• ELEKTR ENERGETIKASI TA’MINOTI TIZIMI UZLUKSIZLIGINI TAXLILI dots, Xoliddinov I. X. , Ne’matjonov H.SH .
  • Materiallari




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/115
    Sana14.05.2024
    Hajmi5,65 Mb.
    #230787
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115
    Bog'liq
    Materiallari

     
    список литературы 
    1.
    Аликсонов Б., Самойлов С. «Алтернативные источники энергии способствуют 
    инновационному развитию». Ташкент. Газета «Народное слово», 28.05.2014. 
    2.
    Соатов А.М., Гаппаров Б.Н. Республиканская онлайн-научно-техническая 
    конференция «Актуалные вопросы и тенденсии развития современных 
    исследований, инноваций, техники и технологий». г.Джизак 9-10 апреля 2021 г. Том 
    2 Стр.63-65. 
    3.
    Гаппаров Б.Н. Международная научно-техническая конференция «Инновации в 
    строителстве, конструктивная и сейсмическая безопасност зданий и сооружений». 
    НамМКИ. 11-13 ноября 2021 г. г.Наманган.
     
     
     


    154 
     
    III–SHO’BA 
    ELEKTR ENERGETIKASI TA’MINOTI TIZIMI UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASHDA 
    KOMPYUTERLASHTIRILGAN TIZIMLARNING O’RNI 
     
    MATLAB DASTURIDA ELEKTR ENERGIYA TIZIMIDAGI KATTA TURTKILAR 
    NATIJASIDAGI 
    ELEKTR ENERGETIKASI TA’MINOTI TIZIMI UZLUKSIZLIGINI
     
    TAXLILI
     
     
    dots, Xoliddinov I. X. , Ne’matjonov H.SH

    Farg‘ona politexnika instituti 
    Maqolada elektr energetika tizimining turg‘unligi, asinxron rejim va sistemaning asinxron 
    holat tenglamasi keltirilgan. Matlab dasturida differensial tenglamaning modeli tuzilgan hamda 
    kerakli natijalar olingan. 
    Zamonaviy energetika tizimida energiya iste’molchilarga elektr energiyani uzluksiz va 
    sifatli yetkazib berishdagi muammolarni bartaraf etish asosiy o‘rinda turadi. Bugungi kunda 
    energetika tizimida iste’molchilarning elektr energiya istemol quvvatining talab darajasi tez 
    suratlarda osib borishi va natijada ushbu talabni qoplash jarayonida energetika tizimida amalga 
    oshiriladigan texnik tadbirlarning favqulotda kamchiliklardan holi bo‘lmasligi kutilmagan 
    nonormal ish rejimlarini keltirib chiqarishi mumkin. 
    Elektr energtika tizimida kuzatiladigan nonormal rejimlar (qisqa tutashuv, elektr 
    energiyasini ishlab chiqaruvchi qurilmalarni o'chib qolishi, parallel ishlayotgan yoki energiya 
    bilan ta’minlab turgan liniyalarning avariyali uzilib qolishi) kuzatilishi natijasida energiya 
    tizimining turg’unligini buzilishiga olib keladi. 
    Elektr tizimining turg‘unligi bir necha turlarga bo‘linadi. Ular quyidagilar: Statik 
    turg‘unlik – sistemada sodir bo‘ladigan kichik turtkilar natijasida sistemaning o‘z – o‘zidan 
    o‘zining dastlabki yoki unga yaqin bo‘lgan rejimga qaytish xususiyatidir. 
    Dinamik turg‘unlik – sistemada sodir bo‘ladigan ketta turtkilar natijasida sistemaning o‘z 
    – o‘zidan o‘zining dastlabki yoki unga yaqin bo‘lgan rejimga qaytish xususiyatidir. 
    Natijaviy turg‘unlik – bu elektr sisemasi holatining o‘zida xos xususiyati bo’lib, dastlabki 
    rejimning turg’unligi buzilgandan keyin, sinxron ishlashning tiklanishi va sistemaning mustaqil 
    sinxron holatda bo’lishidir [1]. 
    Elektr tizimi turg’uligini yo’qotsa tizimda asinxron ish rejimlari paydo bo‘ladi. Asinxron 
    rejim (AR) - bu energiya tizimidagi vaqtinchalik rejim, uning har qanday qismi sinxron rejimidan 
    sezilarli darajada farq qiladigan chastotada ishlaydi. Boshqacha qilib aytganda, AR-da, 
    sinxronizmdan chiqib ketgan energiya tizimining bir qismining ekvivalent generatorning kuch 
    vektori EYuK sinxron ishlaydigan quvvat tizimining boshqa qismining ekvivalent EYuK 
    vektoriga nisbatan aylanadi [2]. 
    Ba'zi hollarda, energiya tizimlarining ayrim qismlarining asinxron ishlash jarayoni
    generatorlarning asinxron ishga tushirilishiga yoki sinxron kompensatorlarga yoki 
    generatorlarning o'z-o'zini nazorat qilishiga tegishli bo'lsa, asenkron o‘tish rejimi (ah) vaqt bilan 
    cheklangan, ammo ruxsat etilgan energiya tizimining anormal ishlash rejimiga ishora qiladi. Agar 
    AR sinxronizatsiyadan chiqib ketgandan keyin sinxron mashinaning (yoki quvvat tizimining bir 
    qismining) ishlashini nazarda tutilsa, bu avariya holatidir [3]. 
    Quyidagi 2-rasmda taxlil uchun tanlangan ikki tomonlama ta’minlangan parallel tarmoqli 
    elektr uzatish tizimini matlab dasturi yordamida taxlil qilamiz: 

    Download 5,65 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   115




    Download 5,65 Mb.
    Pdf ko'rish