• (i j k) (birlik vektor belgisi).
  • x,y,z (noma’lumlar,o’zgaruvchilar)




    Download 202 Kb.
    bet15/20
    Sana19.09.2024
    Hajmi202 Kb.
    #271690
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
    Bog'liq
    Matematik simvollar tarixi

    x,y,z (noma’lumlar,o’zgaruvchilar).
    Matematikada bu o`zgaruvchi kattaliklar tirli xil ifodalarni xarakterlaydi. O`zgaruvchilar haqida dastlabki tasavvurlar 17-asrda tabiatshunoslar so`rovlari ta`siri ostida yuzaga kelgan. Bu tasavvurlar o`zining ifodalanishida yangi formalarni talab qildi. Yangi formalar Reni Dekardning harfiy algebra va analitik geometriyalari hisoblandi. Birinchi marta 1637-yilda Rene Dekard o`zining asarida to`g`ri burchakli koordinatalar sistemasi va x,y,z belgilanishini kiritgan. Koordinatali usulning rivojlanishiga yana Pyer Ferma o`z hissasini qo`shgan, lekin uning ishlari o`lganidan so`ng birinchi marta chop etilgan. Dekart va Ferma koordinatali usulni faqat tekislikda qo`llashgan. Koordinatali usulni birinchi marotaba uch o`lchovli fazoda 18-asrda Leonard Eyler qo`llagan.


    arcsin (Teskari trigonometrik funksiya).
    Teskari trigonometrik funksiyalarni ifodalashda “arc” qo`shimchasini qo`shishni avstriyalik matematik Karl Sherfer (nemischa Scherffer) (1716-1783)yaratgan va Lagranj tomonidan saqlanib qolingan.
    Arc so`zi lotinchadan olingan bo`lib, “arcus”-“yoy” degan ma`noni anglatadi. Buning ma`nosi shuki masalan:oddiy sin bilan aylana yoyi orqali uni tortib turuvchi vatarni topish mumkin, teskari funksiya esa buning qarama-qarshisini bajaradi. Ingliz va nemis matematika maktablari 19-asr oxirigacha “sinˉ¹” ifodani taklif qilishdi, lekin bular ko`p yashamadi.


    (i j k) (birlik vektor belgisi).
    Birlik vektorlarni odatda koordinatalar sistemasidagi koordinatalar o`qi bilan bog`lashadi (ko`p hollarda dekart koordinatalar sistemasi o`qlari sifatida ). ox o`qiga yo`nalgan birlik vektor “i” bilan, oy o`qiga yo`nalgan birlik vektorni “j” orqali, oz o’qiga yo`nalgan birlik vektorni “k” bilan ifodalanadi.i j k vektorlar ortlar deb nomlanadi va ularning moduli birga teng. “Ort” terminini ingliz matematigi, injener Oliver Xevisayd 1892-yilda fanga kiritgan. i, j, k –belgilashni esa irlandiyalik matematik Uilyam Gamilton 1853-yilda fanga kiritgan.



    Download 202 Kb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Download 202 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    x,y,z (noma’lumlar,o’zgaruvchilar)

    Download 202 Kb.