17
ELEKTR QURILMALARNI IZOLYATSIYASINI TEKSHIRISH
Ergashev K.R.
Farg‘ona politexnika instituti, assitent
e-mail:
komiljon2551@gmail.com
Maqolada elektr qurilmalarini izolyatsiyasini nazoratdan o‘tkazish masalalari keltirilgan.
Izolyatsiyani nazoratdan o‘tkazish masalalari.
Izolyatsiyani nazoratdan o‘tkazish
deb, uning ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan
tadbirlar sistemasiga aytiladi.
Avvalo izolyatsiya mexanik shikastlanishiga, namlanishiga, ximiyaviy ta’sirga berilishiga,
chang bosishiga, qizishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Hatto normal sharoitlarda
ham izolyatsiya
o‘zining dastlabki xususiyatini asta-sekin yo‘qotadi, eskiradi. Vaqt o‘tishi bilan mahalliy
nuqsonlar ko‘payib boradi. Izolyatsiyaning qarshiligi keskin kamaya boradi, tokning sizib o‘tishi
esa noproporsional ravishda ortadi. Nuqsonli joyda qisman tok razryadi paydo bo‘ladi. Izolyatsiya
kuyadi. Izolyatsiyaning teshilishi sodir bo‘ladi, natijada qisqa tutashuv vujudga keladi, bu o‘z
navbatida yong‘inga olib kelishi yoki kishilarni tok bilan shikastlashi mumkin.
Izolyatsiyaning dielektrik xossalarini saqlab turish uchun sistematik ravishda nazorat
sinovlar o‘tkazish, yaroqsiz izolyatsiyani olib tashlash va uni yaroqlisi bilan almashtirish kerak.
Kuchlaiishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarda izolyatsiyaning qarshilik normalari 1-
jadvalda ko‘rsatilgan.
Megommetr bilan o‘lchash.
Izolyatsiyaning qarshiligi normaga
mos kelishiga ishonch
hosil qilish uchun uni belgilangan muddatda davriy ravishda, navbatsiz (agar nuqsonlar topilsa),
tarmoqni montaj yoki remont qilgandan so‘ng o‘lchab turiladi. Bunda har qaysi sim bilan еr orasi,
shuningdek, uzilgan tarmoqdagi har bir uchastkadagi istalgan ikkita sim orasi (uchastkalar ikkita
yonma-yon saqlagichlar bilan ajratilgan bo‘ladi), oxirgi saqlagichdan keyingi uchastka o‘lchanadi.
Bunda kuch zanjirlaridagi elektr qabul qilgichlar, qurilmalar, asbob-uskunalar
uzib qo‘yiladi;
yoritish zanjirlaridagi lampalar burab o‘chirib qo‘yiladi, shtepsel rozetkalari
,
o‘chirgichlarlar va
gruppaviy shitchalar esa ulangan holda qoldiriladi.
a)
b)
1-rasm. Kabel simlari izolyatsiyasi qarshiliklarini megommetr bilan o‘lchash sxemasi:
a)-sim bilan yer orasida, b)- ikkita
faza simlari orasida
O‘lchashdan oldin tarmoqning tekshiriladigan qismida yoki tekshiriladigan jihozda hech
kim ishlamayotganligiga va u barcha tomondan uzilganligiga ishonch xosil qilish kerak. Kabellar,
elektr mashinalar, shinalar, xavo liniyalari, kondensatorlar “yerga tutashtirib elektrsizlantiriladi”
, ya’ni qoldiq sig‘im zaryadni yo‘qotish uchun har qaysi fazaning tok o‘tuvchi qismlariga еrga
tutashtirilgan sim tekiziladi.
Izolyatsiyaning o‘lchangan qarshiligining kattaligi 1-jadvalda ko‘rsatilgan normadan kam
bo‘lmasligi kerak.
18
O‘lchash uchun megommetrdan foydalaniladi. O‘lchash chegarasi 0-100, 0-1000, 0-10000
MOm bo‘lgan, 500, 1000, 2500 V kuchlanishga mo‘ljallangan megommetrlar ko‘p tarqalgan.
Qurilma quyidagi uchta klemmaga ega: L(liniya), Z(yer), E(ekran). Agar izolyatsiya qarshiligi
еrga nisbatan o‘lchanadigan bo‘lsa, u holda L va
Z
klemma ob’ektga masalan, simga va yеrga
ulagichga yoki yеrga ulangan qismga tutashtiriladi (2-rasm,
a).
Zanjirlar orasidagi izolyatsiyaning
qarshiligini o‘lchashda (2-rasm b) ikkala klemma shu zanjirlarga ulanadi. Izolyatsiyadagi sirtqi
toklar ta’sirida sinash natijasi noto‘g‘ri ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hollarda izolyatsiya ustiga E
klemmaga ulangan himoya qiluvchi elektrod qo‘yiladi. Tokdan shikastlanish xavfini kamaytirish
uchun
asbob uchlikli, izolyatsiyasi kuchaytirilgan simlar bilan jihozlangan.
Izolyatsiyaning qarshilik normalari
1-jadval.
Megommetr kuchlanishi, V
Izolyatsiyaning ruxsat etilgan
eng kichik qarshiligi, MOm
Kuch va
yoritish elektr simlari,
taqsimlash
shitlari
vat
ok
o’tkazgichlar
1000
0,5
Boshqarish, ximoya qilish,
o‘lchashning ikkilamchi
zanjirlari (shinalardan tashqari)
500-1000
1
Boshqarish shitidagi shinalar
(uzilgan zanjirlardagi)
500-1000
10
Magnitli yurgizib yuborgichlar
va avtomatlar, kontaktorlarning
g‘altaklari
500-1000
0,5
Ayrim qismlardagi izolyatsiyaning qarshiligini o‘lchash
bilan barcha tarmoqning
izolyatsiyasi, shuningdek tok iste’molchilari izolyatsiyalarining yaroqliligi haqida fikr yuritib
bo‘lmaydi. Buning uchun tok manbai va iste’molchilar bilan birga barcha tarmoq izolyatsiyasining
qarshiligi ham o‘lchanadi. O‘lchash natijasi oldingi o‘lchash natijasi bilan solishtirilganda ular
mos kelsa, izolyatsiya yaroqli hisoblanadi; izolyatsiyaning qarshiligi oldingi o‘lchash natijasidan
keskin farq qilsa, unda nuqson borligini ko‘rsatadi.
O‘lchash tarmoqdan uzilmagan qurilmada ish kuchlanishi ostida bajariladi (2-rasm,
a).
Barcha fazalar izolyatsiyalarining qarshiliklari yеrga nisbatan parallel ishlaganda qurilma ularning
ekvivalent qarshiligini ko‘rsatadi (2-rasm,
b).
Bu
usulning afzalligi shundaki, izolyatsiyaning
o‘lchangan qarshiligi uning ish kuchlanishidagi haqiqiy holatiga mos keladi.
a)
b)
2-rasm. Ish kuchlanishli uzilmagan elektr qurilmadagi barcha tarmoq izolyatsiyasi bilan
qarshiliklarini o‘lchash sxemasi:
a-umumiy sxemasi, b-ekvivalent elektr sxemasi:1-tok manbai, 2-yuklama, 3-megommetr,
R1,R2,R3-ayrim fazalar izolyatsiyasining yerga nisbatan qarshiligi.