|
Matematika fanidan to’garak ish rejasi
|
bet | 57/63 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 0,77 Mb. | | #135432 |
Bog'liq To\'garak. 10-11To’g’ri prizma
Ta’rif: Agar prizmaning yon qirrasi asoslariga perpendikular bo'lsa, bunday prizma to'g'ri prizma deyiladi. Aks holda og'ma prizma deyiladi. To'g'ri prizmaning yon yoqlari to'g'ri to'rtburchaklardir. To'g'ri prizmani rasmda tasvirlashda uning yon qirralari vertical qilib o'tkaziladi (6- rasm).
Ta’rif: Agar to'g'ri prizmaning asoslari muntazam ko'pburchaklar bo'lsa, bunday prizma muntazam prizma deyiladi. Prizmaning yon sirti (aniqrog'i yon sirtining yuzi) deb yon yoqlari yuzlarining yig'indisiga aytiladi. Priynaning to 'la sirti yon sirti bilan asoslari yuz-larining yig'indisiga teng.
1.1-t e o r e m a. To'g'ri prizmaning yon sirti asosining perimetri bilan balandligining, ya'niyon qirrasi uzunligining ko'paytmasiga teng.
M a s a l a (22).
Og'ma prizmada uning yon qirralariga perpendikular va hamma yon qirralarini kesib o'ta-digan kesim o'tkazilgan. Kesimning perimetri p ga, yon qirralari esa l ga teng bo'lsa, priz-maning yon sirtini toping.
Ye c h i 1 i s h i. O'tkazilgan kesim tekisligi prizmani ikki qismga ajratadi (14- rasm). Ulardan birini prizma asoslarini ustma-ust tushadigan qilib parallel ko'chiramiz. Natijada asosi berilgan prizmaning kesimi, yon qirralari esa /ga teng to'g'ri prizmani hosil qilamiz. Bu prizmaning yon sirti berilgan prizmaning yon sirtiga teng bo'ladi. Shunday qilib, berilgan prizmaning yon sirti pi ga teng.
Parallelepiped
T a’ r i f: Prizmaning asosi parallelogramm bo'lsa, bunday prizma parallelepiped deyiladi. Parallelepipedning hamma yoqlari parallelogrammlardir. Parallelepipedning umumiy uchlarga ega bo'lmagan yoqlari qarama-qarshi yotgan yoqlar deyiladi.
1.2- t e o r e m a. Parallelepipedning qarama-qarshi yotgan yoqlari parallel va teng.
ikkiga bo'linadi.
1.3- teoremadan parallelepiped diagonallarining kesishgan nuqtasi uning simmetriya markazi ekani kelib chiqadi.
T a’ r i f Asosi to'g'ri to'rtburchakdan iborat to'g'ri parallelepiped to'g'ri burchakli parallelepiped deyiladi. To'g'ri burchakli parallelepipedning hamma yoqlari to'g'ri to'rtburchaklardan iborat.
T a’ r i f: Hamifta qirrralari teng bo'lgan to'g'ri parallelepiped kub deyiladi.To'g'ri burchakli parallelepipedning parallel bo'lmagan qirralarining uzunliklari uning chiziqli o'lchovlari deyiladi. To'g'ri burchakli parallelepipedda uchta chiziqli o'lchovi bor.
|
| |