-2 yil), oʻrta muddatli (3-5 yilda) va uzoq muddatli (5 yildan koʻp). Ulardan har birining maqsadi va vazifalari yaxshi ma'lum. Ulardan kelib chikqan xalda buni quyidagicha tarzda, ya'ni farazni soʻzsiz hisobga olinishi lozim boʻlgan bozor rivojini prognozlash vazifalari belgilanadi:
qisqa muddatli prognozlash: tovarlarni sotishning hisoblangan ehtimoliy tutilishi asosida mazkur turdagi tovarlar talabini tabiiy ifodalash (jismoniy birliklarda) koʻlamlari va tuzilishlarini belgilash; iste'mol xususiyati, sifat va esteti yo`nalishlar nuqtai nazaridan tovarning avfzal koʻrish, assortimentini aniqlash; talab va taklif muvozanatini yaratish.
oʻrta muddatli prognozlashda: rivojlanishning yangi sharoitlarida ishlab chiqarish va iste'molni kuchaytirish, mazkur turdagi tovarga jami ijtimoiy talabning ehtimol tutilgan hajmini belgilash; ishlab chiqarilayotgan hajmni belgilash; ishlab chiqarish va tovarlarni sotish sur'atlarini zaruriy oʻsishini koʻrsatish, tovarlararo raqobatni tahlil qilishni hisobga olgan holda tovarning iste'mol xususiyatini oʻzgarishi eng maqbul yunal:ishlari toʻgʻrisida xulosalar, talab va taklif muvozanatini yaratish hisoblanadi.
uzoq muddatli bashoratlash: sifat jihatidan yangi sharoitlarda iqtisodiyotni va butun jamiyatni rivojlantirish, mazkur turdagi tovar ishlab chiqarishning zarur hajmlarini belgilash, talabni rivojlantirishning ehtimol tutilgan yo`nalishi toʻgʻrisidagi xulosalar.
tabiyki, bu vazifalarni bajarish sof metodik xarakterdagi qator masalalarga javob qidirish bilan, rivojlanish modelini yaratish muammolari majmui uygʻunligi bilan bogʻliq chet el tajribasi, amaliyoti va tadqiqotlari koʻrsatishicha, ulardan biri asosiy hisoblanadi: birinchidan, prognozlash agregat darajasini belgilash, ikkinchidan, prognozning yakuniy koʻrsatkichlari variantlari darajasini aniqlash; uchinchidan, prognoz usuli va bevosita modellashtirishni tanlash.
Ayrim tovarlar bozorini rivojlantirish istiqbolini belgilash rejalashtirilgan davrda umuman mazkur tovarlarga talab va taklif qanaqa boʻlishi (yoki mumkin) aniqlashdan, keyin esa talabning ehtimol tutilgan koʻlami qanaqa ekanligini bilishdan boshqa narsa emas, aynan tovarga talabni tadqiq etilayotgan bozor uchun topilgan S tovarga talabni rivojlantirish qanaqa sabablar bilan shart qilinishi, ularni sotuvi va iste'mol xususiyati hajmlari hamda sotuv hajmini topish uchun mahsulot javob berishi mumkin boʻlgan sifat qanaqa boʻlishi mumkinligi, turli-tuman mahsulotlarni sotishning umumiy hajmining nisbati qanaqa ekanligini bilishdan iborat.
Bozorni rivojlanish istiqbolini belgilashda faqat uning hajmini belgilash etarli emas, ya'ni mazkur turdagi tovarni aholiga qanchaga sotish mumkin, xarid jamgʻarmasi va narx darajasi ma'lum koʻlamini, shu bilan birga aynan qancha va qaysi tovarlar (belgilari bo`yicha oʻxshashligi, sifatidagi farq va boshqalar) jismoniy birikmalarda sotilishi mumkin, degan savollarga javob berish zarur.
