Kukunsimon tо‘ldiruvchilar




Download 14,49 Mb.
bet46/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

Kukunsimon tо‘ldiruvchilar bilan tо‘ldirilgan plastmassalar (6.1-rasm);

Kukunsimon tо‘ldiruvchilar bilan tо‘ldirilgan plastiklar zamonaviy materialshunoslikda dunyo miqyosida keng va kо‘p miqdorda ishlab chiqarilmoqda.



6.1-rasm. Kukunsimon tо‘ldiruvchilar bilan tо‘ldirilgan plastmassa: 1 - bog‘lovchi asos, 2 - kukunsimon to‘ldiruvchi

Bunday plastmassalarda bog‘lovchi asos sifatida termoreaktiv yelimlardan (epoksid yelimi, fenolformaldegid yelimi, furanformaldegid yelimi va h.k.) keng foydalaniladi, tо‘ldiruvchi sifatida kvars, chinni tolkoni, grafit, vollastonit, qum, kaolin kabi minerallardan keng foydalaniladi. Bunday materiallar issiqbardosh bо‘lib, ishqalanuvchi detallarda keng ishlatiladi, shuningdek qurilish materiallaridan dekorativ materiallar olishda keng miqyosda ishlab chiqarilmoqda. Kukunsimon tо‘ldiruvchilar bilan tо‘ldirilgan plastiklar ancha yengil, arzon va ishlab chiqarish texnologiyasini qulay va arzonligi bilan bugungi xaridorlar uchun ma’qul kelmoqda.


Tolalar bilan tо‘ldirilgan plastmassalar juda yuqori puxtalikka va pishiqlikka ega, siljishdagi va chо‘zilishga mustahkamligi yuqori bо‘lib, metalllarga nisbatan solishtirma og‘irligi 4-8 marta kamdir (6.2-rasm). Tolalar bilan tо‘ldirilgan(sinchlangan) plastmassalar bugungi kunda samolyotsozlik, kemasozlik, kosmonavtika texnikalari, avtomobilsozlik va mashinasozilk detallarini tayyorlashda juda keng miqyosda ishlab chiqarilmoqda.



6.2-rasm. Tolalar bilan tо‘ldirilgan plastmassalar; 1-bog‘lovchi asos, 2- tо‘ldiruvchi tola

6.1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar uzluksiz tolalar bilan sinchlangan plastiklardir. Shishaplastiklar tipik konstruksion materiallar bо‘lib, ularda bog‘lovchi asos sifatida polikondensatsion yelimlar, tо‘ldiruvchi sifatida esa shisha tolali materiallar ishlatiladi.


Shishaplastiklar mustahkamligi jihatdan pо‘latdan qolishmaydi, zarba ta’siridagi va dinamik yuklanishlarga yaxshi bardosh beradi va konstruksion elementlarining tebranishlarini sо‘ndiradi. Kimyoviy barqaror shishaplastiklar ishlatilishi 150 oC dan yuqori bо‘lmagan haroratlarda agressiv muhitlar ishlatish bilan bog‘liq bо‘lgan keng miqyosli texnologik protsesslarni (masalan, sulfat kislota, xlor, mineral о‘g‘itlar va kaustik soda ishlab chiqarish) ancha ratsional amalga oshirishga imkon beradi. [6]
Quyidagi 6.1-jadvalda shisha, uglerod, organik tolalar bilan sinchlangan plastmassalarning mexanik xossalari keltirilgan.
6.1-jadval
Tolalar bilan sinchlangan plastmassalarning xossalari

