Termik ishlov berishning po‘lat xossalariga ta’siri




Download 14,49 Mb.
bet38/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

Termik ishlov berishning po‘lat xossalariga ta’siri

Quyish, prokatlash, bolg‘alash va boshqa ishlov berishlardan so‘ng zagotovka notekis soviydi. Natijada bir jinsli struktura hosil bo‘lmaydi, turli joylarida zagotovkaning xossalari turlicha bo‘ladi, ichki kuchlanishlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari likvatsiya tufayli quymaning kimyoviy tarkibi ham bir xil bo‘lmaydi. Bu nuqsonlarni yo‘qotish uchun termik ishlov beriladi, unga yumshatish va normallash kiradi.
Yumshatish zagotovka yoki buyumni kerakli temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turib, so‘ngra asta-sekin sovitishdan iborat: uglerodli po‘latlar soatiga 200 °C, legirlangan po‘latlar esa soatiga 30-100 °C tezlik bilan sovitiladi. Bunda qoldiq kuchlanishlarsiz barqaror struktura olinadi.
Yumshatishdan maqsad ichki kuchlanishlarni yo‘qotish, strukturaning bir xil bo‘lishiga erishish, ishlov berishni yaxshilash hamda keyingi termik ishlov berish operatsiyasiga tayyorlashdan iborat.
Po‘latni Ac3 va Acm kritik nuqtalardan 30-50°C temperaturagacha ortiqroq qizdirib, ushbu temperaturada ushlab turish hamda tinch havoda sovitishga normallash deyiladi (5.4-rasm).
Normallashda ichki kuchlanishlar kamayadi, po‘lat qayta kristallanadi, payvand choklar, quyma va pokovkalarning yirik donali strukturasi maydalashadi. Po‘latni normallash yumshatishga qaraganda ancha qisqa termik ishlov berish jarayoni hisoblanadi, shuning uchun u unumlidir. Shuning uchun uglerodli va kam legirlangan po‘latlar ko‘pincha yumshatilmay, normallanadi. Po‘latdagi uglerod miqdori ortishi bilan yumshatilgan va normallangan po‘latlar orasidagi farq ortadi. Tarkibida 0,2% gacha uglerod bo‘lgan po‘latlarni normallash maqsadga muvofiqdir. Tarkibida 0,3-0,4% uglerod bo‘lgan po‘latlarni normallanganda yumshatilishga qaraganda qattiqlik ortadi, buni e’tiborga olish zarur. Shuning uchun yumshatishni har vaqt normallash bilan almashtirib bo‘lmaydi. Normallashdan so‘ng qotishmalar mayda donali strukturaga ega bo‘ladi va yumshatilgandagiga qaraganda birmuncha kattaroq mustahkamlik va qattiqlikka ega bo‘ladi. Yirik donali strukturani tuzatish, po‘latning kesib ishlanuvchanligini hamda toblash oldidan, uning strukturasini yaxshilash uchun normallashdan foydalaniladi.
Po‘latning qattiqligi, mustahkamligi va elastikligini oshirish uchun toblashdan foydalaniladi. U po‘latni faza o‘zgarishlardan yuqoriroq temperaturagacha qizdirish, bu temperaturada ushlab turish, so‘ngra tez sovitishdan iborat.
Bo‘shatish termik ishlov berishning yakunlovchi operatsiyasi bo‘lib, toblangan po‘latni kritik nuqtadan (Ac1) past temperaturagacha qizdirish, shu temperaturada ushlab turish hamda sekin yoki tez sovitishdan iborat. Bo‘shatishdan maqsad po‘latdagi kuchlanishni ketkazish yoki yo‘qotish hamda qovushqoqligini oshirib, qattiqligini kamaytirishdan iborat. Bo‘shatish uchun po‘lat 150-600 °C temperaturagacha qizdiriladi. Qizdirish temperaturasiga ko‘ra past, o‘rtacha va yuqori temperaturada bo‘shatish xillari bo‘ladi
Toblash bilan yuqori temperaturada bo‘shatish birgalikda po‘latning xossalarini yaxshilash deb ataladi. Bo‘shatish temperaturasi qancha yuqori bo‘lsa, zarbiy qovushqoqlik shuncha kattalashadi, lekin ba’zi konstruksion po‘latlarda zarbiy qovushqoqlikning kamayishi ham kuzatiladi. Bu nuqson bo‘shatish mo‘rtliga deyiladi, u bo‘shatishdagi sovitish tezligiga bog‘liq bo‘lib, martensitning sorbitda notekis aylanishi bilan tushuntiriladi. Uglerodli po‘latlardan yasalgan detallar qaytadan qizdirilganda bo‘shatish mo‘rtligi kuzatilmaydi. Legirlangan po‘latlar uchun bo‘shatish mo‘rtligi qayta-qayta bo‘ladi, shuning uchun bo‘shatish mo‘rtligiga moyil bo‘lgan po‘latlardan yasalgan buyumlarni qiziydigan sharoitda ishlatib bo‘lmaydi. [5]



Download 14,49 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Termik ishlov berishning po‘lat xossalariga ta’siri

Download 14,49 Mb.