|
Matematik simvollar tarixi
|
bet | 18/20 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 202 Kb. | | #271690 |
Bog'liq Matematik simvollar tarixiF ′(x) (hosila belgisi).
Hosilaning shtrix orqali qisqacha ko`rinishini Jozef Lui Lagranj hosila belgilarini “yʹ,f ʹ(x)” birinchi marta qo`llagan.
Hosilani harf yuqorisiga nuqta qo`yish orqali ifodalash Nyutonning 1691-yilgi fikri edi.
F(x) (funksiya belgisi).
Funksiyaning y=f(x) ko`rinishini Leonard Eyler 1734-yilda birinchi bo`lib ishlatgan. Va fanda shu ko`rinishda saqlanib qolgan.
Uzoq vaqtlar matematiklar argumentni qavssiz ishlatib kelishgan: fx, qavslar faqat funksiyada ko`p argument kelgan holdagina ishlatilgan, yana argument qiyin ifodalar bilan ifodalansagina qavslar ishlatilgan. O`sha davrning qoldiq sarqitlarini hali ham ko`rish mumkin. Masalan: sinx, lgx va hokazo. Lekin har doim ham qavs ishlatilishi umumiy qoida bo`lib qolgan.
! (faktorial belgisi).
“Faktorial” terminini fanga fransuz matematigi va siyosiy arbob Lui Fransua Antuan Arbogart (1800), n ! belgilanishini esa fransuz matematigi Kristian Kramp (1808) fanga kiritgan.
∂ ∕ ∂x (Xususiy hosilani).
Xususiy hosilani keng qo`llash uchun oldin Karl Yakobi (1837), undan keyin Veyershtrass taqdim qigan. Lekin undan oldin bu tushuncha Lejandrning 1786-yildagi ishlarida uchragan edi.
dx (differensial belgisi).
differensial tushunchasi hosila va analizga eng ko`p ishlatiladigan “dx” simvolini Leybnist fanga kiritgan.
xₐ (indeks belgisi).
Bir jinsli o`zgaruvchilarning raqamlanishining indekslarining zamonaviy ko`rinishini Nyuton 1717- yilda kiritgan. Boshlanishida tipografik cheklashlar sababli indekslar qatordan pastda emas, balki o`sha qatorda yozilgan. Matritsa elementlari uchun ikkilangan indekslarni keng ommaga Yakobi 1835-yilda taklif qilgan.
∆x (orttirma belgisi).
Ayirma, ortirma I.Bernulli (XVII oxiri-XVIII asrning birinchi yarmi), L.Eyler (1755) Orttirma D harf bilan belgilanishini shvetsareyalik matematik Lodann Bernulli ishlatgan. Umumiy amaliyotda “ delta” beldisini ishlatish Leonard Eylerning 1755 yildagi ishlaridan so’ng ishlatilgan.
D deb belgilanishini ingliz fizigi va matematigi Robert Mo`rfi 1833-yilda fanga kiritgan.
|
| |