Хоssalar

Shishaplastiklar

Ugleplastiklar

Organoplastiklar

Tola miqdori, %

70-75

60-70

65-75

Solishtirma zichligi, kg/m3

2000-2100

1550-1600

1350-1400

Siljishdagi mustahkamligi, GPa

2,5-2,8

1,8-3,5

3,5-4,0

Siqilishdagi mustahkamligi, GPa

2,0-2,5

1,2-1,8

0,35-0,40

Elastiklik moduli, GPa

70-75

150-200

100-120

Ular orasida eng muhimi kо‘p qatlamli shishaplastiklardir. Ularning 2-3 mm qalinlikdagi dastlabki ikki qatlamida massasi jihatdan tegishlicha 10-25% shisha tola bо‘lib, tarkibida 60-65% shisha tola tо‘ldiruvchi bо‘ladigan konstruksion qatlamga (kuch qatlamiga) agressiv suyuqlikning о‘tishiga tо‘sqinlik qiladi, ya’ni u termik tо‘siq rolini bajaradi. Molekulalar tartibga solinib, parallel joylashtirilgan shisha tolalardan bog‘lovchi modda (yelim) qо‘shish yо‘li bilan olinadigan shisha tolali kompozit material nihoyatda mustahkam bо‘ladi va yirik omborlar, truboprovodlar, estakadalar, yuqori bosimli gaz ballonlar va hokazolar olishda ishlatiladi.


Gaz bilan tо‘ldirilgan plastmassalar xam yaxshi mexanik xossalarga egadir (6.3-rasm). Jumladan bunday materillar qurilish materiallari, kemasozlikda keng foydalaniladi. Bunday materiallar ham yuqori pishiqlik va puxtalikka egadir. Ayniqsa binolarni, avtomobillar, suv transport vositalari, qishloq xо‘jaligi texnikalarini germetikligini ta’minlashda keng foydalaniladi. Chunki bunday materiallar issiq va sovuqni о‘tkazmasligi, suv va namlikni о‘zida saqlab qolishi, tebranish va zarb ta’siriga bardoshliligi, yengil va puxtaligi, foylanish qulayligi bilan о‘z afzalligiga egadir.

6.3-rasm. Gaz bilan tо‘ldirilgan plastmassalar: 1-bog‘lovchi asos, 2- tо‘ldiruvchi gaz

Metallplastiklar mashinasozlik materiallarini ishlab chiqarishda keng foydalanib kelinayotgan va yildan yilga ularga bо‘lgan talab ortib borayotgan zamonaviy istiqbolli materiallardandir. Metallplastiklardan qurilish inshotlarida, bino va inshootlarning tashqi bezagida, eshik va deraza romlarini ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Bunday materiallarning chidamliligi uzoq muddatli bо‘lib, havoning agressiv ta’siriga, quyosh radiatsiyasi, namlik va issiqqa bardoshliligi, yengil va puxtaligi bilan о‘zining afzalliklariga egadir. Shuningdek mashinasozlik, kemasozlik detallarini ishlab chiqarish miqyosi yildan yilga ortib bormoqda.


Quyidagi 6.4-rasmda metalplastikli quvurlarning kо‘ndalang kesim yuzalari keltirilgan. Tashqi qismi plastik bilan qoplangan quvurlardan suv, neft va gaz tarmoqlarda foydalaniladi. Bunday metalplastikli quvurlarning afzalligi ularni metal quvurlarning ustki qismi plasmassadan bо‘lgani bois chirimaydi, elektr izolyatsiyasi yuqoridir.





a)

b)

6.4-rasm. Metalplastikli quvurlarning kо‘ndalang kesim yuzasi: a) metal quvurga tashqi qoplangan plastik, b) metal quvurga ichki qoplangan plastik: 1-metall quvur, 2-plastik qoplama
Shuningdek metalplastiklarning ishlatish sohasiga qarab metal listlarning tashqi, ichki va metallarning orasiga ham plastiklar ko‘plab ishlab chiqariladi. Bunday materiallardan kemasozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik va boshqa kо‘plab mashinasozlik, sanoat va uy-joy qurilishida tarmoqlarida ishlatiladi. (6.5-rasm).












a)

b)

v)

6.5-rasm. Metalplastiklarning ko‘ndalang kesim yuzasi:
a) metal listga tashqi qoplangan plastik, b) metal listga ichki qoplangan plastik,
v) metal list orasiga qoplangan plastik: 1-metall list, 2-plastik qoplama



Download 14,49 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   123




Download 14,49 Mb.