• Buyumlarni quritish.
  • Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi




    Download 14,49 Mb.
    bet51/123
    Sana15.05.2024
    Hajmi14,49 Mb.
    #234931
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
    Bog'liq
    Mat va KMT darslik

    Buyumlarni qoliplash. Keramik buyumlar har xil usullarda: plastik, yarim quruq va quyib qoliplanadi. Qoliplash usulini tanlash buyumlar, turiga, shuningdek, xomashyoning tarkibi va fizik-mexanik xossalariga bog‘liq. Plastik usulda qoliplash buyumlarni plastik gil massalardan presslarda tayyorlash_qurilishbop keramik buyumlar ishlab chiqarishda eng ko‘p tarqalgan usuldir. Namligi 18-23% qilib tayyorlangan gil massasi tasmali pressning qabul qilish bunkeriga yo‘naltiriladi. Massa shneyk yordamida qo‘shimcha aralashtiriladi, zichlanadi va almashinuvchi mundshtuk bilan jihozlangan pressning chiqish teshigi orqali brus ko‘rinishida siqib chiqariladi. Mundshtukni almashtirib, shakli va o‘lchamlari turlicha bo‘lgan brus olish mumkin. Pressdan to‘xtovsiz chiqayotgan brusni tayyorlanayotgan buyumlarning o‘lchamlariga muvofiq avtomatik kesish qurilmasi uni alohida qismlarga qirqib ajratadi. Qoplama plitkalar, pol plitkalari va boshqa yupqa keramik buyumlar yarim quruq usulda qoliplanadi. Bunday usulda plastikligi past, kam gilli xomashyodan g‘isht va boshqa buyumlar tayyorlash mumkin. Yarim quruq usulda qoliplashning plastik usulga nisbatan afzalligi-namligi kam (8-12%) gil massasi ishlatiladi, bu xomashyoning qurish muddatini ancha kichiklattiriladi. Yarim quruq usulda har bir buyum alohida yuqori unumli presslarda qoliplanadi, bunda presslanadigan massasini qoliplarda 15 Mpa gacha bosim ostida ikki tomonlama presslanishi ta’minlanadi. Yarim quruq usulda presslanadigan buyumlar aniq shaklga, o‘lchamlarga, mustahkam burchak va qirralarga ega bo‘ladi. Quyish usuli sanitariya-texnika qurilish buyumlari va qoplama plitkalarni tayyorlash uchun qo‘llaniladi. Bu usulda namligi 45% dan ortiq, oldindan gil massasi (shliker) maxsus qoliplarga quyiladi yoki plitkalarni qoliplashda foydalaniladi.
    Buyumlarni quritish. Qoliplangan buyumlarning namligini kamaytirish uchun ularni quritish zarur. Masalan xom g‘isht 8-10% namlikkacha quritiladi. Quritish hisobiga buyumning mustahkamligi oshadi, pishirish jarayonida darzlar ketishi va shakli o‘zgarishining oldi olinadi. Buyumlarni tabiiy va sun’iy usulda quritish mumkin. Quritish ayvonlarida tabiiy usulda quritish yoqilg‘i sarflashni talab qilmaydi, lekin uzoq vaqt (10-15 kun) davom etadi. Bundan tashqari, tabiiy usulda quritish uchun keng joy talab qilinadi. Hozirgi vaqtda yirik zavodlarda, odatda xomashyo vaqti-vaqti bilan ishlaydigan kamerali quritgichlarda va uzluksiz ishlaydigan tunnelli quritgichlarda sun’iy usulda quritiladi. Ushbu usulda xomashyoni quritish muddati 1-3 sutka, yupqa buyumlar uchun esa bir necha soat davom etadi. Buyumlarni pishirish. keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi jarayonining hal etuvchi bosqichidir. Pishirish jarayoonini shartli ravishda uch davrga bo‘lish mumkin: xom ashyoni qizdirish, pishirish va sovitish. Xomashyoni qizdirishda temperatura asta-sekin 100-120 ºC gacha ko‘tariladi, bo‘yicha undan erkin suv chiqarib yuboriladi. Shundan keyin temperatura 750 ºC gacha ko‘tariladi, gilli mineraldagi va xomashyo aralashmasining boshqa birikmalaridagi organik aralashmalar yonib bitadi va kimyoviy bog‘langan suv chiqib ketadi. 800-900 ºC da pishirish jarayonida oson eriydigan birikmalar eriydi va erimagan zarrachalarni o‘rab oladi, bunda buyumning chiziqli o‘lchamlari kichrayadi va zichlanadi. Temperaturani oshirish davom ettirilsa, gil massasi qovushadi. Maksimal pishirish temperaturasi gilning xossalariga va buyum turiga bog‘liq. Pishirish natijasida keramik buyumlar toshsimon holatga, yuqori mustahkamlikka, suvga va sovuqqa chidamlilikka va boshqa xossalarga ega bo‘ladi. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa pechlarda pishiriladi. Halqasimon pech ellipsga o‘xshash tutash pishirish kanalidan iborat bo‘lib, shartli ravishda kameralarga bo‘lingan.
    Halqasimon pechning kameralari bo‘lingan. Halqasimon pech kameralarining miqdori uning unumdorligiga qarab 16 dan 36 gacha o‘zgarib turadi. Shartli kameralar quyidagi tartibda joylashtiriladi: yuklash, qizdirish, pishirish, sovutish va pechdan chiqarib olish. Halqasimon pechlarda asosan g‘isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish temperaturasi 900-1100 ºC. Halqasimon pechda pishirish muddati 3-4 sutkagacha davom etadi. Tunneli pechlar halqasimon pechlarga nisbatan ancha unumdor va tejamli bo‘ladi, bundan tashqari, ularda brak g‘ishtlar ancha kam bo‘ladi. Keramik materiallar, jumladan, sirlangan qoplama qurilish plitkalar ikki marotaba pishiriladi. Birinchi marta pishirishda maxsus konsellarda joylashtiriladigan plitkalar tunneli pechlarda 1240-1250 ºC temperaturada pishiriladi. So‘ngra sovitilgandan keyin navlarga ajratiladi, sir qatlami yuritiladi, konselga joylashtiriladi va ikkinchi marta boshqa tunelli pechda 1140 ºC temperaturada pishiriladi. Sir hosil qilish uchun oson suyuqlanadigan gil, kvars qum, dala shpati, qo‘rg‘oshin, rux oksidlari va boshqalar ishlatiladi. Rangli sir tarkibida bo‘yaydigan oksidlar yoki metallar tuzi bo‘ladi. Sirning mayda tuyilgan xomashyo aralashmasi suvli suspenziya ko‘rinishidagi plitkaning o‘ng yuzasiga yupqa qatlamlab so‘riladi. Pishirishda sirning tashkil etuvchi qismlari suyuqlanadi va plitka yuzasida shishasimon yupqa qatlam hosil qiladi. Bu qatlam g‘oyat manzaraligi bilan bir qatorda plitkalarning suv o‘tkazmasligini ham taxminlaydi. Kanalizatsiya quvurlari, qoplama g‘ishtlar va fasad qoplanadigan plitkalar ham sirlanadi, Bu buyumlar quritilgandan keyin sirlanadi va bir marta pishiriladi.20

    Download 14,49 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




    Download 14,49 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi

    Download 14,49 Mb.