Matematik simvollar tarixi




Download 202 Kb.
bet5/37
Sana22.07.2021
Hajmi202 Kb.
#15495
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Ulug`bek.

Ulug`bek-buyuk o`zbek olimi va davlat arbobi. U Temur (1336-1405) ning nabirasi. Ulug`bekning otasini Shohruh (1377-1447) ham davlat arbobi bo`lgan. Asl nomi Muhammad Tarag`ay.

1409-yil Shohruh otasining davlati o`rnida ikkita mustaqildavlat tuzdi: biri- Xuroson-markazi Xitarot, ikkinchisi-Movonounnahr-markazi samarqand. Hirotni Shohruhning o`zi boshqardi. Movarounnahrni boshqarishni esa Ulug`bekka topshirdi.

Ulug`bekning ilm-fanga qiziqishida, birinchidan, bobosi-Temur bilan o`zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi Shoirlar va olimlar bilan o`tkaziladigan suhbatlar, otasi-Shohruhning noyob kitoblarni sevishi va yig`ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Ptolemey, Menelaylarning, shuningdek, o`z vatandoshlari-Xorazmiy, Ahmad Farg`oniy, Xo`jandiy, Beruniy, Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo`lishi, o`sha zamonda O`rta Osiyoda matematika,astranoniya va bu aniq fanlardan yetuk asarlar mavjudligi sabab bo`lgan. Bu Shart-Sharoitlarning hammasi Ulug`bek ilmiy yo`nalishining shakllanishiga, Samarqandda “Astranomiya maktabi“ ning vujudga kelishiga sabab bo`ldi.

Ulug`bek madrasasi va rasadxonasida Qozizoda Rumiy (u Vizantiya imperyasining Brussa shahrida 1360-yili tug`ulgan. Vizantiya-G`arbiy rim imperyasini sharqda “Rum” deb atashgan), G`iyosiddin Koshiy, Ulug`bekning shogirdi Mavlono Aloviddin Ali ibn Muhammad Qushchi (Ali Qushchi) (1402-1474) va bu olimlar ishlaganlar.

Ulug`bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri “Ulug`bek ziji” yoki “Ziji Ko`ragoniy” deb ataluvchi astronomik jadvallardir. Zij kirish, ya`ni nazariy qism va Ulug`bek rasadxonasidao`tkazilgan kuzatishlar bo`yicha tuzilgan jadvallardan iborat. Zijda yil hisobi jadvallari, trigonometrik jadvallar, sayyoralar harakati jadvali va yulduzlar ro`yxati bor. Yil hisobida Sharq xalqlari qabul qilgan xijriy, yunon, Yozdigard eralarini hisoblash usullari va bu eralar orasidagi bog`lanishlar, Malikshoh erasi, Xitoy va Uyg`ur eralari bayon etiladi, bu eralardagi muhim sanalar ko`rsatriladi. Hijriy eradagi kabisa yillari haqida gapirib, unda 30-yilda 11 ta kabisa yili bo`lishi qayd qilinadi.

Ulug`bekning trigonometrik jadvallari 10 ta o`nli xona aniqligida hisoblangan. Hisoblash vositalari deyarli bo`lmagan bir davrda bu ishlarni bajarish uchun anchagina hisobcholar talab qilingan bo`lishi lozim. Ehtimol, hisoblash markazi bo`lgandir?! Ulug`bekning sinus va kosinuslar jadvallari bir minut oraliq bilan tizilgan. Zij Ulug`bek bir gradusning sinusini hisoblash uchun alohida risola yozganligi qayd qilinadi. Ammo uning bu asari hozircha topilmagan. Zilning amaliy astronomiyaga taalluqli qismida ekliptikaning ekvatorga og`ishi, osmon yoritqishlarining koordinatalarini aniqlash, Yerdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor.

Ulug`bek Oy ba Quyosh tutilishlarini ikki usulda: birinchidan, O`zi tuzgan jadvallar yordamida, ikkinchidan, bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va bu usullarga doir misollar keltiradi.

Ulug`bekning yulduzlar ro`xati 1018 yulduzdan iborat bo`lib, joylashtirilgan. Ro`yxatda har bir yulduzningf turkumdagi nomeridan tashqari, uning yulduz turkumidagi o`rnining qisqacha tavsifi, 1437-yildagi teng kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va kengligi berilgan.

Reaksion doiralar tazyiqi ostida Ulug`bekning o`g`li Abdulatif 1449-yol kuzida otasini Makkaga safari bahonasida Samarqand yaqinida qatl ettirdi. Ulug`bek jasadi Samarqandda dafn etilgan.




Download 202 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 202 Kb.