§. REZINA, KERAMIKA, YOG‘OCH MATERIALLARI VA ISHLATILISH SOHALARI




Download 14,49 Mb.
bet49/123
Sana15.05.2024
Hajmi14,49 Mb.
#234931
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123
Bog'liq
Mat va KMT darslik

7.§. REZINA, KERAMIKA, YOG‘OCH MATERIALLARI VA ISHLATILISH SOHALARI
7.1. Rezina, keramika, yog‘och materiallaridan detallar tayyorlash haqida
Ma’lumki, hozirgi zamon texnikasini rezinasiz tasavvur etib bo‘lmaydi, ya’ni avtomobil, samolyot, velosiped shinalari, o‘tkazgichlarining izolyatsiyalari, g‘ovvoslarning kiyimlari, aerostat ballonlari, shlanglar, dam berib shishiradigan qayiqlar, protivogazlar, shuningdek ko‘pgina xalq xo‘jaligi mashina-mexanizmlari qurilmalari va muhandislik konstruksiyalarida rezina juda keng ishlatiladi.
Rezina materiallar asosan, kauchukni turli to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, vulkanizasiyalovchi agentlar, tezlashtiruvchilar, aktivatorlar va boshqalar qo‘shib, qayta ishlash orqali hosil qilinadi. Rezina juda ko‘p xususiyatlarga ega bo‘lgan konstruksion materialdir. Bulardan eng muhimi uning yuqori darajada elastikligi, ya’ni katta (100 % gacha) deformatsiyadan ham dastlabki holatiga qayta olishidir.
Rezina olish uchun asosiy material kauchuk hisoblanadi, ya’ni rezinadagi aralashmaning 10-98% ni kauchuklar tashkil qiladi.
Kauchuklar, asosan, tabiiy va sintetik polimerlar bo‘lib, oddiy haroratda yuqori elastiklik xossasiga ega.
Tabiiy kauchuk, "kaochu" so‘zidan olingan bo‘lib, "daraxtning ko‘z yoshi" degan ma’noni anglatadi. Darhaqiqat kauchuk daraxtini kesganda undan suyuqlik (ko‘z yoshi) ajralib chiqadi. Shuning uchun hindular juda qadimdan oq yog‘och smolasi (kauchuk) dan foydalanib kelganlar. Shunday qilib, tabiiy kauchuk (TK) kauchukli o‘simliklar (daraxtlar) dan olinadi. U efir, benzin, mineral moylarda yaxshi eriydi, suvda esa erimaydi. Kauchuk 90°C gacha qizdirilganda yumshab juda yopishqoq bo‘lib qoladi, 0°C dan past haroratda esa qattiqlashib, mo‘rtlashib boradi. TK juda qimmatbaho material.
Texnikaning jadal taraqqiyoti tufayli faqat TK dan foydalanilmasdan, balki sintetik kauchuklar (SK) hosil qilinib, ulardan keng foydalanilmoqda.
Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda tegishli sanoat korxonalarida juda rang-barang sintetik kauchuk va shunga o‘xshash konstruksion materiallar ishlab chiqarilmoqda. Etil spirti, atsetilen, butan, etilen, benzol, izobutilen, ba’zi galogenli uglevodorodlar va boshqalar sintetik kauchuk hosil qiluvchi asosiy materiallar hisoblanadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, tabiiy kauchuklarning sintetik kauchuklarga nisbatan mustahkamligi yuqoridir, lekin TK larning sovuqqa va turli eritmalar ta’siriga bardosh berish xususiyatlari SK ga nisbatan ancha past. [6]
Rezinalar vazifasi yoki ishlatilishiga qarab umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi. Umumiy ishlarga mo‘ljallangan rezinalar suvda, kislota va ishqorlarning kuchsiz eritmalarida, havoda 50°C dan 130°C gacha haroratda va boshqa muhitlarda ishlatilishi mumkin. Shunday rezinadan mashina shinalari, turli tasmalar, shlanglar, transportyor tasmalari, kabellarning qoplamalari va boshqa turli buyumlar ishlab chiqariladi.
Maxsus vazifalarga mo‘ljallangan rezinalar, o‘z navbatida, moy, benzinga, issiq va sovuqqa chidamli, elektr o‘tkazmaydigan, gazlar va suyuqliklarga chidamli turlarga bo‘linadi. Bundan tashqari, maxsus rezina turiga armaturali rezinalar ham kiradi (presslash va vulkanizatsiyalash jarayonida metallar rezina aralashmasi orasiga qo‘yilib uning mustahkamligi va egiluvchanligi oshiriladi). Bunday rezinalardan avtomobil shinalari, yuritma tasmalari, transportyor tasmalari va boshqalar tayyorlanadi.
Gilli massalar yoki ularning aralashmasiga mineral qoshimchalar qoshib, qoliplash va kuydirish yoli bilan olinadigan buyumlar va materiallar keramik materiallar deb ataladi. Qurilishda keramik materiallar va buyumlardan devorlar qurish va bino tomlarini yopish, pol, devor va fasadlarni qoplash, pech va tutun quvurlarini terish, kanalizatsiya va drenaj qurish hamda boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Keramik buyumlar yasaladigan material keramika texnologiyasida keramik sopolak deb ataladi. Konstruktsiyasi jihatidan moljallanganlik boyicha keramik materiallar va buyumlar quyidagi guruhlarga bolinadi:
- devorbop (gisht, keramik toshlar, gishtdan qilingan bloklar va panellar);
- tomlar uchun (ichi kovak toshlar, keramik toshlardan qilingan balkalar, tombop qoplama panellar, cherepitsa);
- binolar fasadini qoplash uchun (keramik gisht va toshlar, fasad plitkalari);
- binolar ichiga qoplash uchun (sirlangan plitkalar va fason detallar, pol uchun plitkalar);
- kanalizatsiya va drenaj quvurlari;
- sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, yuvish baklari va boshqalar);
- kislota bardoshli buyumlar (gisht, plitkalar, quvurlar);
- yol materiallari (gishtlar, toshlar);
- issiqlik otkazmaydigan (govak ichi bosh gishtlar va toshlar);
- yengil betonlar uchun toldirgichlar (keramzit, agloporit);
- olovga bardoshli buyumlar (gisht va fason buyumlar).19
Keramik materiallar va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xomashyodir. Gil tog jinslarining mayda dispersiyali fraksiyasi bolib, suv bilan plastik qorishma hosil qilish, qurigandan keyin unga berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilgandan keyin tosh qattiqligiga ega bolish xususiyatiga ega.
Keramik materiallar va buyumlar turli o‘lcham, shakl va xossalarga ega bo‘ladi, lekin ularni ishlab chiqarish texnologiyasi taxminan bir xil bo‘ladi va xomashyo materiallarini qazib olish, xomashyo massasini tayyorlash, xomashyoni qoliplash, quritish, pishirish, pishirilgan buyumlarni navlarga ajratish hamda omborda saqlashni o‘z ichiga oladi.

Download 14,49 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   123




Download 14,49 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§. REZINA, KERAMIKA, YOG‘OCH MATERIALLARI VA ISHLATILISH SOHALARI

Download 14,49 Mb.