• Ftoroplast-4
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet44/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Poliefirli smola. Spirt va kislotalarni polikondensatsiya qilib oladi.
    G
    liftoliyli smola (alkidli)
    uch atomli spirtni-glitserinni НО-СН2-СНОН-СН2-ОН va ftaliyeli angidrini polikondensatsiya qilib oladi.
    Polietilen strukturali formulaga ega:

    Polietilen rangsiz etilen gazini past va yuqori bosimda polimerizatsiya qilib oladi. Past bosim polietileni (ПЭНП) yuqori zichlikka va kristallikka (74- 95 %) ega.Yuqori bosim polietileni (ПЭВП) makromolekulalari ko‘proq shaxobchali strukturaga ega. ПЭВП lar yuqori zichlik bilan ajralib turadi. Strukturasida 55- 65 % gacha kristallik tashkil etuvchisi bor. Zichlikning va kristallikning ortishi bilan polietilen puxtaligi va issiqqa turg‘unligi ortadi.
    Polietilen 60 -100°C da uzoq vaqt ishlashga qobilyatli. Sovuqqa bardoshligi – 70°C ga yetadi. Kimyoviy turg‘un – erimaydi (20°C da ) .
    Polietilen kabel simlarini izolyatsiya qilishda, yuqori chastotali qurilma detallarida va korroziyabardosh detallarni (quvur, shlang, prokladka) yasashda ishlatiladi. Plyonka, list, quvur, blok sifatida ham ishlab chiqariladi.
    Polietilen eskirish xususiyatiga ega. Buni kamaytirish uchun 2-3 % miqdorda kuya−saja qо‘shiladi , bunda eskirish 30 marta kamayadi.
    Polistrol strukturali formulaga ega va qutbli.

    Bu qattiq, amorf, bikr, tiniq – yorug‘ o‘tkazadigan polimer, qaysiki chizig‘iy ko‘rinishga ega. Molekulyar massasi 600000 ga yetadi. Eng ko‘p tarqalgan 200000-300000 massaga ega. List sifatida ishlatiladi. Detallar bosim ostida quyib olinadi.
    Polistrol yuqori dielektrik xossaga ega; mexanik puxtaligi qoniqarli; ishlash harorati yuqori emas (100°C gacha); ishqorlarda mineral va organik kislotalarda, moylarda kimyoviy turg‘un. Benzinda, kerosinda, 65 % azot, sirka kislotalarida shishadi. 200°C dan yuqori haroratda parchalanadi va stirol hosil qiladi.
    Kam yuklangan detallarda va yuqori chastotali izolyatorlarda ishlatiladi.
    Kamchiligi: past haroratda mо‘rt va yuza darzlari hosil qilishga moyilligi bor.
    Ftoroplast-4 (politetroftoretilen) strukturali formulaga ega, qutbsiz, amorf-kristallik strukturaga ega.

    250°C gacha kristallanish tezligi haroratga kam bog‘liq va mexanik xossalariga ta’sir qilmaydi. Ftoroplast-4 ning uzoq vaqt ishlatish harorati chegarasi 250°C . U nisbatan yumshoq.
    Ftoroplast-4 о‘zining agressiv muhit – kislotalarga (sulfat, xlorid, azot); vodorod pereoksidiga, ishqorlarga nisbatan o‘ta yuqori turg‘unligi bilan ajralib turadi. U ishqoriy metallar eritmasida ftor va ftorli xlorda yuqori harorati buziladi. Ftoroplast -4 namlanmaydi. U -269°C gacha haroratda mо‘rtlashmaydi. 80°C da ham u о‘zining egiluvchanligini yо‘qotmaydi. Ishqalanish koeffitsiyenti kam (0,04) .
    Kamchiligi: u sog‘liqqa zararli (“toksignost”), chunki undan xlor ajralib chiqadi, ayniqsa yuqori haroratda. Qayta ishlash qiyin, chunki plastikligi yо‘q.
    Ftoroplast-4 dan quvurlar, membranalar, ventillar, nasoslar, prokladkalar, manjetlar, metallar ustiga ishqalanishga qarshi qoplamalar, elektroradiotexnika detallari yasashda ishlatiladi.

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.