Tadqiqotlar natijalari bizga Oʻzbekistonda toʻqimachilik bozorini uzoq muddatli prognozlash eng maqsadga muvofiq usul sifatida tanlash va unda tuzilma yo`nalishi iloji boricha oʻzgarishini oʻlchash masalasini koʻrib chiqish lozim. "Zinapoyali modellashtirish" deb ataladigan bu usul alohida rejalashtrilgan davr har bir boʻlagi uchun qator modellar izchil qurilishi boʻlib, har bir yangi model oʻtgan davr koʻrsatkichlari hisoblanadi. Bunaqa modelning ish qobiliyati ob'ektiv zarurligi, birinchidan, doimiy tusdagi oʻzgarishlar, yo`nalishlar ahamiyati, ikkinchidan, bu oʻzgarishlarning erkin namoyon boʻlish imkoniyatlari, uchinchidan, ularning miqdoriy baholashdan iborat. Bundan tashqari modelning yo`nalishi yangi ahamiyatini joriy qilish uchun vaqtli qatorlarga ega boʻlish zarur. Shunday qilib, bu sof statistik tekshirish davomli uzoq davr uchun prognoz amalga oshirilganda ushbu tadbir oʻziga xos maqbul degan xulosaga kelinadi. "Zinapoyali modellashtirish"da butun prognoz davr bir qator teng oralik bosqichlarga boʻlinadi. Barcha prognozli davr va ayni paytda birinchi davr uchun taxmin va modelning dastlabki farazi hosil qilinadi. Birinchi bosqich nihoyasiga etgach, ikkinchi bosqich uchun oralik model yaratiladi. Shunday yo`l bilan har bir bosqichda dastlabki model va dastlabki prognoz tuzilishi amalga oshiriladi, bu oʻsha davr boʻlib oʻtayotgan hodisalarni va yuzaga kelgan, tuzilishga siljishlarni toʻlik va toʻgʻriroq xisobga olish uchun keraq
Toʻqimachilik mahsulotlari bo`yicha aholining talabi va toʻlov qobiliyati quyidagicha formula bilan ifodalanadi.
x = a0 + a1r5 + a2 r + a3R + a4 Q
Bu yerda,
x - toʻqimachilik mahsulotlari chakana savdosi, ya'ni aholini sotib olishi;
p – toʻqimachilik mahsulotlari narxi indeksi
R - jami iste'mol tovarlariga narxning, umumiy indeksi;
Q - ijtimoiy guruhlar bo`yicha pul daromadlari nisbati
Toʻqimachilik mahsulotlarini sotish hisob-kitobini oʻzgartirish uchun aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan chakana savdo aylanmasini hisobga olish maqsadga muvofiq. Aholining pul daromadlari esa aholi tomonidan amalga oshirilgan iste'mol tovarlariga xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Unda quyidagicha formula hosil boʻladi:
Bu erda, TR- aholi jon boshiga toʻqimachilik magʻhsulotlari chakana savdo hajmi,
tP- aholi iste'moli;
R- jami pul daromadi;
L- aholi soni;
Keyingi qadamda toʻqimachilik mahsulotlarini aholi jon boshiga sotish oʻzgarishi indekslari va jami pul daromadlari tanlangan yilda tadqiq etilayotgan davrga nisbatan hisob-kitob qilinadi:
Natija koʻrsatkichlari tenglik shunday koʻrinish oladi:
It = a0 + a1r+ a1R + a3 ld + a4V
Bu erda It - axoli jon boshiga toʻqimachilik mahsulotlari chakana savdosining tadqiq etilayotgan davrining bazis yiliga nisbatan oʻzgarish indeksi;
R- narxning umumiy indeksi
p- toʻqimachilik mahsulotlari narxining indeksi
1 d- axoli jon boshiga daromadlarning oʻzgarish indeksi
V - aholi jon boshiga jami pul daromadlarining oila puldaromadlarining solishtirma ogʻirligi.
Aholi jon boshiga talabning toʻlov qobiliyati oʻzgarishini shakllantirishga qaratilgan har bir omilning ta'sir etish darajasini tavsiflaydigan tenglik (a0 ;a1;a2 ;a3 ;a4) yo`nalishlarining xaqiqiy ma'lumotlari hisoblanadi.
Keyin rejali davrga berilgan narxlar ahamiyati indekslari, aholi jon boshiga daromadlari va boshqa omillarni tenglashtirish ostida prognoz yillarida ahali jon boshining to`qimachiliklar sotib olish indeksi chiqariladi.
