• Guruh Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball
  • 9 – 6 ball – «qoniqarli». 12 – 10 ball – «yaxshi» 15 – 13 ball – «a’lo».
  • Mavzu: Texnik xavfsizligiga rioya qilish. Sanitariya gigiyena qoidalari Zamonaviy sartaroshlik xizmatlarini ko‘rsatish. Reja
  • Materiallari




    Download 13,04 Mb.
    bet4/26
    Sana18.09.2024
    Hajmi13,04 Mb.
    #271545
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    2 Koloristika amaliyot L.Kadirova

    ilova



    Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari



    Guruh

    Berilgan topshiriq to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

    Topshiriqni misollar bilan yoritish 0-5 ball

    Guruh a‘zolarining faolligini. 0-5 ball

    Jami ball

    1-gr













    2- gr













    3- gr













    9 6 ball «qoniqarli».
    12 10 ball «yaxshi»
    15 13 ball – «a’lo».



    1. Amaliy topshiriq:

    2. Amaliy topshiriq:

    3. Amaliy topshiriq:




      1. ilova




    YO‘RIQNOMALI TEXNOLOGIK XARITA
    Kasb kodi va nomi: 31010301 Sartarosh (modeler)
    Amaliy mashg‘ulot: №1 Texnika xafsizligiga rioya qilish. Sanitariya gigiyena qoidalari Zamonaviy sartaroshlik xizmatlarini ko‘rsatish.



    T/r

    Bajariladigan ishlar mazmuni

    Moslamalar, asboblar va xom-ashyolar

    Eskizlar, chizmalar, rasmlar

    Bajarish tartibi

    1

    Mehnat muhofazasi va
    texnika xafsizligiga rioya qilish








    1,Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qiladilar.
    2.Texnika xafsizligi
    yo‘riqnomasi bilan tanishadilar

    2

    Sanitariya
    gigiyena qoidasiga rioya qilish










    1. Gigiyena qoidalariga rioya qiladilar.

    2. Anjomlarni toza saqlaydilar 3.Maxsus tibbiyot qutusi shayligini ko‘zdan kechiradilar




    3


    3. Ish o‘rnini tayyorlashni


    ko‘rsatib beradi





    1Maxsus soch bo‘yoqlari,bosh yuvish vositalari maxsus
    choyshab,sochiqlar soch bo‘yash anjomlari ko‘zdan kechiriladi.Ish jarayoniga shaylanadi

      1. Mavzu: Texnik xavfsizligiga rioya qilish. Sanitariya gigiyena qoidalari Zamonaviy sartaroshlik xizmatlarini ko‘rsatish.

    Reja:

    1. Mehnat muhofazasi va texnika xafsizligiga rioya qilish

    2. Sanitariya gigiyena qoidasiga rioya qilish

    3. Ish o‘rnini tayyorlashni ko‘rsatib beradi

    Mehnat muhofazasi - inson ning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobilyatining saqlanishiga qaratilgan tadbirlar. Qonun hujjatlarida mehnat jarayonida qoʻllaniladigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika chora tadbirlari belgilab qoʻyiladi. Mehnat qiluvchi shaxs xavfsizligi, salomatligi, mehnat qilish qobiliyatini himoyalash, sogʻlom mehnat sharoitlari yaratish, kasb kasalliklari yuz berish xavfini oldini olish, ishlab chiqarishda jarohatlanishlarga yoʻl qoʻymaslik kabilar mehnat muhofazasi oldidagi vazifalar hisoblanadi. Mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etilishi maxsus davlat organlari va jamoatchilik tomonidan nazorat qilib boriladi Oʻzbekiston Respublikasi ning Mehnat kodeksida, "Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil 6-may)da boshqa bir qator qonunlar va qonun osti normativ hujjatlarida belgilangan


    Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar mehnat faoliyati jarayonida xodimning hayoti va sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan qoidalarni, tartib-taomillarni va mezonlarni belgilaydi.
    Mehnatni muhofaza qilishga doir talablar ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish (rekonstruktsiya qilish), ulardan foydalanish, mashinalarni, mexanizmlarni va boshqa jihozlarni konstruktsiya qilish, texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, shuningdek o‘zga turdagi faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart.
    Xodimlarning shaxsiy va jamoaviy himoya vositalari mehnatni muhofaza qilishga doir talablarga mos kelishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi shart.
    Gigiyena (grekcha: ὑγιεινός — „sogʻlom“) — tibbiyotning bir sohasi; kishilar sogʻligʻiga turmush va mehnat sharoitlari taʼsirini oʻrganadi hamda kasalliklarning oldini olish, yashash uchun eng qulay sharoit yaratish, sogʻliqni saqlash va umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi. Gigiyenaning bir necha sohalari bor. Gigiyena fiziologiya, patofiziologiya, epidemiologiya, toksikologiya, fizika, kimyo, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan chambarchas bogʻlangan, chunki tabiiy omillar bilan birga jamiyatning iktisodiy ahvoli ham kishi sogʻligʻiga taʼsir etadi. Ehtiyot va kundalik sanitariya nazorati asoslarini ilmiy asosda ishlab chiqish, Sartaroshxonalar gaz, suv, kanalizatsiya va havo almashtirish tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi zarur.
    Suv, ichimlik suvi me’yoriy talablarga javob berishi kerak. Sartaroshxona markaziy suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimiga ulanganda hojatxona va rakovina quriladi. Bosh ish zalida yuviladigan bo‘lsa, u holda xonaga 1–2 ta rakovina o‘rnatiladi. Manikur va pedikur xonalarida ham rakovina bo‘lishi zarur.
    Xonada harorat 18–20 °C, bosh yuvish va quritish xonasida 22 daraja, yuvinish xonasida 25 darajadan oshmasligi kerak.
    20 dan ortiq ish o‘rindig‘iga ega bo‘lgan zallarda havoni almashtirish va yoz kunlarida sovitib turish uchun avtomat konditsionerlar o‘rnatish tavsiya etiladi. 3–5 kishi ishlaydigan xonalarda deraza tabaqasi yoki tuynugi orqali havosini almashtirib
    turish mumkin.
    Xonalarni ta’mirlash va ozodaligiga rioya qilish. Xonalarni kamida bir yilga bir marotaba oqlash va bo‘yash lozim. Sanitariya xodimlari talabiga ko‘ra bir yilda bir necha bor qilish ham mumkin.
    Sartaroshxona ish boshlanishidan oldin yoki ish tugagach obdan tozalanadi. Ish davomida esa doim yig‘ishtirib turiladi. Sartaroshxona bir oyda bir marta bir kunga yopilib sanitariya tadbiri o‘tkaziladi. Zararkunandalarni yo‘qotish uchun xlor
    qorishmasidan 0,5 % qo‘shilib, aralashtirilgan suyuqlikdan foydalanish tavsiyaetiladi.
    Qirqilgan sochlar o‘tirgich atrofidan xokandozga supurib olinib, qattiqqog‘ozdan tayyorlangan maxsus qopga, chelak yoki og‘zi yopiladigan idishga tashlanadi. Ish tugagach yig‘ilgan sochlarni chiqindi tashiladigan mashinaga ortib yuborish mumkin.
    Ish joyini to‘g‘ri tayyorlash ish samaradorligining oshishiga va xizmat ko‘rsatish madaniyatining saviyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunda kerakli asbob-uskunalarni ko‘zdan kechirib, qulay qilib ish stoliga joylashtirish, toza sochiq va choyshablarning shayligini ta’minlash kerak. Issiq suv, dezinfeksiya aralashmalari, atir-upalar va kimyoviy vositalarning yetarli bo‘lishini ta’minlash ishlari amalga oshiriladi. Ustara, qaychi va boshqa qirquvchi asboblarni qayrash, dezinfeksiya qilish, lozim bo‘lsa, almashtiriladigan tig‘larni yangilash ham shu jarayonga kiradi.
    Odatda, ishda ko‘p qo‘llaniladigan asosiy asboblar ish stolining o‘ng tarafida, olib ishlatishga qulay joyga qo‘yiladi.
    Erkaklar bo‘limida ishlaydigan ustalarning asbob- uskunalari va moslamalari ko‘proq bo‘lganligi sababli, asosiy ish stolidan tashqari qoshimcha – g‘ildirakli yordamchi arava bo‘lgani yaxshi. Bu stolchaga spirt aralashmasi,dezinfeksiya aralashmasi,paxta, shisha idishga solingan vodorod peroksidi, pardoz suyuqligi, odekolon, shampun, upa kabi pardoz ashyolari qo‘yiladi. Agar ish stoliga joylashtirilgan bosh yuvish moslamasi bo‘lsa, albatta, atir sovun bo‘lishi shart. Sartarosh har bir mijozga xizmat ko‘rsatishdan oldin mijozning ko‘zi oldida bosh yuvish moslamasini gel sovun bilan yuvib yuborish lozim.
    Ustaning ishi, iloji boricha, mijozning talabini qondirishi kerak. Buning uchun ishni to‘g‘ri tashkil qilish zarur. U ishning turi, murakkabligi va narxini ham hisobga oladi. Ustaning turmaklash, bo‘yash kabi murakkab ishlari ham qayd etish daftariga yozib boriladi.
    Usta mijozga sifatli va madaniy xizmat ko‘rsatish uchun javobgar hisoblanadi. Yaxshi natijaga erishish ustaning kasb mahorati va qulay muhit yaratishiga bog‘liq. Ustaning tashqi ko‘rinish, asboblarni to‘g‘ri tanlashi, sanitariya talablariga to‘g‘ri rioya qilishi va muomala madaniyati mijozning ishonchini oshiradi.
    Usta yangi urfda bo‘lgan soch shakllaridan xabardor bo‘lishi bilan birga, mijozning xohishini ham hisobga olishi lozim. Buning uchun usta doimiy ravishda maxsus adabiyotlardan foydalanishi, o‘rganishi, malakasini oshirishi, nozik didli bo‘lishi, shuningdek, chegaradan chiqmasligi kerak. U barcha turdagi soch shakllarini bajarish, soch olish, bo‘yash, issiqlik va kimyoviy quritish usullarini yuqori saviyada amalga oshirishi zarur.

    Download 13,04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 13,04 Mb.