T a' r i f. Yopiq ko'pyoqli sirt bilan uning ichki sohasining birlashmasi ko'pyoq deyiladi. T a' r i f




Download 0,77 Mb.
bet55/63
Sana12.01.2024
Hajmi0,77 Mb.
#135432
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
Bog'liq
To\'garak. 10-11

T a' r i f. Yopiq ko'pyoqli sirt bilan uning ichki sohasining birlashmasi ko'pyoq deyiladi.
T a' r i f. Ko'pyoqli sirt va uning ichki sohasi mos ravishda ko'pyoqning sirti va ko'pyoq-ning ichki sohasi deyiladi.
T a' r i f. Ko'pyoqli sirtning yoqlari, qirralari, uchlari mos ravishda ko'pyoqning yoqlari, qirralari va uchlari deyiladi.
T a' r i f. Ko'pyoqning bir yog'iga tegishli bo'lmagan ikki uchini biriashtiruvchi kesma ko'pyoqning diagonali deyiladi (6- rasm).


6- rasmda ABCDEF oltiyoq va uning diagonali DF, BE tasvirlangan. Ko'pyoqlar ko'pburchaklar singari qavariq (6-rasm) va noqavariq bo'lishi mumkin.
Biz faqat qavariq ko'pyoqlarni o'rganamiz. Agar ko'pyoqning o'zi uni chegaralovchi tekisliklarning har biridan bir tomonda yotsa, bunday ko'pyoq qavariq ko'pyoq deyiladi. Qavariq ko'pyoqning sirti bilan uni chegaralab turgan tekislikning umumiy qismi yoq, ko'pyoqlarning tomonlari uning qirralari, uchlari esa ko'pyoqning uchlari deyiladi.

6-rasm
Masalan, kub — qavariq ko'pyoqdir . Uning sirti 6 ta kvadratdan tashkil topgan: ABCD; BEFC; AKQD; CDQF; KEFQ; ABEK. Bu kvadratlar kubning yoqlaridir. Kvadratlaming AB, ЈC, BE, ... tomonlari kubning qirralari bo'ladi. Kvadratlarning A, B, C, D, E, F, Q, K uchlari kubning uchlari bo'ladi. Kubda 6 ta yoq, 12 ta qirra va 8 ta burchak bor.

Muntazam ko'pyoqlar


T a' r i f. Agar ko'pyoqning barcha yoqlari o'zaro teng muntazam ko'pburchaklar va uning barcha ko'pyoqli burchaklari yoqlarining soni bir xil bo'lsa, bunday ko'pyoq
muntazam ko'pyoq deyiladi.
Muntazam ko'pyoqlardan kub va muntazam tetraedr bizga ma'lum. Muntazam ko'pyoqlarning yana uch turi mavjud. Bular muntazam sakkizyoq (munta-zam oktaedr),muntazam yigirmayoq (dodekaedr), muntazam o'nikkiyoq (ikosaedr). Muntazam ko'pyoqlarning aytib o'tilgan beshta qavariq turidan boshqa hech qanday turi mavjud emas (buni qadimiy yunon faylasufi Platon kashf qilgan deb taxmin qilinadi).

Download 0,77 Mb.
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Download 0,77 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



T a' r i f. Yopiq ko'pyoqli sirt bilan uning ichki sohasining birlashmasi ko'pyoq deyiladi. T a' r i f

Download 0,77 Mb.