Aholining toʻqimachilik mahsulotlarini sotib olish ehtimolini topish uchun aholi jon boshining bazis davrining birinchi yilida qancha xarid qilinganini koʻpaytirish kifoya.
statistik ahamiyatliligini korrelyasiya koeffisientining aniqlash orqali tekshirish mumkin. Bu esa quyidagi gipotezaga asoslanadi
N0: r = 0
Hl: r ≠ o
Statistik ahamiyatlilik quyidagicha aniqlanadi
Bu formula n-2 erkinlik darajasidagi t taqsimotdir. t - taqsimot statistikaning asosiy xarakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Har qanday miqdorlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻlanish mavjudligini aniqlash boʻyicha gipoteza shu orqali aniqlanadi. Chunki oʻzgaruvchilar ma'lum taqsimot qonuniga asoslanadi tekshiriladi. Demak t ning -hisoblangan qiymati jadval qiymatidan kattaligi uchun X va U oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi bogʻlanish yuqligi toʻgʻrisidagi gipoteza rad etildi. Ya'ni bolanish bor degan xulosaga kelindi. Demaq olingan natijalar bo`yicha t ning xisoblangan qiymatlari uning kritik qiymatlaridan (t=l,8) katta va korrelyasiya koeffisientining ijobiy.71
Olingan modellarning ishonchliligini tekshirish uchun X va U oʻrtachidagi chiziqli munosabatlarni xam muvofiqligini tekshiriladi. Ya'ni olingan a,b,c,d koeffisientlarning axamiyatli quyidagi gipoteza asosida tekshiriladi:
Buni F statistika boʻyicha tekshiriladi:
Biz olgan prognoz modellari bo`yicha df ning 1 va 10 qiymaatlarida F statistikasining jadval qiymati 4.96 ga teng boʻlib, xisoblangan qiymatidan kichiq Demak 0 gipoteza rad etilib, prognoz modellari bo`yicha olingan a,b,c,d koeffisientlarini qabul qilish mumkinligini tasdiqlandi25.
Toʻqimachilik mahsulotlari bozorini prognozlash va tegishi xulosalar chiqarish uchun toʻqimachilik mahsulotlari iste'moliga ta'sir etuvchi omillarning bozordagi konyunktura oʻzgarishlariga ta'sirini xam xisobga olish lozim. Prognozlash muammolari bo`yicha olingan tadqiqotlarga asoslangan xolda axoli daromadlari, bozordagi to`qimachiliklar iste'molining narx indeksi xamda axoli sonining oʻsishi kabi omillar ta'siri asosida prognozlash maqsadga muvofiq
Prognozlashtirishning bir qator usullari mavjud boʻlib, ulardan amaliyotda eng koʻp qoʻllaniladigani "Autogeggession va Integgated Moving Avegage (AGIMA)" modellaridir. Ushbu madel davriy qatorlar bo`yicha prognozlash imkonini beradigan parametrli modellarning eng muhim shaklidir. AGIMA modellari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni prognozlashda keng qoʻllaniladigan usullardan hisoblanadi.
Yuqorilagʻilar bilan bir qatorda toʻqimachilik mahsulotlari bozorini oʻrganish natijasida hosil boʻlgan mikrosegmentlar asosida bashoratlash usullaridan ham keng foydalanish imkoniyati mavjud. Segmentlar bo`yicha talabni prognozlash ikki usul yordamida bajariladi:
takrorlanadigan variantlarni aniqlash va qisqartirish:
ustuvorliklarni baholash va ajratib olish.
Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, toʻqimachilik mahsulotlari bozori segmentlarini bashorat qilish uchun asos qilib olingan koʻrsatkichlardan ayrimlari mohiyati jihatidan bir-biriga oʻxshash yoki yaqin boʻlib, ma'lum darajada takrorlanishga ham olib kelishi mumkin.
