-BOB. TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI BOZORIDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI




Download 250,41 Kb.
bet13/26
Sana07.06.2024
Hajmi250,41 Kb.
#261142
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Xolmuminov BMI

2-BOB. TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI BOZORIDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI
2.1 Toʻqimachilik sanoati mahsulotlari bozorini rivojlanishida marketing tadqiqotlaridan foydalanishning jahon tajribasi va undan foydalanish
Toʻqimachilik sanoatini rivojlantirishni ragʻbatlantirish yo`li bilan aholi bandligini oshirish nafaqat davlat byudjetiga tushumlarni sezilarli darajada koʻpaytiradi, balki ijtimoiy muvozanatni ta'minlashning muhim omili ham sanaladi va bu sohaning rivojlanishi mamlakatlar iqtisodiyotida quyidagi jihatlari bilan hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ushbu muammoni hal etishda toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish muhim bir tarkibiy boʻgʻin ekanligini jahon iqtisodiyoti rivojlanishida ham koʻrish mumkin.
Birinchidan, toʻqimachilik sanoati mehnat bilan band qilish bo`yicha serunum tarmoq hisoblanib, masalan, bu sohaga jalb qilingan 1 mln. dollar miqdoridagi investisiyalar qoʻshimcha ravishda 100 dan 200 gacha yangi ish oʻrinlarini yaratishi mumkin. Shuni alohida aytish joizki, huddi shu miqdordagi investisiyalar yoqilgʻi-energiya majmuasi tarmogʻiga jalb qilinganda, faqat 8-10 ish oʻrinlari, mashinasozlikda esa 12-15 gacha ish oʻrinlari yaratilgan boʻlardi.
Ikkinchidan, toʻqimachilik sanoati rivojini tezlatishga moʻljallangan sanoat siyosatining yuqori samara berishi bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarning ijobiy tajribasi bilan tasdiqlanadi. Masalan, Xitoy, Turkiya, Filippin, Tayvan, Gonkong va boshqa Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari shular jumlasidandir.
Uchinchidan, jahon tan olgan ilgor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab -chiqaruvchilar savdo belgisidan foydalana olish, buning uchun marketing va marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish lozim boʻladi.
Toʻqimachilik sanoati sohasidagi oʻzgarishlar asosan mahsulot turlarini koʻpaytirish, egiluvchan, davr talabiga moslashuvchan tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni koʻpaytirish evaziga amalga oshayotganidan darak beradi. Raqobatda yutib chiqish uchun ishlab chiqaruvchi iste'molchi talab va istaklariga tezlikda e'tibor berayotgani toʻqimachilik sanoatining rivojlanishi asosini tashkil etadi. Shu bilan birga, aholisi zich joylashgan davlatlar va mintaqalar xususan Xitoy, Hindiston va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida kuzatilayotgan yuqori iqtisodiy oʻsish sharoitida aholi jon boshiga toʻgʻri kelayotgan toʻqimachilik sanoati mahsulotlar hajmi boshqa davlatga nisbatan ancha yuqori hisoblanadi.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish Tashkiloti(OESR)ning, ma'lumotlariga koʻra, toʻqimachilik va yengil sanoat hozirda jahonning yetakchi sanoat tarmoqlari tarkibiga kirib, yillik ishlab chiqarish hajmi 1,6 trln. AQSh dollaridan ortib ketdi va mashinasozlik avtomobilsozlik kimyo va mudofaa sanoatlarining yillik ishlab chiqarish hajmidan koʻproq miqdorni tashkil etadi. hozirgi kunda jahon toʻqimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari ichida Xitoy Xalq Respublikasida bu mahsulotlar ulushi 28%ga, Turkiyada 21 %ga, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 15%, AQShda 6%ga teng.Shu bilan birga Yevropa Ittifoqi (20%) AQSh (22%) bilan birgalikda toʻqimachilik va yengil sanoat mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari ham hisoblanadilar17. Toʻqimachilik sanoati mahsulotlariga talabning har doim ortib borishi va olinadigan foydaning yuqoriligi natijasida, bu soha hozirgi paytda rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar orasidagi keskin raqobatning asosiy markaziga aylanib qolgan.
Soʻngi 10-15 yil ichida butun dunyo toʻqimachilik sanoati jiddiy oʻzgarishga duch keldi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi natijasida toʻqimachilik va yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarishning markazi Yevropa davlatlari va AQSh dan Janubiy-Sharq, Janubiy Amerika mamlakatlari tomon oʻzgarmoqda. Xitoy, Pokiston, Hindiston, Turkiya va boshqa sharq mamlakatlarida keyingi vaqtlarda yillik oboroti 500 mln. AQSh dollaridan yuqori boʻlgan, zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollangan, yuzdan ortiq xilda mahsulot ishlab chiqaradigan koʻplab yengil sanoat kompaniyalari tashkil etildi. Ular dunyo bo`yicha ishlab chiqarilayotgan to`qimachilik mahsulotlarining asosiy hajmini yetkazib berayapti.
Jahonda turli paxta va ipak tolasidan tayyorlangan mahsulotlarga quyilgan kvotalar toʻgʻrisidagi bitim bekor qilinganligi sababli xalqaro bozordagi ushbu tovarlarga boʻlgan raqobat koʻrashi keskinlashib ketdi. Bu esa, oʻz navbatida sifatli va qiymati arzon boʻlgan tovar mahsulotlari ishlab chiqarayotgan kompaniyalarni raqobatda gʻolib boʻlishini ta'minlaydi. Jahon Savdo Tashkilotining ma'lumotlariga koʻra, 2022-yilda toʻqimachilik sanoti mahsulotlarining jahon savdosidagi hajmi 10%ga oshdi.. Shuni ta'kidlash kerakki, Xitoy Xalq Respublikasi jahon bozoriga toʻqimachilik mahsulotlarini yetkazib berish boʻyichsa Yevropa ittifoqini ortda qoldirdi. Rivojlangan davlatlar – AQSh, Kanada, va Yevropa ittifoqida toʻqimachilik sanoati mahsulotlari eksporti dinamikasi 2022 yilda oʻsish sur'atlarini deyarli ikki barobar pasayishini koʻrsatadi. Xitoy mahsulotlarini yetkazib berishning chegaralanishiga AQSh va Yevropa ittifoqidagilarning import kvotalarini joriy etilishi sezilarli darajada ta'sir koʻrsatganligigaiga qaramasdan Xitoyning umumiy eksport hajmiga katta ta'sir koʻrsatmadi.Mamlakatimiz toʻqimachilik sanoati eksportida ham keyingi yillarda sezilarli ijobiy natijalarga erishilmoqda. Keyingi yillarda Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati mahsulotlari eksportida xorijiy mamlakatlar soni oshib bormoqda. Agar 2017-yili Oʻzbekiston toʻqimachilik sanoati mahsulotlari jahonning 49 davlatiga eksport qilingan boʻlsa, 2022 yilga kelib bu koʻrsatkich 78 davlatni tashkil etdi.

Download 250,41 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Download 250,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-BOB. TOʻQIMACHILIK MAHSULOTLARI BOZORIDA MARKETING TADQIQOTLARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO`LLARI

Download 250,41 Kb.