• Sonli qatorlarning absolut va shartli yaqinlashishi
  • Yaqinlashuvchi sonli qatorlarning asosiy xossalari




    Download 0,66 Mb.
    bet4/19
    Sana30.11.2023
    Hajmi0,66 Mb.
    #108619
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Saidov Jahongir

    Yaqinlashuvchi sonli qatorlarning asosiy xossalari
    Yaqinlashuvchi sonli qatorlarning quyidagi asosiy xossalarini keltiramiz:
    10. Agar qator yaqinlashuvchi bo`lsa, u holda istalgan chekli sonlardagi hadlarni tashlab yuborish yoki unga chekli sondagi hadlarni qo`shish natijasida hosil bo`lgan qator ham yaqinlashuvchi bo`ladi.
    20. Yaqinlashuvchi sonli qatorning har bir hadi, bir xil soniga ko`paytirilsa, u holda yig`indi soniga ko`paytiriladi; ya`ni

    30. Agar va qatorlar yaqinlashuvchi bo`lib, yig`indilari mos ravishda A va B ga teng bo`lsa, u holda sonli yig`indisi ham yaqinlashuvchi bo`lib, yig`indisi A B ga teng.
    40. (Yaqinlashuvchanlikning zaruriy alomati)
    Agar sonli qator yaqinlashuvchi bo`lsa, uning umumiy hadi uchun shart bajariladi. Lekin bu alomat yetarli alomat bo`la olmaydi.
    Agar bo`lsa, u holda berilgan sonli qator uzoqla-shuvchi bo`ladi.
    Misollar.

    1. ushbu sonli qator uzoqlashuvchidir, chunki


    2) quyidagi

    sonli qator uzoqlashuvchi qator bo`ladi, chunki

    mavjud emas.
    Sonli qatorlarning absolut va shartli yaqinlashishi
    O`zgaruvchi ishorali sonli qator

    u1 + u2 + ... + un + ... (5)


    berilgan bo`lsin. (5) sonli qator hadlarining absolut qiymatlaridan yangi sonli qator


    (6)
    tuzamiz.
    Agar (6) qator yaqinlashuvchi bo`lsa, u holda (5) sonli qator absolut yaqinlashuvchi qator deyiladi.
    Agar (6) qator uzoqlashuvchi bo`lib, (5) qatorning o`zi yaqinlashuvchi bo`lsa, u holda (5) sonli qator shartli yaqinlashuvchi qator deyiladi. Absolut yaqinlashuvchi sonli qator hamma vaqt yaqinlashuvchi bo`ladi.
    Ushbu
    c1 - c2 + c3 - c4 + ... (-1)n-1cn + ... (7)
    sonli qatorga ishoralari almashinuvi qator deb ataladi. Bunday qatorlarni tekshirish uchun Leybnis teoremasidan foydalaniladi.
    Leybnis teoremasi. Agar ishoralari almashinuvchi (7) qatorning hadlari uchun:

    1. c1 > c2 > c3 > ...



    o`rinli bo`lsa, berilgan sonli qator yaqinlashuvchi bo`ladi va uning yig`indisi musbat bo`lib, birinchi haddan katta bo`lmaydi.
    Ishorasi almashinuvchi qator qoldigi tengsizlik bilan baholanadi.
    Misol. Ushbu

    sonli qatorning yaqinlashuvchanligini tekshiring.


    Yechish. Leybnis teoremasi shartlarining yuqorida berilgan ishorasi almashinuvchi qator uchun bajarilishini ko`ramiz, ya`ni



    va

    .


    Demak, qator yaqinlashuvchi bo`lar ekan. Absolut va shartli yaqin-lashuvchi qatorlarning xossalari:
    1. Absolut yaqinlashuvchi qatorda o`rinlarini almashtirishdan tuzilgan yangi qator ham yaqinlashuvchi bo`ladi va yig`indisi berilgan qator yig`indisi bilan bir xil bo`ladi.
    2. Shartli yaqinlashuvchi qatorda, b soni ixtiyoriy son bo`lishdan qat`i nazar, hadlar o`rnini shunday almashtirish mumkinki, natijada olin-gan yangi sonli qator yig`indisi b ga teng bo`ladi.
    3. Shartli yaqinlashuvchi sonli qatorda hadlar o`rnini shunday almashtirish mumkinki, natijada uzoqlashuvchi yangi qator olinadi.


    Download 0,66 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 0,66 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yaqinlashuvchi sonli qatorlarning asosiy xossalari

    Download 0,66 Mb.