Yaqin istiqbolda Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati uchun bosh maqsad - aholi ehtiyojlarini qondirishga imkon beradigan mikdorlarda mahalliy toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo`lga quyish, mamlakatning importga qaramligini bartaraf etishdan iborat. Ushbu maqsadlar korxonalar oʻz faoliyatlarini aniq rejalashtirib olishlari va Oʻzbekistonda toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish samaradorligisi oshirish yo`llarini belgilab olishlari talab etiladi. Fikrimizcha, Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati korxonalarida bunday rejalashtirish quyidagi muhim yo`nalishlar orqali belgilanishi mumkin:
mahsulot ishlab chiqarish hajmi bo`yicha korxonalar koʻlamini muvofiqlashtirish;
tovar sifatini oshirish hisobidan raqobat ustunligini ta'minlash;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini mavsumiy yangilash yo`li bilan tovar siyosatini mukammallashtirish;
korxonaning oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga erishishiga yordam beradigan vositalar ishlab chiqish.
Bundan tashqari, toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish yo`nalishlari sifatida:
taroqni resurs bilan ta'minlash; korxonalarni texnik qayta jihozlash; kadrlar salohiyatini yaxshilash;
tovarning hayot sikliga innovatsion yondashuv;
ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish maqsadida to`qimachilik tarmogining yanada optimal tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish kabi vazifalarni koʻrsatish mumkun.
Ushbu vazifalarni hal qilish orqali to`qimachilik sanoatining raqobatbardoshligini oshirishga va mahsulotlar rentabelligini koʻtarishga, aylanma mablagʻlarning harakat tezligini kuchaytirishga, Oʻzbekistonda toʻqimachilik mahsulotlari iste'mol bozori ulushini oshirishga erishish mumkin boʻladi.
Toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzi mahsulotlarini sotish va assortiment strategʻiyalarini amalga oshirishda va savdo korxonalarini tanlashda bir qator omillarni hisobga olishi lozim va ularning asosiylari quyidagilar:
korxonaning mulk shakli bozor ulushi;
texnik qurollanganligi;
tovar ta'minoti shartlari;
xizmat koʻrsatuvchi bozori va undagi aholi soni;
savdo korxonalarining boshqa tashkilotlar bilan aloqalari va munosabatlari;
transport va kommunikasiyani rivojlanganlik holatlari va boshqalar.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash va tuzilmaviy siljishlar asosida eksportni ragʻbatlantirish va eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratilishi lozim. Buning uchun tovar va xizmatlarini tashqi bozorda muvaffaqiyatli sota oladigan maxsus tashqi savdo tashkilotlarini rivojlantirish; sifatni boshqarishning xalqaro faoliyatini amaliyotga tatbiq etish yo`li bilan tovarlar raqobatbardoshligini oshirish; eksportga chiqarilayotgan yuklarga transport xizmati koʻrsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Zamonaviy toʻqimachilik sanoatini tashkil qilish, masalan boshqa tarmoqlar mahsulotlarining taklifiga (sifatli ip kalava, sifatli buyoqlar yetkazib beruvchi rivojlangan kimyo sanoati, zamonaviy chakana savdo faoliyatining mavjudligi) bog`liqdir. Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish uchun zaruriy xom ashyolarni yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchi korxonalarning koʻmagi kerak boʻladi, faqat ana shunday kompleks yondashuv tufayligina sanoatda raqobatbardoshlikni oshirishga va kelgusida iqtisodiy oʻsishga erishish mumkin. Xorijiy investisiyalarni jalb qilish soxasidagi siyosat tarmoq klasterlarini tashkil qilishni ragʻbatlantirishga, ya'ni peshqadam tarmoqlar atrofida strategik quyi tarmoqlarni rivojlantirishga asoslangan boʻlishi lozim.
Bu jarayonda, birinchi oʻringa iste'molchilarning nimani afzal koʻrishlarini oʻrganish, bozor talablari hamda resurslardan samarali foydalanish orqali assortimentni aniqlash va ishlab chiqarish dasturini optimallashtirish masalalari chiqadi.
