• Ko‘p o‘lchovli taqsimot funksiya va uning ba’zi tatbiqlari» mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI
  • R YE J A KIRISH Asosiy qism 1 §. Tasodifiy miqdorlar va taqsimot funksiyalar 2-§. Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar
  • Matematika informatika fakulteti




    Download 1.66 Mb.
    bet1/6
    Sana27.04.2024
    Hajmi1.66 Mb.
    #209666
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Akbaraliyeva Asila
    Shoxista BMI, 1 Garri Potter va Qaqnus ordeni. Joanna Ketlin Rouling. Toshkent-2019, Obodonlashtirish istiqbol rejasi 42 , BLOKCHEYNTEXNOLOGIYASININGISHLASHPRINTSIPIVAQOLLANILISHI, 2.9 Amaliy va laboratoriyaiya mashg‘ulotlarini tashkil etish texnologiyalari, Eshitishida nuqsoni bo

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI


    MATEMATIKA INFORMATIKA FAKULTETI


    Matematika yo‘nalishi
    20.04 gurux bitiruvchisi
    Akbaraliyeva Asila qizining


    «Ko‘p o‘lchovli taqsimot funksiya va uning ba’zi tatbiqlari» mavzusidagi


    BITIRUV
    MALAKAVIY ISHI
    Ilmiy raxbar: fizika-matematika fanlari nomzodi,
    dotsent A.E.Madraximov
    Farg‘ona 2024
    Bitiruv malakaviy ishi kafedraning 20____yil ____ _______dagi ____ yig‘ilishida muhokama qilingan va himoyaga tavsiya etilgan.
    Kafedra mudiri K.Kodirov

    Taqrizchilar: 1.


    2.


    R YE J A
    KIRISH
    Asosiy qism
    1 §. Tasodifiy miqdorlar va taqsimot funksiyalar
    2-§. Ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlar
    3-§ . Ikki o‘lchovli tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasi va
    uning xossalari.
    4-§. Ikki o‘lchovli tasodifiy miqdorning zichlik funksiyasi
    va uning xossalari.
    5-§. Ikki o‘lchovli tasodifiy vektorlarning taqsimotlarini
    topish.


    Xulosa
    Adabiyotlar.


    KIRISH

    Mamlakatimizda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun avvalo yosh, iqtidorli kadrlar zarur. Shuni nazarda tutgan holda, biz sizlarning boy bilim va tajribalangizga tayanamiz. Shu maqsadda sizlarni, ilmiy yo‘nalishlaringizdan kelib chiqib, respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga hamda ishlab chiqarish korxonalariga, vazirlik va idoralarga, yirik banklarga biriktirishni lozim topdik.


    Sizlarning har biringiz biriktirilgan ta’lim muassasalarida ilmiy maktablaringizni tashkil etishingiz, yuqorida zikr etilgan texnopark va innovatsion markazda esa innovatsion ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha zarur maslahatlar berib borishingiz ko‘zda tutilmoqda.
    Bu ishlarni amalga oshirishni moddiy ta’minlash uchun biriktirilgan ishlab chiqarish korxonalari vazirlik va idoralar hamda banklar mas’ul bo‘ladi.
    Allomalar, siymolar merosi Markaziy Osiyoda o‘tmishda ilm-fan, madaniyatning barcha sohalari, tarmoqlari rivojlangani, ularning ijodlari ko‘pqirrali bo‘lganligi, faoliyatida ilm-fan bilan bir qatorda din, axloq, insonning ma’naviy dunyosi, jamoaning hamjihatligi, uni odilona boshqarish, saodati masalalari muhim o‘rin tutganligidan dalolat beradi.
    Yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda hozirda yoshlarda mustaqillik ma’naviyatini tarbiyalash barcha tarixiy-madaniy boyliklarning asosiy tomonlarini o‘rganish, milliy madaniyatimiz rivoji, davrlari, taraqqiyot qonuniyatlari, ma’naviy boyliklari yaratgan yirik siymolar, donishmand adiblarning merosini o‘zlashtirish, boshqa rivojlangan mamlakat madaniyati yutuqlarini o‘rganish, ularga hurmat-izzatda bo‘lishni, bu masalalar bo‘yicha keng ta’lim, o‘quv-o‘qituv ishlarini olib borish talab etadi. Bu mustaqillik sharoitida yosh avlodni milliy-madaniy boyliklarini yaxshi bilgan, milliy g‘urur, vatanparvarlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, dunyo madaniy rivojlanish darajasidan xabardor bo‘lib yetishuvida yetakchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Ushbu bitiruv-malakaviy ish ko‘p o‘lchovli taqsimot funksiyaning xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bakalavr o‘quv dasturida ushbu mavzuga ikki soat ma’ruza va ikki soat amaliy mashg‘ulot uchun ajratilganligi sababli, ushbu ajratilgan vaqt davomida ko‘p o‘lchovli tasodifiy miqdorlarning barcha xossalarini o‘rganib chiqish, alohida xarakterga ega bo‘lgan xususiyatlarini ochib beruvchi nazariy bilimlarni berish, mavzuning ma’nosini yorituvchi misollar keltirishning imkoniyati deyarli chegaralangan. Shu maqsadda ushbu mavzusi kengroq yoritish maqsadida bitiruv-malakaviy ish uchun asosiy mavzu sifatida tanlab olindi.
    Bitiruv-malakaviy ishda asosan ikki o‘lchovli tasodifiy vektorning taqsimot funksiyasi, zichlik funksiyasi, marginal taqsimot funksiyalar, marginal zichlik taqsimot funksiyalar, shartli taqsimot va shartli zichlik taqsimot xususiyatlari batafsil bayon qilindi. Bundan tashqari, har bir xossani xarakterlovchi misollar keltirishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga bir o‘lchovli taqsimot bilan ko‘p o‘lchovli taqsimot o‘rtasidagi farqlanuvchi xossalarini ham alohida ta’kidlash masalasiga ham e’tibor qaratiladi. Endi bitiruv-malakaviy ishni mazmunini sistemasi bayon etishga o‘tamiz.



    Download 1.66 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1.66 Mb.