|
Polimerlar va ularning turlari
|
bet | 43/123 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 14,49 Mb. | | #234931 |
Bog'liq Mat va KMT darslik6.2.3. Polimerlar va ularning turlari
Fenolformaldegidli (bakelitli) smola – bu fenolni (H5S6-OH) formaldegid (H2SO) bilan polikondensatsiya qilish mahsuloti.
Polikondensatsiya sharoitiga qarab, rezonli (termoreaktiv) yoki novolochkali (termoplastik) smolalar hosil bо‘ladi.
Novolak – bu qattiq, mо‘rt, tiniq smola. 100-120°C da eriydi; atsetonda, etil spirtida eriydi. Novolak urotropil bilan birga qizdirib qotiriladi. Ular jipslashgan kukunlar olish uchun qо‘llaniladi.
Fenolformoldegidning uch formasi bor. Uning “A” holatida (rezol) qizdirilganda eriydi va yelim oquvchan holatda bо‘ladi. Spirtda va organik eritmalarda yaxshi eriydi.
“V” holatida (rezitol) rezol 90-100°C gacha qizdirib olinadi va yelim elastik holatida bо‘ladi. Rezitol organik eritmalarda kuchi ortadi, lekin erimaydi.
“S” holati (rezit) 150-160°C da hosil bo‘ladi. Qizdirilganda erimaydi, 300°C dan yuqori haroratda qattiqlashadi va mexanik mustahkam koksga aylanadi. Rezit benzinga, moyga, organik erituvchilarga turg‘un.
S molaning bir holatdan ikkinchisiga o‘tishi molekulyar ko‘rilishning о‘zgarishi bilan boradi. Rezol strukturasi-chizig‘iy stuktura, rezitolniki yuzalari bо‘yicha to‘rsimon, rezitniki-fazoviy to‘rsimon. “A” dan “S” о‘tish harorat 110-140°C dan yuqorida о‘tadi. Harorat kо‘tarilishi bilan tezlashadi. 160°C dan yuqorida A S jarayoni 1-3 minutda o‘tadi.
Epoksidli smolalar ichida epoksid guruh bor:
Toza holda epoksidli smola-bu yelimshlak suyuqlik, uzoq vaqt о‘z xususiyatlarini saqlab turish qobiliyati bor. Kо‘pchilik organik eritmalarda (atseton, toluol va h.k) eriydi, suvda, benzinda erimaydi. Qotiruvchilar (aminlar, ularning hosilalari, karbonli kislotalarning angidrolari va h.k) smolalarni tez qotirib, fazoviy panjarasimon struktura hosil qiladilar.
Kremniy organikli smola (silikon) tarkibidagi elementar zvenolarida uglerod va kremniy atomlarining makromolekulalari bor. Qurilishi bo‘yicha chizig‘iy, shaxobchali va fazoviy bo‘ladi.
Silikonli smolalar termoplastik, makromolekulalari chizig‘iy qurilishga ega. Termoreaktivlari fazoviy strukturaga ega. [9]
Smola qо‘shimchasiz 250-300°C da ham ishlayveradi. Qо‘shimcha-tо‘ldirgich (slyuda, asbest, oyna tolalari va h.k) qо‘shilsa, 400-450°C da ham ishlaydi.
Kamchiligi: 150°C dan yuqori haroratda mexanik xossalarining (mexanik mustahkamlik, plastiklik) yuqori emasligi.
Silikonlar stekloteketolitlarni ishlab chiqarishda bog‘lovchi sifatida, termo-turg‘un rezinalarni (kauchuk SKT), lakokraskali qoplamalarni, kleylarni, germetiklarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
|
| |