Tovar siyosatini bosqichma-bosqich amalga oshirishda ma'lumotlar bazasi sifatida korxona hisob faoliyati va bozorni oʻrganish yordamida olinadigan birlamchi ma'lumotlardan foydalanish taklif etiladi. Rasmda har bir bosqich uchun baholash mezonlari hamda boshqaruv qarorlarining taxminiy_yo`llari tavsiya qilingan. Uslubiyot natijasida, realizasiya qilish va foyda olish nuqtai nazaridan iste'molchilar talablariga va yana korxona maqsadlariga, ularni ishlab chsharish hajmlariga javob beradigan eng istiqbolli tovarlarni aniqlash hisoblanadi. Halqaro standartlarga koʻra, tovar siyosatining maqsadi sifatida marjinal foydani maksimallashtirish konsepsiyasi yotadi, chunki aynan bunday yondashuv ishlab chiqarish hajmlari, tannarx va foyda oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni toʻlikroq hisobga olish hamda ularning korxonani muvaffaqiyatli faoliyatiga ta'sirini oʻlchashga yordam beradi. Bunda quyidagilarni qayd etish maqsadga muvofsh:
assortimentning iqtisodiy tahlili, har bir assortiment pozisiyasi yoki guruhining korxona faoliyatining yakuniy natijasiga koʻshgan hissasi tahlilini amalga oshirish orqali eng istiqbolli va muammoli tovarlarni, korxonaning resurs zaxiralari hamda salohiyatli imkoniyatlarini belgilashga yordam beradi.
tovar siyosatini shakllantirish bo`yicha marketing tadqiqotining muammolaridan biri - taniqli mahsulot bo`yicha aholining turli xildagi ehtiyojlarini eng tulik qondiradigan hamda ma'lum cheklovlar bilan qondirish.
Shuning uchun assortimentni aniqroq tuzish maqsadida marketing tadqiqotini oʻtkazish lozim. Uning natijasida korxona xaridorlarning mahsulotga munosabati, ularning e'tirozlari va takliflari haqida axborotga ega boʻlishi keraq Marketing tadqiqoti natijalarining tahlilidan soʻng keyingi bosqich - tovarlarni bozorga aynan mosligini integral koʻrsatkichini shakllantirish hamda tahlil qilishga oʻtish mumkin.
Bizning fikrimizcha, korxonada ishlab chiqarish dasturini ishlab chiishning vositalari boʻlib optimal rejalashtirish usullari xizmat qilishi mumkin. Optimallik mezonini tanlash korxonaning maqsadlari va shakllangan bozor vaziyati bilan belgilanishi keraq Xususan, foydani maksimallashtirish talabning taklifdan ortiqligi sharoitida, xarajatlarni minimallashtirish esa talabning tuyinganligi sharoitida maqsadga muvofikdir. Cheklovchi shartlar sifatida korxonaning resurslarini (moddiy, mehnat, moliyaviy), ishlab chiqarishning zarar kurmaslik nuqtasini, mahsulotga talab mikdorini koʻrish mumkin.
Mazkur bosqichning algoritmi qarorlarni qabul qilish jarayonini stanartlashtirish uchun belgilangan hamda ishlab chsharish assortimenti va hajmlarini bozor sharoitlariga va korxonaning resurs cheklanishlariga muvofiq optimal rejalashtirishga yordam beradi. Bu bosqichning marketing tadqiqotlariga asoslangan izchil tahlili hamda har bir assortiment pozisiyasi uni bozorga aynan mosligi nuqtai nazaridan baholashga yordam beradi.
Baholashning eng muhim qoʻrsatqichlari yigʻindisi marketing tadqiqoti yo`li bilan aniqlanadi. Bunda barcha sifat qoʻrsatqichlari miqdor shakliga qeltirilib, aynan moslik-koeffisienti, ularning salmogʻini hisobga olgan holda, har bir tovarning haqiqatdagi qoʻrsatqichlarini afzal qoʻrilganiga nisbatining oʻrtacha arifmetik qoʻrsatqichi sifatida hisoblanadi. Koeffisientning qiymatiga qarab firma tovarni oʻzgartirmaslik uni bozorga chiqarish, modifiqasiya qilish, oʻzgartirish yoqi ishlab chiqarishdan olib tashlash qabi mavjud qarorlardan birini qabul qiladi.
