|
ELEKTR ZANJIRLARINI ALGORITMINI ISHLAB CHIQISH Pdf ko'rish
|
bet | 109/115 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 5,65 Mb. | | #230787 |
Bog'liq MateriallariELEKTR ZANJIRLARINI ALGORITMINI ISHLAB CHIQISH
S.S.Komolddinov, A.A.Aduraxmonov 48-18 EEr guruh talabasi
Farg’ona politexnika institute assistenti, e-mail:
s.kamoliddinov@ferpi.uz
Ushbu maqolada elektr energetikaning qator fanlarida qo’llaniladigan murakkab zanjirlarni
hisoblashni kontur toklar va tugun potensial usulidan olingan natijalarni zamonaviy kompyuter
dasturlaridan bir bo’lgan Multisim dasturidan foydalanib olingan natijalarni taqqoslangan.
Energetika sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, magistrantlarning ilmiy ishlarida murakkab
elektr zanjirlarni hisoblash ko’plab uchraydi va bu ko’p vaqt talab etadi. Shuning uchun, hozirgi
vaqtda zamonaviy dasturlar ishlab chiqilgan. Kompyuter dasturlari uch guruhga bo’linadi. Bular:
umumiy dasturlar, dasturlash tillari va obyektga yo’naltirilgan dasturlar.obyektga yo’naltiirilgan
dasturlar, ma’lum saohaga yo’naltirilgan bo’lib, ushbu sohada murakkab murakkab hisoblarni
bajarishga qaratilgan. Misol uchun energetika sohasida Multisim, Matlab, InorXL, Raster Win,
DigSilent va boshqa dasturlarni keltirish mumkin. Bu dasturlar talay imkoniyatlarga ega.
Nazariy qism
. Tugun potensial usuli. Ushbu usul Krixgofning 1-qonuniga asoslanib, elektr
zanjir tugunlaridagi potensiallar zanjirning tayanch tuguniga nisbatan aniqlanadi. Bunda tayanch
tugun potensiali nolga teng deb qabul qilinadi. Ma’lumki, har qanday shaxobcha (tarmoq) dagi
kuchlanish shu shaxobcha ulangan tugunlar potensiallari ayirmasi bilan topiladi. Kuchlanishni shu
shaxobcha qarshiligiga nisbati shaxobcha tokiga teng bo’ladi. Shunday qilib, tugun potensiallarini
aniqlab, har bir tarmoqdagi tok qiymatini topishimiz mumkin.
Bu usulda, noma’lum toklarni topishda tugun potensiallarini aniqlashga asoslanganligi
uchun tugun potensiallar usuli deyiladi [1], [2].
Kontur toklar usuli. Ushbu usulda o'zaro bog’liq bo'lmagan (mustaqil) konturdan yagona kontur
toki o'tadi deb faraz qilinadi va shoxobchalar toki shu kontur toklari orqali aniqlanadi. Kontur
toklar usuli - Kirxgofning 2 -qonuniga asoslanadi. Tenglamalar shu kontur toklariga nisbatan
tuziladi. Tenglamalar sistemasi yechilib, noma'lum kontur toklar, ular orqali esa shoxobchalardagi
haqiqiy toklar aniqlanadi. Shunday qilib, kontur toklar usuli asosida tuzilgan tenglamalarda
noma'lumlar soni o'zaro bog'liq bo'lmagan konturlar soniga teng va zanjir bu usulda hisoblanganda
Kirxgof tenglamalari usuliga nisbatan tenglamalar soni va ularni yechishga sarf bo'ladigan vaqt
kam bo'ladi. Kontur toklar usuli ko'pincha murakkab' zanjirdagi mustaqil konturlar soni tugunlar
sonidan kam bo’lganda qollaniladi [1], [2], [5].
Buning uchun, tugun potensial va kontur toklar usullari uchun algoritm ishlab chiqiladi va
shu asoasida toklarni hisoblaymiz, hamda Multisim dasturida zanjirni yig’ib taqqoslaymiz.
Zanjirning parametrlari quyidagicha: R
1
=15 Ω, R
2
=10 Ω, R
3
=29 Ω, R
4
=22 Ω, R
5
=19 Ω,
R
6
=20 Ω,
𝐸
1
= 220 𝑉, 𝐸
2
= 380 𝐵
. Tarmoqdagi oqayotgan barcha toklarni toppish kerak bo’lsin.
164
1-rasm. Hisoblash uchun keltilrilgan murakkab zanjir
Murakkab zanjirlar deb bir tugunda uch va undan ortiq tarmoqlar mavjud zanjirlarga
aytiladi. Bunga 1-rasmda keltirilgan sxema misol bo’la oladi. Ushbu sxemani tugun potensial va
kontur toklar usullarida yechish algoritimi (2a, 2b-rasm) keltirilgan.
a
165
b
2-rasm. a-tugun potensial algoritimi; b-kontur toklar usuli algoritimi
Multisim dasturida zanjirni modellashtirish uchun 1-jadvalda keltirilgan elementlardan
foydalanamiz.
1-jadval
Ishlatiladigan elementlar
Dasturda nomlanishi
Ko’rinishi
1
Qarshilik
Resistor_virtual
2
Kondensator
Capacitor_virtual
3
Induktiv g’altak
Inductor_virtual
4
Yerlatgich
Ground
5
EyuK (o’zgarmas)
DC power
6
EyuK (o’zgaruvchan)
AC power
7
Ampermetr
Ammetr_V
8
Voltmert
Voltmeter_V
Yuqoridagilardan foydalanib Multisimda zanjirni yeg’amiz.
|
| |