Mazqur vazifaning bajarilishi bir necha bosqichni oʻz ichiga oladi:
baholashning oʻlchov kattaliklarini belgilash (har bir tovarni baholash bo`yicha eng muhim qoʻrsatqichlar yigʻindisi);
koʻrsatqichlarni miqdoriy shaklga qeltirish;
har bir oʻlchov kattalikning salmogʻini aniqlash;
har bir tovar va assortiment gypuhi va butun assortimentning bozorga aynan mosligi koeffisientlarini hisoblash;
tovarlarning bozorga aynan mosligi koeffisientlari tahlili.
Ushbu bosqichlarni bajarishdan oldin tovarning bozorga aynan mosligi koeffisienti nimani bildirishini tushunib olish muhimdir. Bu ishlab chiqarilayotgan mahsulotning samaradorligini ishlab chiqarish va realizasiya qilin niqtai nazaridan aqs ettiruvchi integral qoʻrsatqichdir. U kompleks qoʻrinishida boʻlishi xamda umumlashtirishning yuqori darajasiga ega boʻlishi, nisbiy boʻlishi, sonlar bilan ifodalanishi, umumlashtiradigan koʻrsatkichni topish uchun barcha birlamchi koʻrsatkichlar miqdoriy shaklda boʻlishi xamda ishlab chiqarishning ichki xisoboti ma'lumotlari yoqi marketing tadqiqtlari asosida qulay xisob-qitob yordamida tanimanishi kerak.
Bozorga aynan moslik koeffisienti xisob-kitob uchun kabul qilingan koʻrsatkichlarning xaqiqatdagi ma'nolarini eng yaxshi koʻrsatkichlarga mosligini koʻrsatadi. U tovarni etalon nusxasiga yaqinlashish darajasini ta'riflaydi va bozordagi eng raqobatbardosh mahsulotni koʻrsatadi. Biroq, test sinovidan oʻtkaziladigan tovarni yetakchi tovar bilan solishtirish munozarali masaladir. Chunki ular turli koʻrsatkichlarga koʻra xar xil oʻrinlarni egallashlari mumkin. Bundan tashqari, tahlilga kiritmaslik sababli kuchli rakobatchilarni ularni anqla\amaslik xavfi xam mavjud. Taqqoslash uchun ma'lum bir etalonni yaratish xam maqsadga muvofiq emas. Chunki, talab kuchli darajada differensiyalashgan boʻlishi mumkin. Tovar rakobatbardoshligi koʻrsatkichi, xaridorlarning tovarga boʻlgan munosabatlari darajasi boʻlishi mumkin, ya'ni mazkur tovarni sotib olinishi uni ma'lum bir bozorda, ma'lum vakt oralgʻtida yuqopipok jozibadorligi xakida dalolat beradi. Rakobatbardoshlikning muhim tarkibiy kismlari mahsulot, korxona xamda boshqa shartlarga koʻra oʻzgarishi mumkin, ya'ni xar bir tovar uchun doimo, teztez oʻzgartirilib turiladi.
Demak birinchi navbatda iste'molchilarning talabi va nimani yaxshi koʻrishlariga, bozor shartlariga qarab ish tutmok lozim. Tovarning bozor talablariga aynan mosligi (ya'ni muvofikligi) baholanadigan ta'riflari sifatida uning ma'lum bir segmentga karashli xaridarlar uchun eng katta ahamiyatga ega boʻlgan mezonlari va xususiyatlari olinadi. Bunday koʻrsatkichlar marketing tadkikati natijasiga koʻra tanlanadi. Bunda ba'zi koʻrsatkichlar xaridorlar uchun muhimrok, boshqalari esa - kamroq ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Shuning uchun koeffisientni hisoblashda har bir oʻlchovning salmogʻini belgilash lozim. Bu holda olingan karorlarni hisobga olingan omillar toʻliqligi nuqtai nazaridan tahlil qilish hamda zarur boʻlgan hollarda tegishli oʻzgartirishni kiritish kerak. Eng muhim bashqaruv karorlarini qabul qilish paytida ilmiy izlanishlarni mutaxassislar tajribasi, bilimi, aql-idrokidan foydalanish katta samara keltiradi.
|
| |